Mavzu: 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi. Mundarija Kirish I bob. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish va o'qitish jarayonining o’ziga jihatlari



Yüklə 90,83 Kb.
səhifə1/6
tarix24.05.2023
ölçüsü90,83 Kb.
#112495
  1   2   3   4   5   6
4-sinfda matematikadan o\'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi.1


Mavzu: 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi.
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………..2
I bob. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish va o'qitish jarayonining o’ziga jihatlari……………5
1.1. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish…………………………………………………………………………5
1.2. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonining o’ziga jihatlari………..10
II bob. sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirishdagi o’rni va shakllantirish metodikasi………………………15
2.1. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirishdagi o’rni……………………………………………………………15
2.2. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi…………………………………………………………19
Xulosa...........................................................................................................28
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati...........................................................30

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Barkamol avlodni tarbiyalash istiqlolimizning ilk yillaridan davlat darajasidagi vazifa etib belgilangan.Yosh avlodning axloqiy tarbiyasida axloqiy ong va axloqiy tuyg‘ularni shakllantirish, barcha pedagog va psixologlar tomonidan shu yurt taraqqiyoti uchun qo’yilgan ulkan qadam hisoblanadi.Bolaning ilk bolalik davridagi, maktabgacha tarbiya yoshidagi hamda kichik maktab yosh davridagi axloqiy ongi o’zi yashab turgan muhit, dini, ta’lim-tarbiyasi va irsiyat xususiyatlari bilan chambarchas bog’loiq bo’ladi. O’g’il va qiz bolalarni faqat bog’cha va maktabdagi ta’limi bilan cheklanib qolmasdan, ota-onalar ham bu borada harakat qilishi kerak. Bola bosqichma-bosqich bog’cha, maktab muassasalariga boradi.Lekin uning o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish,nazorat qilish va albatta, uni qo’llab-quvvatlash pedagog va psixologlarning zimmasida turadi. Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko‘rsatadiki, faqat ma’naviyat keng quloch yoygan, ilm taraqqiy etgan mamlakatlardagina adolatli jamiyat qurish va unda bir biriga mehr- oqibatli komil insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga ezgulikka intilishi kuchli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BМТ Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 27-iyunda imzolangan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmon bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi. O‘z navbatida, O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta’lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlar umumiy qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Tabiiyki, har qanday davlat ham bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi, ammo qanchalik og‘ir bo‘lmasin, buning uchun zarur mablag‘ va resusrlar izlab topilmoqda.O‘zbekiston rahbari mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblab, ta’lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta’kidlamoqda. Haqiqatan ham, islohotlarning taqdiri, natijasi, birinchi navbatda, kadrlar saviyasiga, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog‘li javob bera olishiga bog‘liq. Shu maqsadda, mamlakatda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi, maktab ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim qayta joriy etildi.
Boshlangʻich ta’lim – uzluksiz ta’limning asosiy boʻgʻinlaridan biri, bilimlar poydevori boʻlib hisoblanadi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda maktab ta’limida matematika oʻqitish, ayniqsa boshlangʻich ta’lim tizimida oʻz koʻlami va ahamiyati jihatidan gʻoyat katta oʻzgarishlarni amalga oshirdi.
Zеrо, yurtning pоrlоq istiqbоlini yaratish, uning nоmini jahоnga kеng yoyish, ulug‘ajdоdlar tоmоnidan yaratilgan milliy madaniy mеrоsni jamiyatga namоyish etish, ularni bоyitish, mustaqil Rеspublikamizning rivоjlangan mamlakatlar qatоridan jоy egallashini ta’minlash yosh avlоdni kоmil insоn hamda malakali mutaхassis qilib tarbiyalashga bоg‘liqdir. Bugungi kunda jamiyatimiz uchun hartomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga tadbiq eta oladigan yetuk malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi. Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning tahlim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biridir. Ayniqsa boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklar va imkoniyatlariga asoslangan qo’l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o’quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, axloqiy, estetik iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashni qo’l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiyalar chiqindilari (qog’oz,karton,sim, yog’och,gaz mol va boshqalar) bilan tabiiy va sun’iy xom ashyolar (maxsus loy,yog’och va plastmassalar, plastilin, yelim va boshqalar) bilan ishlash keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qiladi. Ana shu vazifalardan kеlib chiqqan hоlda bugungi kunda matеmatika fanida erishilayotgan yutuqlarni o‘rganish uchun uning asоsi bo‘lgan tushunchalarni mukammal o‘zlashtirishimiz kеrak. Bu fanni o’quvchilarimiz a’lo darajada o‘zlashtirishi uchun esa biz turli xil metodlarni, kichkintoylarimizni qiziqtirish uchun har-xil o‘yinlarni bilishimiz va ulardan dars o‘tish jarayonida foydalanishimiz zarur va yetarlidir. Shu bois bu masalalarni bu kurs ishimizda yoritib berishga harakat qilamiz.

Yüklə 90,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə