O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 5 . Is te ‘mo l to va rla rini ng turk umla n is h i va



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

1 . 5 . Is te ‘mo l to va rla rini ng turk umla n is h i va
a s s o rtime nti
Tovarlarni tasniflash (klassifikatsiya
3)
- bu ularni biror bir umumiy 
belgilariga bog„liq holda kategoriyalarga, darajalarga taqsimlab chiqishning 
mantiqiy jarayonidir. Tasniflash inson faoliyatining barcha sohalarida muhim 
ahamiyatga egadir. Fanda u tadqiqotlar natijalarini umumlashtiradi va tartibga 
soladi hamda ilmiy izlanuvchanlikning muhim vositasi hisoblanadi. 
Tovarshunoslikda tovarlar, ularning xususiyatlari, sifat ko„rsatkichlari 
kabilar tasniflanadi. Bugungi kunda bozorda o„n minglab nomdagi tovarlar 
mavjuddir, ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida esa ularning nomenklatura
4
si 
yanada kengayib bormoqda. 
Ko„pdan-ko„p ashyolarni biron umumiy alomatiga ko„ra guruhlar, sinflar 
va boshqa bo„linmalarga taqsimlash tasniflash deyiladi. Mahsulotni birgina 
alomatiga ko„ra tartibga solish guruhlash deyiladi. Odatda tasniflash oddiy 
guruhlashdan farq qiladi va o„zaro bog„langan bir necha taqsimot bosqichlari 
bo„ladi. Bir-biriga muayyan tarzda bo„ysinishgan bo„linmali mahsulotni 
tasniflash yo„li 
ierarxik
tartibga solish deyiladi. 
Sanoat mahsulotlarining asosiy tasniflash alomatlari quyidagilardir: kelib 
chiqishi (qora metallurgiya, mashinasozliq kimyo sanoati, neftni qayta ishlash 
sanoati va hakazolar); ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvi (xom ashyo, asosiy 
va yordamchi materiallar, yoqilg„i hamda elektr energiyasi va boshqalar); 
vazifasi (flyuslar, dizel yoqilg„isi, sovutuvchi suyuqliklar, payvand elektrodlari 
va h.k.). Ishlab chiqarish-texnik ahamiyatidagi mahsulot shakli, kattaligi va 
boshqa alomatlardan iborat tabiiy holatiga ko„ra ham tasnif qilinadi.
Mahsulot sarfini hamda mahsulot zahiralarini me‟yorlashtirishda, moddiy 
texnika ta‟minoti rejalarini ishlab chiqishda, milliy iqtisodiyotni moddiy 
resurslar bilan ta‟minlash holatini nazorat etib turishda va boshqa ishlarda ana 
3
Lotincha classis-razryad, fasere-qilmoq, amalga oshirmoq. 


35 
shu tasnifikatordan foydalaniladi. Kodlashtirish natijasida mahsulot nomlariga 
shartli belgilar (kodlar, shifrlar, nomenklatura nomeri) qo„yiladi, bu narsa 
murakkab 
nomlardan 
qochishga, 
iqtisodiy 
axborot 
ishlab 
chiqishni 
avtomatlashtirishga imkon beradi. 
Assortiment-
bu iste‟mol, savdo yoki ishlab chiqarishdagi aniq bir 
belgilariga mos holda birlashtirilgan har xil ko„rinishdagi, turdagi tovarlarning 
majmuasidir. Assortiment tovarni tavsiflovchi muhim ko„rsatkichlardan biri 
hisoblanadi. Sanoat va savdo assortimentlari farqlanadi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə