O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Makkajo‗xori yormasi. 
Makkajo„xori tishsimon, yarim tishsimon, oq 
tosh, yog„iluvchi, guruchli va kraxmalli turlarga bo„linadi. Makkajo„xori doni oq 
va sariq, ba‟zan qizil va ko„k rangda bo„ladi. Makkajo„xori yormasi ishlov 
berish usuliga qarab, silliqlangan Makkajo„xori yormasi, maydalangan 
makkajo„xori yormasi va makkajo„xori parchalariga bo„linadi. 
Silliqlangan 
makkajo‗xori yormasi
qobiq va murtagidan tozalangan yoriluvchi va oq tosh 
makkajo„xorining maydalangan yadrosidir; Donasining yirik-maydaligiga qarab, 
yorma besh raqamga bo„linadi. 1-, 2-va 3-raqamlar yirik, 4-va 5-raqamlar esa 
mayda bo„ladi.
Dukkakli don ekinlari. 
Bu ekinlarga no„xat, loviya, yasmiq, soya va 
boshqalar kiradi. Ular oqsilga boy (20-30%), kraxmali-ko„p (50% ga yaqin) va 2 
dan 5% gacha yog„ (soyada 22% gacha) bo„ladi. Dukkakli ekinlar ikki 
urug„palla va urug„lik qobig„i bilan qoplangan o„simtadan iborat.
No„xat, loviya va yasmiq eng ko„p tarqalgan dukkakli ekinlardir. 
Po‗sti 
archilgan no‗xat
oziq no„xatdan, uning dag„al, tuyimliligi kam qobig„ini olib 


48 
tashlab tayyorlanadi. Ishlov berilish usuliga qarab, archilgan no„xat quyidagi 
turlarga bo„linadi: pardozlanib butun archilgan no„xat, yanchilib va pardozlanib 
archilgan no„xat. Qayd etilgan no„xat turlari sariq yoki yashil bo„lishi mumkin. 
Namligi ko„pi bilan 15%.
Loviya
qimmatbaho dukkakli ekinlardan bo„lib, mamlakatimizning 
ayniqsa, janubiy rayonlarida keng tarqalgan. Loviya oqsili no„xatdagi oqsilga 
qaraganda ancha yaxshi hazm bo„ladi. Loviya oq, bir xil tusli va ola-bo„la rangli 
bo„ladi. Oq loviya bir necha turga: bombasimon, arpa yormasimon,ovalsimon, 
ilonchasimon, ko„raksimon, qisqichbaqa-simonlarga bo„linadi. Bir xil tusli 
loviya yashil, jigar rang, pistaqi, qizil, ola-bo„la. Solod undirilgan javdar yoki 
arpa donini quritib va yanchib olinadi. Rangli loviya esa ola-bo„la va to„q ola-
bo„la bo„ladi. Loviyaning barcha turlarida namlik 20% dan oshmasligi lozim.
Yosmiq
-
eng muhim dukkakli ekinlardan biri. Unda o„rta hisobda 30% ga 
yaqin oqsil bo„lib, ta‟mi xushxo„r, yaxshi pishadi. Uning barcha turlari ichida 
tarelkasimon yasmiq oziqlik ahamiyatiga ega. Ekilish joyiga qarab, u shimoliy 
va janubiy, rangiga qarab, yashil, och yashil va xilma-xil (qoramtir) turlarga 
bo„linadi. Yashil va och yashil yasmiq sifat jihatidan eng yaxshi hisoblanadi. 
yormalarning 
sifati
uning rangi, ta‟mi, hidi, namligi, yaxshi pishish-pishmasligi
aralashma va uning bor-yo„qligiga, yaxshi sifatli yadro miqdoriga, buzilgan va 
uvalangan donning bor-yo„qligiga, ombor zararkunandalari tekkan-tegmaganligi 
va boshqa ko„rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
Yormadagi 
aralashmalar 
(tozalanmagan, 
uvalangan, 
chirigan, 
mog„orlagan, qizishdan buzilgan, maydalangan va muchelli donlar, qum, tosh, 
poxol, kepak, gul parchalari va h.k.) yormaning sifatini pasaytiradi. yo„l 
qo„yiladigan har qanday aralashmalar miqdori standart bilan belgilanadi. Ko„p 
yormalarning tovarlik navi yaxshi sifatli yadro miqdoriga qarab belgilanadi. 
Yaxshi sifatli yadro iste‟molga tamomila yaroqli, shunga xos hid, ta‟m va yaxshi 
tashqi ko„rinishga ega bo„lgan yorma donlaridir.


49 
Ombor zararkunandalari (qo„ng„iz, kapalak, kana yoki ularning 
lichinkalari) tekkan yorma savdoga chiqarilmaydi. yorma sig„imi 70-75 
kg
lik 
yangi yoki avval ishlatilgan toza va pishiq qoplarga solinadi. Guruch, so„k va 
manniy yormasi hech bo„lmaganda II kategoriyali, ya‟ni yamog„i
uchtadan 
oshmagan qoplarga, boshqa yormalarni III kategoriyali, ya‟ni) yamogi 
beshtadan oshmagan qoplarga solish mumkin.
Suli parchasi 250 
g
dan 1 
kg
gacha bo„lgan karton yoki kog„oz 
qutichalarga, talqoni esa sig„imi
250, 300 va 350 g lik karton qutichalarga 
solinadi. yorma quruq, yorug„, toza, yaxshi shamollatiladigan omborlarda 0° dan 
8°C gacha haroratda 60-70% nisbiy namlikdagi havoda saqlanadi
,
yormani 
minus temperaturada ham saqlash mumkin. Ammo temperaturaning keskin 
o„zgarib turishiga sira yo„l kiyilmaydi. Bug„doy, qora bug„doy va arpa yormalari 
uzoq vaqt saqlana oladi. Tarik, suli va makkajo„xori yormalari esa uzoq saqlana 
olmaydi, chunki ularda tez achiydigan yog„ bor. Yil fasli va kaerda joylashishiga 
qarab yorma va dukkakli ekinlarga tabiiy kamayish normasi (0,25-0,30%) 
belgilangan.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə