Mavzu: 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi. Mundarija Kirish I bob. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish va o'qitish jarayonining o’ziga jihatlari


II bob. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirishdagi o’rni va



Yüklə 90,83 Kb.
səhifə4/6
tarix24.05.2023
ölçüsü90,83 Kb.
#112495
1   2   3   4   5   6
4-sinfda matematikadan o\'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi.1

II bob. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirishdagi o’rni va shakllantirish metodikasi
2.1. 4 sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirishdagi o’rni
Boshlang’ich sinflardagi mehnat tahlimi dastur materiallarini tahlil qilar ekanmiz, barcha sinflardagi ish turdaridan biri “Qog’oz va karton bilan ishlash” ekanligini ko’ramiz. Birinchi sinfda o’quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mashg’ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o’quv anjomlari dafgarlar, kitoblar, o’quv qo’llanmalari, bosiladigai qog’oz turlari: yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog’ozlaridir. Tahlim jarayonida o’quvchilar turli qog’ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari; rangi, qalinligi, zichligi siyohni shimish xususiyati, sathining xarakteri – siliq g’adir-budirligi bilan tanishadilar. O’quvchilar mashg’ulotlarda qog’oz varaqlarini buklaydilar va to’g’rilaydilar, ularni qismlarga bo’lib yirtadilar va qirqadilar, bo’yaydilar. SHu bilan birga qog’ozii buklash yo’li bilan turli xil narsalarning shaklini yasaydilar.
“Qog’oz va karton bilan ishlash” o’quvchilarni garmonik rivojlantirishida katga ahamiyatga ega. Ayniqsa, ( rangli qog’oz bilan ishlash ijodni rivojlantirshpga yordam beradi,fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni aktivlashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo’l mehnati, chamalash va rangni sezishni o’stiradi. Qog’oz va karton bilan ishlash mashg’ulotlariga oldindan qo’yidagicha tayyorgarlik ko’rishadi: stolning ustiga kog’oz yozib, ung tomoniga qaychi, yelim uchun cho’tka, chizg’ich qalam avtoruchka, old tomonlariga yelim qiyqimlar uchun quti, chap tomonlariga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib rangli qog’oz to’plamini qo’yadilar. Har bir mashg’ulot oxirida o’quvchilar keyingi mashg’ulotda kerak bo’ladngan narsalarni yozib oladilar.
O’quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtirabilishlari, materialni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqdan unumli foydalanishlari, o’qituvchi ko’rsatmalariga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozoda saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlari kerak. Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mexnat darslarida tahlimning ko’rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm:, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek texnika vositalaridan foydalaniladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek Qog’oz va karton bilan ishlash mashg’ulotlarida o’quvchilar qog’ozni buklash yo’li bilan turli xil narsalarning shaklini yasashni ham o’rganib boradilar. Ana shunday mashg’ulotlar davomida o’qituvchi quyidagi ko’rsatmali qurollardan foydalanishi mumkin. SHu bilan birga o’quvchilar bu ko’rgazmalarni yasalish bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida yasashlari ham mumkin.

  1. «Lola» ko’rsatmali quroli.

Yasash bosqichlari:
1-Bosqich: Rangli qog’ozdan kvadrat qirqib olinadi.Uni dioganallari bo’yicha buklab, bukangan do’ppi shakliga keltiriladi.
2-Bosqich: Buklashdan hosil bo’lgan uchburchakning pastki, asos tomonidagi ikki uchi yuqoridaga uchinchi uchiga qarab, unga yetkazdirib buklanadi. Xuddi shuningdek, orqa tomondagi ikki uchi ham uchinchi uchiga qarab buklanadi.
3-Bosqich: Xosil bo’lgan shaklda cheti o’rtada hosil bulgan chiziqqa tomon buklanadi. SHaklning orqa tomoni ham shunday buklanadi.
4-Boskich: Oxirgi buklangan shakllarning xar biri orqa tomoniga qaytarib buklanadi. Buklangadan so’ng ularning uchlari bir-biriga kiygizdirib qo’yiladi. Keyin shaklning pastki ochiq tomonidan asta puflanadi. SHaklning yukori qismidagi uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada «lola» shakli hosil bo’ladi. Lolaning bandini boshka qog’ozni tsilindr shaklida urab, uni lolaning pastki, puflangan qismiga kiritib quyish bilan qilish mumkun. Bu bandga lolaning bargini, g’unchasini ham yopishtirib qo’yish mumkin.

  1. «Qaldirg’och» ko’rgazmali quroli.

Yasalish bosqichlari.
Buni yasashda birinchi va ikkinchi bosqichlar xuddi «Lola» ko’rsatmali qurolidagidek amalga oshiriladi.Lekin
2- Bosqichda hosil bo’lgan uchburchakning faqat bir tomonidagi pastki ikki uchi yuqoridagi uchinchi uchiga qaratib buklanadi.
3-Bosqich. Hosil bo’lgan shaklni «Lola» dagi kabi chetlari o’rtaga Hosil bo’lgan chiziqqa tomon ham yuqoridan,ham pastdan buklanadi. Bunda o’rtaga qarab buklangan uchi yuqori ko’tariladi.
4-Bosqich. Yuqoriga ko’tarilgan uchidan ushlab, shaklteng ikkiga buklanadi va qaldirg’ochning bosh qismihamda qanoti hosil qilinadi. Uning dumi esa to’rtburchak shaklidagi qog’oz bo’yicha 2-3 marta buklanadi. So’ngra, u qaldirg’och yasash jarayonidagi 4-Bosqichni bajarmasdan oldin shaklning buklanmagantomonidagi uchburchakning ichiga kiritiladi.So’ngra 4- bosqich bajarilsa, «qaldirg’och» hosil bo’ladi.

  1. «Qurbaqa» ko’rsatmali quroli.

Yasash bosqichlari:
1-Bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qog’oz do’ppi shaklida buklanadi.
2-Bosqich.Hosil bo’lgan uchburchakning bir tomonidagi pastki ikki uchi yuqoriga qaratib buklanadi. Yuqoriga buklangan tomonning pastki qismidagi ikki uchi o’rtadagi chiziqka yetkazdirilib yuqoriga buklanadi. Z-Bosqich. Uchburchakning orqa tomonidagi ikki uchi esa shaklning yuqori qismidagi uchidan ichkariga qaratib pastga buklanadi. So’ngra buklangan qogozning ichkariga buklangan qirg’og’i orqaga qaytarib, yangi hosil bo’lgan uchburchak chetiga yetkazib buklanadi.
4-Bosqich. Hosil bo’ltan shaklning katta-kichikligiga qarab uning pastki qismidan 1-2 sm qismi ichkariga buklanadi. SHu buklangan qismidan 0,5-1 sm qolirib, avvalgi holatga tomon yag’ni tashqariga buklanadi. Natijada “Qurbaqa” hosil bo’ladi. Buni, buklangan joyidan salgina bosib, so’ng qo’yib yuborilsa, u xuddi tabiiy qurbaqadek sakraydi. SHuningdek bu shaklga yana qurbaqaning ko’zi va og’zini ham chizish mumkin.

  1. “Xo’rozcha ko’rsatmali quroli.

Yasash bosqichlari.
1-Bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qog’oz olinadiva uning barcha uchlari kvadrat o’rtasiga qarab buklanadi.
2-Bosqich. Hosil bo’lgan kvadratning orqasi o’giriladi, uning uchlari ham kvadrat o’rtasiga yetikazib buklanadi. SHunday ish yana bir marta bajariladi.
3-Bosqich.Hosil bo’lgan kvadratning uchlari o’rtaga yetkizib buklangan tomonining orqasiga ugriladi va uning qaramaqarshi uchlaridagi shakllar to’rtburchak shaklida tashqariga buklanadi.



Yüklə 90,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə