O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 2 . As a l, o vqa tlilik qiyma ti, a s s o rtime nti va s ifa tig a



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

3 . 2 . As a l, o vqa tlilik qiyma ti, a s s o rtime nti va s ifa tig a
qo ‗yila dig a n ta la bla r
Mamlakatimiz 
yuqori 
darajada 
rivojlangan 
asalarichiligi 
bilan 
mashhurdir. Qulay iqlim sharoiti, asal beruvchi o„simliklarning mo„l-ko„lligi 
asalarichilikni xalq xo„jaligining muhim tarmog„iga aylantirdi. O„zbekiston 
asalari oilalarining soni jihatidan va asal etishtirish bo„yicha MDH ichida 
birinchi o„rinda turadi. Mamlakatdagi asal etishtiruvchi asosiy xo„jaliklar-jamoa 
xo„jaliklari hisoblanadi. Ularning asalarichiligi har yili mamlakatimizga minglab 
tonna asal va juda ko„p mum etishtirib beradi. Asal etishtirish yildan-yilga 
o„smoqda.
Umuman, asal engil hazm bo„luvchi shakarlardan, ya‟ni glyukoza bilan 
fruktozadan iborat bo„lib, ularning miqdori asalda 65 dan 80% gacha bo„ladi. 
Bundan tashqari asal tarkibida 15 - 25% suv, organiq kislotalar (olma kislotasi, 
vino kislotasi, limon, sut, shovul kislotasi), oz miqdorda oqsil, vitaminlar, 


63 
xushbo„y va bo„yoq moddalari bor. Asal yuqori kaloriyali oziq-ovqat bo„lib, u 
organizmda to„la hazm bo„ladi. Uning shifobaxsh xususiyati ham bor, ya‟ni 
ichaklarning ishini yaxshilaydi, asablarni mustahkamlaydi, yurak muskullarining 
faoliyatini oshiradi.
Asal olinish usuliga qarab, ikki turga bo„linadi: mumli asal va tsentrifuga 
yordamida olingan asal Mumli asal savdoga kam chiqariladi; u umuman 
xavaskor asalari xo„jaliklarida olinadi. Mumli asalning sotilishidan foyda, yo„q, 
chunki qimmatli xom ashyo mum chikitga chikib ketadi. Tsentrifuga yordamida 
olinadigan asal savdo asalining asosiy turi hisoblanadi. U mumdan 
tsentrifugalash usuli bilan tortib olinadi.
Tabiiy asal shirin ta‟mli, o„z turiga xos, nafasi xushbo„y hidli, quyuq, bir 
xilda cho„ziluvchan, rangi oqish va qizg„ish va hatto jigar rang bo„lishi kerak; 
idishlarning achchiq ta‟mi va hididan, achish belgisidan, asalari, qurt, kapalak, 
mum bo„lakchalari va boshqa qo„shilmalardan holi bo„lishi talab etiladi. 
Asalning qand, kraxmal, patoka, un, o„simlik bargidagi shiradan olingan asal 
bilan aralashtirib qalbakilashtirilishiga yo„l qo„yilmaydi. Suvda eritilgan asal 
loyqalanmasligi va cho„kindi hosil qilmasligi kerak. shakarlanib qolgan asal 
nuqsonli hisoblanmaydi .
Asal 32 va 48 
kg
sig„imli
lipadan yasalgan yog„och bochkalarga, 250, 
500 va 1000 glik shisha bankalar hamda sut flyagalari, bidonlar, tunuka va 
oqartirilgan temir bankalarga joylanadi. Asalni quruq, salqin, yaxshi shamollatib 
turiladigan, harorati 5-10°C va havosining nisbiy namligi ko„pi bilan 60-70% 
bo„lgan xonalarda saqlash tavsiya etiladi.
Sun‘iy asal
shakardan olinadi. shakar suvda eritiladi, unga limon yoki 
vino kislotasi qo„shiladi va hosil bo„lgan eritma qaynatiladi. Natijada saxaroza - 
glyukoza va fruktoza aralashmasi paydo bo„ladi. shu aralashma pishiriladi va 
xushbo„y moddalar yoki tabiiy asal qo„shilib xushbo„y qilinadi. Sun‟iy asalning 
sifat belgilari, joylanadigan idishlar va saqlash shartlari tabiiy asalniki bilan bir 
xildir.


64 


65 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə