O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Bug‗doy yormasi. 
Bug„doy eng qimmatli don ekinlaridan hisoblanadi. 
Ekilish vaqtiga qarab, u kuzgi va bahorgi, tuzilishiga qarab esa yumshoq va 
qattiq turlarga bo„linadi. Bug„doyning qattiq turi yumshog„iga ko„ra qimmatroq 
yuradi, chunki unda oqsil moddalar ancha ko„p bo„ladi. Qattiq bug„doy doni 
shishasimon, cho„ziqroq, yumshoq bug„doy esa unli, formasi yumaloq bo„ladi. 
Bug„doydan manniy yormasi hamda silliqlangan bug„doy (poltavskiy va Artek) 
yormasi ishlab chiqariladi.
Manniy yormasi
bug„doy donini navga ajratib tortish jarayonida olinadi, 
u T. M va M. T markalarga bo„linadi. T markali yorma qattiq bug„doyni 
tortishdan hosil bo„ladi, uning yormasi kremsimon oqish yoki sarg„imtir rangli, 
nim tiniq, sirti qirrali bo„ladi. U a‟lo sifat manniy hisoblanadi, chunki boshqa 
markadagi yormalarga qaraganda unda oqsil moddalar ko„p bo„ladi. M markali 
yorma yumshoq bug„doyni yanchib olinadi, u hiraroq unli muchel bilan 
qoplangan bo„ladi.
MT markali yorma yumshoq bug„doyga 20% qattiq bug„doy aralashtirib 
tortishdan hosil bo„ladi; okyo yorma unli, sarg„imtir rangli bo„ladi. Manniy 
yormasi navlarga bo„linmaydi. Kundalik iste‟mol uchun mo„ljallangan 
yormaning namligi, 15,5% dan, uzoq saqlanadigan Uzoq shimol va chekka 
rayonlarga jo„natiladigan yormaning namligi esa 14% dan oshmasligi kerak. 
Tishlab ko„rilganda yorma tishda g„ijirlamasligi lozim.
Silliqlangan bug‘doy yormasi
qattiq bug„doydan, ba‟zan yuqori sifatli 
yumshoq bug„doydan hosil qilinadi. yorma donasining yirik-maydaligiga qarab, 
u besh raqamga bo„linadi. 1 dan 4 gacha bo„lgani yorma poltavskiy, 5-si esa 
Artek deb nomlanadi. Silliqlangan bug„doy yormasi donning o„zagi 
evdospermadan olinadi, alohida yorma donalarida aleyron qatlam va urug„lik 
qobig„ining qoldiqlari ham qolishi mumkin. yorma donasi och sariq rangli
uzunchoq (1 va 2- poltavskiy) yoki dumaloq (3 va 4 - poltavskiy hamda Artek) 
bo„ladi.


45 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə