69
ya’ni transduksiya qiluvchi fag bir bakteriyadan ikkinchisiga faqat genetik
materialni o‘tkazuvchi bo‘libgina qoladi va kulturani lizis qilaolmaydi, ya’ni
donor DNK si bakteriya xromasomasiga joylashadi.
SPETSIFIK TRANSDUKSIYA. Avvalgisidan farqli o‘laroq
bu holda
donor DNK si retsipientga ma’lum bir genni to‘liq o‘tkazadi va DNK
retsipient xromasomasi bilan mustahkam bo0lanadi.
ABORTIK TRANSDUKSIYA. Bu holda donor DNK si retsipient
hujayrasiga kiradi, lekin uning xromasomasi bilan bog‘lanmasdan
erkin
holda turaveradi. Hujayra bo‘linishi vaqtida bu DNK faqat bitta yangi qiz
hujayraga berilishi mumkin, natijada kelgusi avlodda yo‘q bo‘lib ketadi.
KONYUGATSIYA
Genetik materialni donor hujayrasidan retsipient hujayrasiga birikishi
chatishish yo‘li bilan o‘tishidir. Bu holda bakteriyalar birga o‘stiriladi.
Donordagi genetik material F faktorga ega bo‘ladi, (fertihy - pushtililik) buni
G+kletkasi F faktorga ega bo‘lmagan bakteriyalar
hujayrasi genotipi donor
bo‘laolmaydi, ularning G-hujayra deb belgilaymiz. Jinsiy faktor
konyugatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan PLAZMIDALAR guruhiga kiradi va
ma’lum massaga ega bo‘lgan DNK xalqasidan tashkil topgan bo‘ladi. F –
plazmida jinsiy kiprikchalar (F)ni sintezini nazoratqiladi, bu kirpikchalar
donor va retsipient hujayrasini birlashishida,
shu bilan birga DNK dan
tashqarida bo‘lgan genetik materialni o‘tkazishda qatnashadi.
PLAZMIDALAR.
plazmidlar xromasomadan tashqaridagi genetik
(irsiy) elementlardir: ya’ni DNK molekulasidagi xromasomaga bog‘liq emas:
replikatsiya xususiyatiga ega replikatsiyada qatnashadi. Plazmidalar
bakteriya hujayrasi tarkibidagi doimiy elementlar tarkibiga kirmaydi. Amma
ular muhim protsesslarda qatnashishi mumkin – genetik ma’lumotlarni
konyugatsiya orqali o‘tishida antibiotiklarga sezgirligi va hokazo.
Plazmidalar konyugatsiyalanuvchi va konyugsiya bo‘lmaydigan
guruhga
bo‘linadi. konyugativ plazmidalarga DNKni donordan retsipientga
konyugatsiya orqali o‘tkazuvchi F SO-plazmidalar kiradi. Ikkinchi kletkadan
kletkaga konyugatsiya usuli bilan gen belgini o‘tkazish xususiyatiga ega
emas. Ona hujayraning bo‘linishida yangi qiz
hujayralarda bir tekisda
taqsimlanadi. R-plazmidalar bakteriyadagi antibiotiklarga chidamlikni
belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: