O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


- bob. ALGORITMLARNI AKS ETTIRISH USULLARI



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/73
tarix25.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#161036
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

2- bob. ALGORITMLARNI AKS ETTIRISH USULLARI 
 
2.1. Algoritmlarni aks ettirish usullari. Algoritmni oddiy tilda ifodalash.
2.2. Algoritmni blok-chizmalar ko‘rinishida ifodalash.
2.3. Algoritmni maxsus (algoritmik) tilda yozish.
 
2.1. Algoritmlarni aks ettirish usullari. Algoritmni oddiy tilda ifodalash
Algoritmni ishlab chiqishda uni bir necha xil usul bilan ifodalab bersa bo‗ladi. 
Shulardan uchtasi keng tarqalgan. Bular:
1. Algoritmni oddiy tilda ifodalash;
2. Algoritmni blok-chizmalar
 
ko‗rinishida ifodalash;
3. Algoritmni maxsus (algoritmik) tilda yozish.
Algoritmlarni ifodalashning eng keng tarqalgan shakli - oddiy tilda so‗zlar bilan 
bayon qilishdir. Bu nafaqat hisoblash algoritmlarida, balki hayotiy, turmushdagi 
"algoritm"larga ham tegishlidir. 
Masalan, biror bir taom yoki qandolat mahsulotini tayyorlashning retsepti ham 
oddiy tilda tavsiflangan algoritmdir. Shaharlararo telefon - avtomat orqali aloqa 
o‗rnatishning o‗ziga xos algoritmidan foydalanasiz. Do‗kondan yangi kir yuvish 
mashinasi yoki magnitofon sotib olinsa, ishni foydalanishning algoritmi bilan 
tanishishdan boshlaymiz.
Masalani kompyuterda yechishda ham, ko‗pincha matematika tilini ham o‗z 
ichiga olgan tabiiy tildan foydalanish mumkin. Algoritmning bunday tildagi yozuvi 
izlanayotgan natijaga olib keladigan amallar ketma-ketligi ko‗rinishida bo‗lib, odam 
tomonidan bir ma'noli idrok etilishi kerak. So‗zlar bilan ifodalangan har bir amal 
―algoritmning qadami‖ deb ataladi. Qadamlar tartib nomeriga ega bo‗ladi. 
Algoritm ketma-ket, qadam-ba qadam bajarilishi kerak. Agar algoritm matnida 
"N sonli qadamga o‗tilsin" deb yozilgan bo‗lsa, bu algoritmning bajarilishi 
ko‗rsatilgan N-qadamdan davom etishini bildiradi.
Algoritmlarni oddiy tilda ifodalash kompyuterga kiritish uchun yaramaydi. 
Buning uchun algoritmni kompyuter tilida shunday bayon qilish kerakki, masalan 


27 
kompyuterda yechish jarayonida bu algoritm ishni avtomatik boshqqarib turadigan 
bo‗lsin. 
Kompyuter tushunadigan shaklda yozilgan algoritm masalani yechish dasturidir. 
Algoritmni oddiy tilda yozishda to‗rt xil amaldan: hisoblash, N- qadamga o‗tish, 
shartni tekshirish, hisoblashning oxiri, shuningdek kiritish va chiqarish amallaridan 
foydalanilgan maqul. Bular ichida eng ko‗p foydalaniladigani hisoblash amalidir.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə