O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Assortiment 
rivojlanib 
borishini 
boshqarish
deganda 
avvalo 
iste‟molchilar ehtiyojlarining hajmi va tarkibini o„rganish va ushbu ma‟lumotlar 
asosida assortimentni rejalashtirish va bozorga etkazib berish tushuniladi. 
Assortiment tarkibi-
bu tovar aylanuvidagi tovar guruhlari, kichik 
guruhlari, turlari, xilma xilliklari o„rtasidagi sonli mutanosiblikdir. Masalan, 
poyafzalda qaysi o„lchamdagi tovar qanchadan ekanligini ko„rsatuvchi 
ko„rsatkich assortiment tarkibini tashkil etadi. 
Assortiment kengligi-
aniq bir yo„nalishdagi tovarlar kichik guruhining 
va turlarining soni bilan baholanadi. Masalan, oshxona chinni idishlariga, turli 
xil tarelkalar, kosa-piyolalar kabilar kiradi. Ularga turli salatlar uchun idishlar, 
non uchun vazalar ham qo„shilishi mumkin. Bunda albatta assortiment kengligi 
o„zgaradi. 
Bulardan tashqari assortiment to„laligi, assortiment barqarorligi
assortimentning yangilanib borish darajasi kabi ko„rchatkichlar ham mavjuddir. 
Turkumlash, turlarga ajratish deganda tovarlarning umumiy xarakterli 
belgilari, xususiyatlariga qarab ma‟lum turlarga ajratish tushuniladi. 
Tovarshunoslikda tovarlarni turkumlash juda katta amaliy ahamiyatga ega, 
chunki katta nomenklaturadagi oziq-ovqat tovarlarini ma‟lum bir tartibga 
solmasdan turib ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirishda, hisob-kitob ishlarini 
olib borishda, tovarlarning assortimenti, sifati va iste‟mol qiymatini mukammal 
o„rganishda katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Oziq-ovqat tovarlarini 


37 
turkumlashda ularning har xil xususiyatlari hisobga olinadi: paydo bo„lishi, 
kimyoviy tarkibi, xom ashyoning qayta ishlanganlik darajasi, foydalanilishiga 
qarab va boshqalar.
Masalan, kelib chiqishiga qarab hamma oziq-ovqatlarni- o„simlik 
mahsulotlari yoki hayvon mahsulotlariga, kimyoviy tarkibi bo„yicha esa oqsilli, 
yog„li yoki uglevodga boy mahsulotlarga, qayta ishlanganligiga qarab esa xom 
ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarga, ishlatilishiga qarab esa 
ozuqaviy hamda lazzatli mahsulotlarga bo„lish mumkin. Ammo oziq-ovqat 
mahsulotlarini bunday turkumlashda ham ayrim kamchiliklar mavjuddir. 
Masalan, hozirgi kunda ba‟zi oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashda
 
o„simlik va 
hayvon mahsulotlari ishlatiladi yoki bo„lmasa, oqsilga boy mahsulotlar tarkibida 
yog„lar ham, uglevodlar ham
 
ma‟lum darajada uchraydi. Lazzatli mahsulotlar 
turkumiga kiradigan ba‟zi tovarlar ozuqaviylik qiymatiga ham egadir.
Savdo shoxobchalarida, oziq-ovqat mahsulotlari shartli ravishda ikki turga 
ajratiladi: gastronomiya va baqqollik mahsulotlari. Gastronomiya tovarlariga 
go„sht mahsulotlari, baliq mahsulotlari, sut mahsulotlari, moylar, vinolar, 
konservalar va boshqalar kiradi. Baqqollik mahsulotlari turkumiga esa yormalar, 
un, makaron mahsulotlari, hamirturush, choy, tuz, qand, kofe, tamakilar va 
boshqalar 
kiradi. 
Oziq-ovqat 
mahsulotlarini 
bunday 
turkumlash 
ham 
kamchilikdan xoli emas, chunki non, sabzavotlar, mevalar, qandolat 
mahsulotlari hech qaysi turga kiritilmagan. shuning uchun ham hozirgi kunda 
oziq-ovqat mahsulotlarini turkumlashni o„rganish, bunday ishlarga qaratilgan 
ilmiy tadqiqotlarni yo„lga qo„yish zarurdir.
Oziq-ovqat mahsulotlari kimyoviy tarkibi, kelib chiqishi va ishlab 
chiqarishdagi qatnashishiga qarab, quyidagi turlarga ajratilgan: don va don 
mahsulotlari; meva va sabzavot mahsulotlari; kraxmal, qand-shakar, qandolat 
mahsulotlari; lazzatli mahsulotlar; ovqatga ishlatiladigan yog„lar; sut va sut 
mahsulotlari; go„sht va go„sht mahsulotlari; tuxum mahsulotlari; baliq va baliq 
mahsulotlari. Don va don mahsulotlar turiga don, un, yorma, non va makaron 


38 
mahsulotlari kiradi. Bu mahsulotlar uglevodlarga, ya‟ni kraxmalga juda boydir. 
Meva va sabzavot mahsulotlari turiga ho„l mevalar, sabzavotlar, ko„ziqorinlar va 
ularni qayta ishlashdan hosil bo„lgan mahsulotlar kiradi. Ular yuqori biologik 
qiymatga ega bo„lib, kaloriya berish darajasi boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan 
ancha yuqoridir.
Kraxmal, qand-shakar, qandolat mahsulotlari turiga esa kraxmal, qand-
shakar, asal, patoka, shokolad, karamel va konfet mahsulotlari, meva-rezavor 
mevali qandolat mahsulotlari kiradi. Lazzatli taomlar turiga esa spirtli 
ichimliklar, vinolar, pivolar, alkogolsiz ichimliklar, ziravorlar, tuz, choy, ko fe 
mahsulotlari kiradi. Bu mahsulotlar tarkibida spirt, kofein moddalari borligi 
bilan ajralib turadi.
Sut va sut mahsulotlari turiga sut, tvorog, qaymoq, smetana, achitilgan sut 
mahsulotlari, sariyog„, pishloqlar kiradi. Bu mahsulotlar ham yuqori biologik 
qiymatga ega bo„lib, odam organizmida tez hazm bo„ladi. yog„lar turiga ovqatga 
ishlatiladigan o„simlik moylari, hayvon yog„lari, margarinlar kiradi. Bu 
mahsulotlar yuqori energiya berish qobiliyati va erda eruvchi vitaminlarga 
boyligi bilan ajralib turadi.
Go„sht va go„sht mahsulotlari turiga hayvon go„shtlari, parranda go„shtlari 
va ularni qayta ishlashdan hosil bo„ladigan mahsulotlar, dudlangan go„shtlar va 
go„sht konservalari kiradi. Bu mahsulotlar umuman organizmni hayvon oqsillari 
bilan ta‟minlaydigan asosiy manba hisoblanadi. Tuxum mahsulotlariga esa 
tuxumlar va tuxum mahsulotlari kiradi, Bu mahsulotlar ham tez hazm bo„ladi
 
va 
kimyoviy tarkibi bo„yicha yuqori biologik ko„rsatkichga egadir. Baliq va baliq 
mahsulotlari turiga baliqlar va ulardan tayyorlangan baliq mahsulotlari hamda 
boshqa jonivorlarning mahsulotlari kiradi. Bu guruhga kiradigan mahsulotlar 
ham to„liq qiymatli oqsilga, yog„larga, vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi. 
Savdoda nooziq-ovqat tovarlari ishlatilishi bo„yicha quyidagi 27 guruhga 
bo„linadi: 
1. Maishiy kimyo tovarlari.


39 
2. Yoqilg‗i va yoritish materiallari.
3. Plastmassa va rezinadan yasalgan xo‗jalik mollari.
4. Shisha va kulolchilik xo‗jalik mollari.
5. Metalldan yasalgan xo‗jalik mollari.
6. Uy-xo‗jalik elektr tovarlari.
7. Qurilish materiallari.
8. Mebel va gilamlar.
9. Attorlik va yodgorlik buyumlari.
10. Zargarlik buyumlari va soatlar.
11. Atir-upa tovarlari.
12. Radioelektron apparatlari.
13. Kino, foto tovarlari.
14. Muziqa tovarlari.
15. Transport vositalari.
16. Sport tovarlari.
17. Kontselyariya va maktab - o‗quv tovarlari.
18. Kitoblar va tasviriy san‘at mahsulotlari.
19. Uyinchoqlar.
20. Zootovarlar.
21. Gullar va ko‗chatlar.
22. Dorixona mollari.
23. To‗qima tovarlar.
24. Tikuv tovarlari.
25. Trikotaj buyumlari 
26. Poyafzal 
 
27. Mo‗yna va po‗stin buyumlari.
Bu turkumlashga asosan magazinlarda savdo-sotik ishlari, o„quv 
yurtlarida darslar olib boriladi. Uning dastlabki 22 tasi madaniy va xo„jalik 


40 
mollariga kiradi, qolgan 5 tasi esa kiyim-kechak va poyafzal tovarlari deb 
yuritiladi. Guruhlarning nomida "tovar", "buyum" va "material" so„zlari 
ishlatilyapti. Odatda donabay tovarlarga nisbatan "buyum" va o„lchab 
sotiladigan tovarlarga nisbatan "material" atamasi ishlatiladi. Aralash guruh 
bo„lsa, "mol" yoki "tovar" so„zi ishlatish maqsadga muvofiqdir. shuningdek 
"apparat" 
so„zi 
texnik 
murakkab 
tovarlarga 
nisbatan 
ishlatiladi. 
Tovarshunoslikda energiyani bir holatdan boshqa holatga aylantira oladigan 
apparatlarga nisbatan "asbob" so„zi ham ishlatiladi. Elektr energiyani mexanik 
energiyaga aylantira oladigan yirik gabaritli asboblar esa "mashina" deyiladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə