O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

 
 
Internet veb-saytlari 
1.
www.Referat.ru 
2.
www.metalloprokat.ru 
3.
www.UzReport.com 
4.
www.yellowpages.uz 
5.
www.Hamkor.uzpak.uz 
6.
www.tashkent.uz 
7.
Yandex- http ://yandex/ru/; 
 


60 
III-BOB. QAND, ASAL, KRAXMAL VA QANDOLAT 
MAHSULOTLARI
 
3 . 1 . Q a nd, qa nd ta yyo rla s h te xno lo g iya s i,
a s s o rtime nti va s ifa tig a qo ‗yila dig a n ta la bla r
Qand eng muhim oziq-ovqat mahsulotidir. U har kuni iste‟mol 
qilinishidan tashqari qandolatlik va novvoylikda, spirtli va spirtsiz ichimliklar 
ishlab chiqarishda keng qo„llaniladi. Qand yuqori kaloriyaga ega (100 g qand 
405 k. kal beradi), odam organizmida engil va to„la hazm bo„ladi. O„zbekistonda 
qand asosan qand lavlagidan olinadi, qand lavlagi tarkibida 16-18% saharoza 
bor. Ko„pchiliq issiq iqlimdagi oblastlarda qand shakarqamishdan ishlab 
chiqariladi. Qand ishlab chiqarish usuliga ko„ra ikki guruhga, ya‟ni qand-shakar 
va oq qandga bo„linadi.
Oqartirilgan qand-shakar
ham oddiy qand-shakar kabi olinadi, ammo u 
bug„latishdan oldin yana bir marta tozalanadi (oqartiriladi). Oqartirilgan qand-
shakar oddiy qand-shakardan oqroq, kristallari esa yaltiroqroq bo„ladi.
Qand-shakar qirralari yaqqol ko„ringan oq, mayda kristallardan iboratdir. 
Sifatini baholashda uning tarkibidagi saharozaga, shakarning rangiga, namligiga 
va begona qo„shilmalarning bor-yo„qligiga e‟tibor beriladi. Qand-shakar tovar 
navlariga bo„linmaydi. Oq qand shakardan olinadi. Ishlab chiqarish usuliga 
qarab u - presslangan oq qand, quyma qand xossalariga ega bo„lgan presslangan 
oq qand, tez eriydigan presslangan oq qand, quyma oq qand va bolalar oq 
qandlariga bo„linadi.
Presslangan oq qand vakuum-apparat orqali tsentrifugaga uzatilgan oq 
qand massasidan tayyorlanadi. Tsentrifugada kristallar patokadan ajratib olinadi 
va oqartiriladi. Hosil bo„lgan ho„l shakar qoliplarga solinadi, to„g„ri burchak 
shaklida presslanadi, quritiladi, keyin to„g„ri shaklda ushatiladi.
Bolalar qandi har xil qushlar, hayvonlar, samolyotlar shaklida ishlab 
chiqariladi va har xil rangga bo„yaladi. Qand talqoni qo„shimcha mahsulot 
sifatida quyma qandni qirqish va ushatish vaqtida hamda oq qandni maxsus 


61 
maydalash yo„li bilan hosil qilinadi. Donador bo„lib qolishdan saqlash uchun 
unga 3% gacha kraxmal qo„shiladi.
Oddiy shakar tarkibida saxaroza 99% dan kam bo„lmasligi, 
kristallarining tuzilishi bir xil, qirralari yaqqol ko„rinib turadigan, rangi oq 
yaltiroq, sochiluvchan, quruq, yopishmaydigan, donalari bir-biriga yopishib 
qolgan qumaloqlar va sariq donalar, begona aralashmalar bo„lmasligi, suvda 
to„liq erib, tiniq eritma hosil qiladigan bo„lishi shart.
Sariq rangli, nam tortgan, boshqacha ta‟m va hid beradigan, ifloslangan 
va suvda toza erimaydigan shakar savdoga chiqarilmaydi. shakarning namligi 
0,14% dan yuqori bo„lishi mumkin emas. Tozalangan shakarning sifat belgilari 
ham yuqoridagicha bo„lib, uning tarkibida saxaroza 99,9% dan kam bo„lmasligi 
kerak.
Oq qand toza, salgina ko„kimtirroq oq rangli, dog„zis
va boshqa 
qo„shilmalarsiz, begona ta‟m va hidlarsiz bo„lishi kerak. Undagi saxarozaning 
miqdori ham 99,9% dan kam bo„lmasligi lozim. Ushatilgan presslangan 
chaqmoq qand, tez eriydigan presslangan chaqmoq qand va qand talqonining 
namligi-0,2%; quyma qand xossalariga ega bo„lgan presslangan chaqmoq qand 
namligi- 0,25%; ushatilgan quyma qand namligi esa - 0,4% bo„ladi.
20°C haroratdagi suvda qirrasi 10 
mm. 
li, maydalangan quyma qand 
kami bilan 8 daqiqada; ushatilgan presslangan qand 6 daqiqada; quyma qand 
xossalariga ega bo„lgan presslangan qand-7 daqiqada va tez eriydigan qand-1 
daqiqada erib bo„lishi kerak. Qand-shakar va oq qand I yoki II kategoriyali 
zig„ir-jut qoplarga joylanadi, bundan tashqari qog„oz
va karton qutichalarga 
hamda fanera va yog„och yashiklarga joylanadi. Qand-shakar sof og„irligi 50 va 
60 
kg. 
dan, maydalangan quyma oq qand hamda presslangan chaqmoq qand- 40 
kg. 
dan, tozalangan shakar- 50 
kg 
dan I va II kategoriyadagi toza, quruq zig„ir-
jut kanop qoplarga joylanadi.
Qand quruq, yaxshi shamollatib turiladigan omborlarda o„tkir hidli 
mollar hamda buyumlardan uzoqda saqlanishi zarur, chunki u namlanish va yot 


62 
hidlarni o„ziga qabul qilish xususiyatiga ega. shakar saqlanadigan xona 
havosining nisbiy namligi 70% dan, chaqmoq qand saqlanadigan xonaniqi 80% 
dan oshmasligi kerak. Qand yuqori va past haroratda ham saqlanaverishi 
mumkin, ammo xona havosining harorati tashqi havo haroratidan bir muncha 
yuqori bo„lishi kerak, chunki tashqi havodagi ancha iliq suv bug„lari sovuq 
xonaga kirib, xona havosining nisbiy namligini keskin oshirib yuboradi.
Qand solingan qoplar quruq va toza chipta, brezent yoki sholchalar bilan 
qoplangan maxsus o„ringa taxlab qo„yiladi. Agar qoplar namlansa, qandni 
boshqa quruq idishga bo„shatib quyish kerak. Qand solingan qoplar va 
yashiklarni tashishda ularni kirlanish va namlanishdan saqlash uchun ustiga 
brezent yopib qo„yiladi. Yilning fasli va savdo korxonasining joylashgan joyiga 
qarab, qand-shakar uchun- 0,15-0,20%; oq qand uchun- 0,20-0,25%; qand 
talqoni uchun 0,35% tabiiy kamayish ko„zda tutilgan.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə