O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Bug‗doy uni. 
Un tortish sanoati quyidagi navlardagi bug„doy uni 
tayyorlaydi: krupchatka, a‟lo navli un, 1-, 2-navlar va jaydari un. 
Krupchatka
qattiq va yumshoq bug„doylar aralashmasidan tayyorlanadi. Bu un bir tekis 
mayda zarralardan iborat bo„lib, xamir qorilganda yaxshi ko„pchiydi, unda ko„pi 
bilan 0,6% kul va yopishqoqligi kamida 30%, rangi kremsimon oq bo„lib, 
kepagi bo„lmaydi deyish mumkin. 
Oliy nav un
juda mayin tortilgan, deyarli 
qobiq aralashmagan oppoq yoki xiyol sarg„ish rangli undir. Bunda ko„pi bilan 
0,55% kul va kamida 28% ho„l elim bo„ladi.


51 
1-
nav un
yumshoq va qattiq bug„doyni mayin tortib olinadi. Tortilganda 
donning o„zak qismida 2-3% kepagi koladi. 1-nav unda 0,75% kul va 
yopishqoqligi 30% dan kam bo„lmaydi. 
2- nav un
ham yumshoq va qattiq 
bug„doyning aralashmasidan yirikroq qilib tortiladi, uning rangi sarg„ish-kul 
rang, oq tovlanadi; 10 -12% gacha kepak, 1,4% gacha kul va yopishqoqligi 
kamida 25% bo„ladi.
Jaydari un
aralashmalardan tozalangan bug„doy donini dag„al tortib 
olinadi, kepagi elanmaydi. Bu nav unda 20% gacha maydalangan kepak, 1,9% 
gacha kul, yopishqoqligi esa, kamida 20% bo„ladi. Unning 
sifati
kuyidagi 
ko„rsatchichlariga: rangi, ta‟mi, hidi, yirik-mayda tortilganligi, namligi, kulliligi, 
yopishqoqligi, kislotaliligiga qarab belgilanadi. Uning rangi asosiy organoleptik 
ko„rsatkichlardan biri bo„lib, unga qarab unning navi aniqlanadi. Rangi donning 
sifati, 
toza-iflosligi, 
namligi, 
kepakning 
miqdori, 
mayin 
tortilganligi 
(zararlarning ulchami) va boshqa sabablarga bog„liq. Masalan, bug„doyning 
shishasimon navidan mayin bug„doyga karaganda ancha sarg„imtir och rangli un 
olinadi; serkepak un xiraroq bo„ladi, mayin tortilgan un har doim dag„al 
tortilgan undan ko„ra 
oq
bo„ladi va hokazo.
Unning kulliligi navini aniqlashning asosiy ko„rsatkichlaridan biridir; u 
ko„p jihatdan kepak miqdoriga bog„liq, chunki kepak va don murtagida serun 
yadroga qaraganda mineral modda ko„p bo„ladi. Unda kepak qanchalik ko„p 
bo„lsa, u shunchalik serkul, tovarlik navi shunchalik past bo„ladi. Bug„doy 
unining sifati uning yopishqoqlik darajasi va sifatiga bog„liq. Xamir qancha 
yopishqoq bo„lsa, non shuncha ko„pchib, g„ovak-g„ovak bo„lib chiqadi. 
yopishqoqligi 28-30% dan ortiq bo„lgan bug„doy uni yaxshi hisoblanadi.
Un quruq, o„rtacha quruq, nam va ho„l turlarga bo„linadi. Quruq unning 
namligi 14% dan oshmaydi. U uzoq saqlanadi va nonbop hisoblanadi. O„rtacha 
quruq unda 14,5% dan 15,5% gacha nam bo„lib, 0 dan 8°C gacha temperaturada 
yaxshi saqlanadi. 15,5 dan 17% gacha nami bo„lgan un nam, 17% dan ortiq 
nami bo„lgan un esa ho„l un hisoblanadi.


52 
Nam va ho„l un yaxshi saqlanmaydi, tez yopishib qoladi, qizib dimiqadi, 
mog„orlaydi va ishdan chiqadi. Chaynab ko„rilganda g„ichirlagan (kumli), 
ombor zararkunandalari tekkan, mog„orlagan, achqimtir, yot narsalar aralashgan 
unlar savdoga chiqarilmaydi. Barcha navdagi unlar yangi yoki avval ishlatilgan, 
ammo toza, pishiq, ombor zararkunandalari tegmagan qoplarga joylanadi. Un 
kamida III kategoriyadagi va sig„imi
70-80 
kg
lik qoplarga solinishi lozim. Un 
toza, quruq, yorug„, yaxshi shamollatiladigan omborlarda 
saqlanadi. 
Unli qoplar tovar qo„ygichlarda saqlanishi lozim. shtabel (tax) larning 
balandligi, yil fasliga qarab, 8-14 qopdan oshmasligi kerak. shtabellar orasi bilan 
tashqi devorlar orasidagi masofa kamida 0,75 
m
keladigan qilib joylashtiriladi, 
shtabellar orasidagi yo„l esa kamida 0,5 
m
bo„lishi lozim. Un 0 dan 10°C 
haroratda ham, minus haroratda ham saqlanishi mumkin. Un uzoq saqlanadigan 
binodagi havoning nisbiy namligi 50-60%, kiska muddat saqlansa, 65-75% 
bo„lishi lozim. Un uchun tabiiy kamayish rayonning qaerda joylashganligi va yil 
fasliga qarab 0,25-0,30% ni tashkil etadi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə