O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

 
va
 
dag„al 
tortilgan dondan tayyorlanadi; yog„ bosgan va ichaklari sust ishlaydigan 
kishilarga mo„ljallanadi. 
Tuxum po‗choqli teshikkulcha
raxit va me‟dasida 
kislota ortib ketgan kasallarga mo„ljallanadi.
Milliy nav
nonlar. Nonning odatdagi navlaridan tashqari, ayrim 
respublikalarda milliy navlari ham ishlab chiqariladi. Ular odatdagi navlardan 
xamirining tarkibi, tayyorlash jarayoni, pishirish vositalari (tandir noni, formasi, 
o„lchami, tashqi bezagi, ta‟mi va boshqalari) bilan farqlanadi. Nonning milliy 
navlariga: ozarbayjon churagi, armancha matnakash, lavash va dogik, shoti, 
madauri, tandir yumalog„i va boshqalar kiradi. O„zbek milliy nav nonlariga 
gijda, obi, patir, shirmoy, po„loti non, kulcha singari yopgan nonlar kiradi.
Teshikkulcha mahsulotlari. 
Bunday mahsulotlar oshmagan qattiq 
xamirdan xalqa formaida tayyorlanadi. Xamir bug„lanmaydigan usul bilan 
quyiladi. Mahsulot formaga solingach, kraxmalni elim va shakarlash uchun 
qaynoq suvga solib olinadi. shuning uchun ham mahsulot sirti yaltiroq va qip -
qizil bo„lib pishadi. Teshikkulcha mahsulotlariga mayda va yirik 
teshikkulchalar, baranka (sushki, bubliki) kiradi.
Bubliki
barankadan ko„ra yirik va yumaloq bo„lib, tarkibiga qarab, 
ko„knorli, tminli va ukrain bubliklariga bo„linadi.
Suxari. 
Suxari oddiy va sutli-yog„li turlarga bo„linadi. 
Oddiy suxari
maxsus tayyorlangan yoki oddiy nonning namligi 10% qolguncha ko„ritilgan 
kesimlari, bo„lib, bu non javdar yoki bug„doy unidan tayyorlanadi. Unning turi 
va naviga qarab, jaydari javdar unidan tayyorlangan, jaydari va kepaksiz un 
aralashmasidan tayyorlangan, jaydari bug„doy uni, 1- va 2-nav bug„doy 
unlardan, jaydari javdar va jaydari bug„doy uni aralashmasidan tayyorlangan 
suxarilar bo„ladi.


56 
Sutli yog‗li suxari
oliy, 1- va 2-nav bug„doy unidan tayyorlangan 
xamirga shakar (5-22%), yog„ (5-16%), tuxum (100 
kg 
unga 50-120 dona 
miqdorida) va ta‟m beruvchi xilma-xil narsalar qo„shib tayyorlanadi. Oliy nav 
undan shakarli, slavyancha, kofeli, qaymoqli, gorodskoy, bolalarbop, vanilli; 1-
nav undan moskovskiy, kofeli, qaymoqli, dorojniy, shakarli, mayda shakarli va 
pionerskiy; 2- nav undan gorodskoy suxarilar tayyorlanadi.
Non va bulka mahsulotlarining 
sifati
tashqi ko„rinishi (formasi, rangi, 
sirtqi holati), mag„zining holati, hidi, namligi, g„ovakligi, kislotaliligi singari 
ko„rsatkichlar bilan shuningdek, bug„doy unidan tayyorlangan bir qator 
mahsulotlar esa shakar va yog„ning miqdoriga qarab belgilanadi. Mahsulotning 
formasi g„adir-budur bo„lmasligi, to„g„ri, ezilmagan, silliq (tekis) va boshqa 
nuqsonlardan holi; sirti silliq, hech qanday yoriq va chiziqsiz; rangi oq ham 
emas, kuygan ham emas, bir tekis bo„lishi lozim.
Mag„zi yaxshi pishgan, bir tekis g„ovaklikda, qayishqoq bo„lishi, xamiri 
yaxshi qorilmaslikdan kelib chiqadigan tugunlar bo„lmasligi lozim. Namligi 
standartda belgilangan me‟yordan oshmasligi kerak. Ta‟mi me‟yorida, 
mahsulotning mazkur turiga xos sal nordonrok, yangi, tuzi past ham emas, sho„r 
ham, kuymagan va begona ta‟mdan holi, shakar qo„shilgan xili sal shirin 
bo„lishi lozim. Mag„zining hidi yoqimli bo„ladi.
Nonning g„ovakligi deganda ma‟lum bir miqdordagi mag„izdagi 
g„ovaklarning protsent bilan ifodalanishi tushuniladi. 40-50% g„ovaklikdagi non 
kam g„ovakli, 50-60% g„ovaklikdagisi o„rtacha, 60% dan 70% gacha 
g„ovaklikdagi non esa serg„ovak non hisoblanadi. Non mahsulotlari ta‟mida 
(taxir, nordon, yoqimsiz), hidida baliq, sovun, kerosin dimiqqan hid), tashqi 
ko„rinishida (noto„g„ri forma, nomuvofiq rang, sirtida yoriqlar, tugun hosil 
bo„lishi, mag„zining sirtidan ajralish, hollari), mag„zidagi nuqsonlar 
(yopishqoqlik, yaxshi qorilmaganlik, xom qolish va boshqalar) uchraydi.
Bunday nuqsonlar natijasida nonning sifati juda pasayib, hatto eyishga 
yaramay qoladi. Yaxshi teshikkulcha mahsulotlari to„g„ri formali, tekis, silliq va 


57 
yaltiroq sirtli, sarg„ish-tilla rangli, yoqimli ta‟m va hidli bo„lishi lozim. Diqqat 
bilan yaxshi ulanishi, mag„zi yaxshi ko„pchigan va aralashtirilgan bo„lishi 
lozim. Baranka va mayda teshikkulcha qasir-qusur, yirik teshikkulcha-bublik esa 
yumshoq bo„lishi lozim. 1 
kg
da 35-40 dona baranka, 120-250 ta mayda 
teshikkulcha, 10-20 dona yirik teshikkulcha bo„ladi. Barankaning namligi 14-
19%, mayda teshikkulchaniki 9-12%, yirik teshikkulchaniki esa 22% bo„ladi. 
Suxarilarning sifati, formasi, tashqi ko„rinishi, rangi, ta‟mi, hidi, namligi, 
ivuvchanligi, kislotaning miqdori va bir kg ga necha dona to„g„ri kelishi singari 
ko„rsatkichlar asosida baholanadi.
Barcha turdagi suxarilar chiroyli qirqilgan, bir tekis qurigan, kuymagan, 
chuqur yoriqlar bo„lmagan, begona narsalar qo„shilmagan bo„lishi lozim. Yaxshi 
suxarida mayda uvalangani va ushoqlari umumiy og„irlikka nisbatan ko„pi bilan 
3%, gorbushkasi 20% bo„lishi lozim. Sutli-yog„li suxari to„g„ri formali, 
jigarrang, ustki sirti yaltiroq, ta‟mi muayyan navga xos shirinrok, achqimtir ham 
emas, chuchuk ham emas, tuzi raso, kuymagan, begona ta‟mlardan holi, xamiri 
yaxshi qorilgan, g„ovakligi bir tekis bo„ladi. Namligi, naviga qarab, 8-12% 
o„rtasida bo„lishi lozim. yoriq va bo„shliqlar bo„lishiga yo„l qo„yilmaydi.
Non quruq, toza, kemiruvchilar zararlantirmaydigan, tokchali va 
shamollatiladigan xonalarda 6°C dan kam bo„lmagan bir me‟yordagi 
temperaturada saqlanishi kerak. Tortilib sotiladigan mahsulotlar va batonlar 
tokchalarga yoni bilan yoki o„ngini qilib ko„pi bilan ikki qator, bulochka 
mahsulotlari bir qator teriladi.
Non saqlanadigan xona yiliga kamida bir marta dezinfektsiya va remont 
qilinishi zarur. Pishib chiqqan non mahsulotlarini saqlashning so„nggi muxlati 
belgilangan: jaydari undan tayyorlangan javdar non, javdar-bug„doy va bug„doy 
non 48 soat ts navli undan tayyorlangan tortib va donalab sotiladigan non 
(donalab sotiladigan mayda mahsulotlar bundan mustasno) 24 soat, (donalab 
sotiladigan mayda mahsulotlar) 16 soat saqlanadi. Bu muddat tugagach, 
xaridorlarga non sotish man etiladi, chunki u qotib qoladi, binobarin, u 


58 
magazindan olinib qayta ishlash uchun non zavodi (novvoyxona) ga topshirilishi 
lozim.
Suxari va teshikkulcha mahsulotlari yaxshi shamollatiladigan quruq 
xonada ko„pi bilan 16-18°C temperatura va havoning nisbiy namligi 75% dan 
ortiq, bo„lmagan sharoitda saqlanishi lozim. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə