O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi


iboralar: .  Polisaprob,Mezosaprob,Oligosaprob,Nitrosomonas,  Nitrobacter, Psevdomonas.  5.1



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

iboralar:

Polisaprob,Mezosaprob,Oligosaprob,Nitrosomonas, 
Nitrobacter, Psevdomonas. 
5.1
 
Suv mikroflorasi, uning yuqumli kasalliklarni tarqatishidagi 
roli 
Tabiiy sharoitda mikroblar uchun suv ma’lum bir holatda qulay muhit 
hisoblanadi. Suvning doimiy mikroflorasiga Pseudomonas Flusorescens
Micrococcus coradidus, Micrococcus agilus va boshqalar kiradi. Bundan 
tashqari, suvda ayrim zamburug‘lar, ekobakteriyalar, arxebakteriyalar, 
fotobakteriyalar, suv o‘tlari uchraydi. Anaerob bakteriyalar suvda juda kam 
uchraydi. Ochiq suv xavzalarining mikroflorasi uning ifloslanish darajasiga 
va unga tushadigan chiqindi suvlarning tozalanish darajasiga bog‘liqd 
5.1-rasm 
Mikroorganizmlar dengiz va okean suvlarida ham keng tarqalgan. Ularni 
har xil chuqurlikdan topishgan (3700-10000 m).Suvning ifloslanish darajasi, 
ya’ni suvda uchraydigan har xil mavjudodlar (hayvon va o‘simlik) yig‘indisi 
saproblik tushunchasi bilan belgilandi. Saproblikda 3 ta zona aniqlangan: 


39 
1. Polisaprob zona – eng kuchli ifloslangan zona bo‘lib, bunda kislorod 
kam, organik birikmalar ko‘p bo‘ladi. 1 ml suvda bakteriyalar soni 1000000 
dan ko‘p bo‘ladi. bunda chirish va bijg‘ishda ishtirok etuvchi ichak 
tayoqchasi va anaerob bakteriyalar ko‘p bo‘ladi. 
2. Mezosaprob zona – o‘rtacha ifloslangan zona, bu zonada organik 
moddalarning 
intensiv 
oksidlanishi 
va 
nitrifikatsiyalanishi 
orqali 
minerallanishi kuzatiladi. Bu zonada 1 ml suvda mikroblar soni 100 000 ni 
tashkil qiladi. Ichak tayoqchasining soni ancha kam bo‘ladi. 
3. Oligosaprob zona – toza suv hisoblanadi. 1 ml suvdagi mikroblar 
soni bir necha 10 yoki 100 tani tashkil qiladi. Ichak tayoqchasi bo‘lmaydi.
Ifloslanish darajasiga qarab suvda har xil patogen mikroblar bo‘lishi va bir 
muncha vaqt saqlanishi mumkin. Masalan, qorin tifi qo‘zg‘atuvchisi - 2 
kundan 3 oygacha, shigellalar - 3-5 kundan, leptospiralar - 7 kundan-5 
oygacha, vabo vibrioni - 25 kundanbir necha oygacha, tulyaremiya - 3 
oygacha va h.k. 
Agar 1 ml vodoprovod suvdagi mikrob soni 100 bo‘lsa yaxshi, 100-150 
bo‘lsa shubxali, 500 va undan ortiq bo‘lsa ifloslangan hisoblanadi. Quduq va 
ochiq suv xavzalarida 1 ml suvda 100 ortiq mikrob bo‘lmasligi darajasi 
kerak. Suvning tozalik darajasi undagi E.Coli ning soniga qarab aniqlanadi. 
Suvning axlat bilan ifloslanish darajasi koli-titr va koli-indeks orqali 
ifodalanadi. Bitta E.Coli topilgan suvning eng kam miqdori (ml) yoki chuqur 
moddaning grammi 
koli-titr
 deyiladi. Vodoprovod suvining koli-titri 300 dan 
kam bo‘masligi kerak. (300-500 bo‘lsa yaxshi hisoblanadi). 1 litr suvda yoki 
1 kg tekshirilayotgan materialda E.Coli ning soni 
koli-indeks
deyiladi. 
Ichimlik suvida koli-indeks 2-3 dan oshmasligi kerak. Suvning tozaligi 
bakteriologik usulda koli-titr va koli-indeksni aniqlash yo‘li bilan tekshirib 
turiladi


Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə