O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 3 . N o n va bulk a ma hs ulo tla ri, ula rning a s s o rtime nti va



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

 
2 . 3 . N o n va bulk a ma hs ulo tla ri, ula rning a s s o rtime nti va
s ifa tig a qo ‗yila dig a n ta la bla r
 
Non bug„doy va javdar unidan yopiladi. To„yimliligini oshirish 
maqsadida ayrim nav nonlarga sut, yog„, shakar, tuxum, qiyom, solod, mayiz 
singari mahsulotlar, ta‟mini yaxshilash maqsadida esa ko„knor urug„i, sedana, 
kashnich sepiladi, arpabodyon, vanil, vanilin, za‟far va boshqalar solinadi. 
Pishib chiqqan non sovitiladi, chunki issiq non og„ir bo„ladi va formasi 
tez buziladi. Non zavodlari va novvoyxonalar pishib chiqqan, tortiladigan nonni 
kamida 3 soat, jaydari nonni 4 soat saqlab turishlari shart.
Nonning chiqishi-
bu tayyor nonning un, suv va boshqa xom 
ashyolarning og„irligiga nisbatan foiz hisobida ifodalangan og„irligidir. Chiqishi 


53 
xamir retsepturasi, unning sifati, nonning namligi, tortilishi, formasi va boshqa 
omillarga bog„liq.
Obi
deb, non og„irligi bilan (non retsepturasiga kiradigan boshqa 
mahsulotlarni hisobga olmagan holda) sarflangan un o„rtasidagi farqning foiz 
bilan ifodalanishiga aytiladi. Ko„payish xamir qorish uchun unga qo„shilgan suv 
hisobiga bo„ladi. Yirik non mahsulotlarida maydasiga qaraganda obisi ortiq 
bo„ladi. Formali nonning obisi pechda yopilgan nondan ko„ra ko„proq, qaynoq 
suvga qorilgan xamirdan tayyorlangan nonning obisi boshqasidan ko„ra ko„p 
bo„ladi.
Non va bulka mahsulotlarining xili va turi juda ko„p. Unning turiga 
qarab non bug„doy, javdar, javdar-bug„doy nonlariga bo„linadi. Retsepturaga 
qarab oddiy, yaxshilangan va yog„li; pishirilish usuliga qarab, formali va pechda 
yopilgan, sotilish usuliga qarab, tortib sotiladigan va donalab sotiladigan xillarga 
bo„linadi.
Bug‗doy non. 
Oddiy bug„doy noni (tortib va donalab sotiladigan), 
yaxshilangan bug„doy non (tortib va donalab sotiladigan), baton, bulka, turli 
bulochkalar va yog„ - sutda qorilgan xamirdan tayyorlangan mahsulotlardir. 
Bug„doy nonining oddiy xili 1-va 2-nav va jaydari undan tayyorlanadi.
1- 
nav undan tayyorlangan bug‗doy non
ham pechda va ham formali 
qilib, ham tortilib va ham donalab sotiladigan qilib pishirilgan, g„ovak-g„ovak, 
chuchuk (kislotaliligi kam) bo„ladi. 2-
nav bug‗doy unidan tayyorlangan non
formali yoki pechda yopilgan 3
kg
gacha og„irlikdari katta yumaloq nondir. U 
tortilib va donalab sotiladigan bo„lib, o„ta g„ovak-g„ovakligi va kislotasi kamligi 
bilan farq qiladi. 
Jaydari bug‗doy unidan tayyorlangan non
formali yoki pechda 
yopilgan, og„irligi ko„pi bilan 4 
kg
bo„lgan yumaloq bulka non yoki og„irligi 
0,5-1 
kg
lik donalab sotiladigan formali turlarda bo„ladi, g„ovakliligi o„rtacha va 
kislotaliligi ko„p bo„ladi.
Bug„doy nonining asosiy yaxshilangan turlari quyidagilardir: 


54 
Kepaksiz non
oliy nav undan shakar qo„shib (4%) formada va pechda, 
og„irliri 2,5 
kg
lik qilib pishiriladi. Juda g„ovak-g„ovak va chuchuk (kislotasi 
kam) bo„ladi. 
Mayizli kepaksiz non
oliy nav bug„doy unidan tayyorlanadi
xamirga shakar (4- 5%), qiyom (2%), mayiz (10%) va margarin (2%) qo„shiladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə