Mavzu: 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi. Mundarija Kirish I bob. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish va o'qitish jarayonining o’ziga jihatlari



Yüklə 90,83 Kb.
səhifə2/6
tarix24.05.2023
ölçüsü90,83 Kb.
#112495
1   2   3   4   5   6
4-sinfda matematikadan o\'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi.1

Kurs ishining predmeti: 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi o’rganish jarayoni.
Kurs ishining maqsadi: 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi aniqlash.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: o’tkazgan tajriba-sinov materiallari va
xulosalar asosida oilaviy munosabatlar sharoitida bolalar tarbiyasini
shakllantirshning tavsifini yaratish va ota-onalar hamda murabbiylar uchun
yaratilgan tavsiyalarimizdir.
Kurs ishining nazariy ahmiyati: Kurs ishiimiz davomida hozirgacha
kam o’rganilgan muammo sifatida oilaviy munosabatlar shart-sharoitida bolalar
tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlarini nazariy jihatlarini o’rganib, tajriba-sinov
ishlarida sinab ko’rib, ozgina bo’lsa-da bu muammoni boyitishga o’z
materiallarimiz bilan hissa qo’shishdan iborat.


I bob. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish va o'qitish jarayonining o’ziga jihatlari


1.1. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta‘lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta‘lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta‘lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta‘lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta‘lim metodlarini ma‘lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta‘lim beruvchi tomonidan ta‘lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta‘lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta‘lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahsmunozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta‘lim maqsadi, ta‘lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy sharoiti, ta‘limning davomiyligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e‘tiborga olinadi.
Interfaol metodlar deganda – ta‟lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta‟lim jarayonining markazida ta‟lim oluvchi bo‟lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta‘lim beruvchi ta‘lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta‘lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta‘lim oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
ta‘lim samarasi yuqoriroqbo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
ta‘lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e‘tiborga olinishi;
ta‘lim jarayoni ta‘lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
ta‘lim oluvchining tashabbuskorligi va mas‘uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
amalda bajarish orqali o‘rganilishi; ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega. Ta‘lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to‘g‘ri echimini topishlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. O‘quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi. Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari. O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi. O‘z vaqtida o‘quvchi -o‘qituvchi -o‘quvchilar orasida ta`limiy aloqalar o‘rnatiladi. O‘qitish usullari ta`lim jarayonida turli xil ko‘rinishlarda kechadi (yakka, juft, guruh, katta guruh). O‘quv jarayoni o‘qish extiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo‘ladi. O‘zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o‘quv materiali yaxshi esda qoladi. O‘quv jarayonida o‘quvchining o‘zi o‘ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.O‘quvchi uchun dars qiziqarli o‘qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O‘qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo‘ladi.Har bir o‘quvchining o‘zi mustaqil fikr yurita olishiga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi.Interfaol usulda o‘tilgan darslarda o‘quvchi faqat ta`lim mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi. Xulosa shuki, bunday sharoitda o‘qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo‘yicha chuqur mushohoda yuritishga, muammolarni o‘z vaqtida echa oladigan qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Interfaol metodlarda darsni tashkil etishda o‘quvchi shaxsini rivojlantirish o‘zi – o‘ziga zamin yaratishdan boshlanishi kerak. Ya`ni o‘quvchining: O‘zi mustaqil mutoala qilishi, o‘qishi asosida bilim olishi; O‘zini -o‘zi anglab etishga, anglab tarbiya topishga; O‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga; O‘quv mehnatiga mas`uliyat xissi bilan qarashga; O‘z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir daqiqani g‘animat bilishga; O‘quv mehnatiga o‘zida hoxish, istak uyg‘ota olishga; Har qanday vaziyatda faollik ko‘rsata olishga; Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o‘rganmog‘i zarur.Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchining o‘zini – o‘zi rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida echimini kutayotgan dolzarb muammolardandir.Keyingi vaqtlarda o‘qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta`lim nima? Interfaol metodda o‘qitish nima uchun zarur? Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni ta`lim jarayoniga qanday olib kiriladi? Uning avvalgi usullardan farqi nimada? degan savollar uchraydi.Bu savollarga aniq javob topish uchun shu kunlarda umumta`lim maktablarimizda olib borilayotgan an`anaviy darslarni yana bir marotaba tahlil etish joizdir.An`anaviy usul 17 asrda Chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan.U o‘qitishning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni sinf – dars sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema pedagogikada keng tarqalgan. An`anaviy maktab sinf dars sistemasi quyidagicha o‘ziga xos an`analarga ega: taxminan bir xil yoki yaqin yoshli, tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar sinfni tashkil etadi.Sinf yagona reja, dastur, darslik, dars jadvali asosida ishlaydi. Mashg‘ulot turi asosan yagona dars hisoblanadi. Dars ma`lum bir o‘quv predmeti, mavzuga oid bir xil material ustida ishlaydi.O‘quvchilar faoliyatini o‘qituvchi boshqaradi, har bir o‘quvchining bilim darajasini baholaydi, yil oxirida o‘quvchini sinfdan – sinfga ko‘chirishni ham u hal qiladi, ya`ni o‘quvchilarning taqdirining hal etilishi o‘qituvchi qo‘lidadir. Endi interfaol metodlarga batafsilroq to‘xtalamiz. Interfaol metodlar – shunday metodlarki, u o‘quvchilarning o‘zaro muloqot va o‘zaro ta`siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usuldir.
“CHARXPALAK” interfaol metodi
O’quvchilar guruhlarga bo’linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi. Ushbu metod orqali o‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni yodga olish, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berish va o‘zini-o‘zi baholashga o‘rgatadi hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni egallagan bilimlarini baholashga qaratiladi. Ushbu metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar o‘z fikrlarini mustaqil bayon etishga, guruh bo‘lib ishashga, boshqalar fikrini hurmat qilishga o‘rganadilar. “Charxpalak’‘ interfaol usulida matematika darslarini qiziqarli tashkil etishimiz mumkin. O‘quvchilar jadval asosidagi so‘zlar, shakllarni tegishlisini belgilaydilar.


Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish darsning samarali bo‘lishiga, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini o‘stirishga va mustaqil fikrlashga keng yo‘l ochib beradi.



Yüklə 90,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə