O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Tekshirishning kimyoviy usuli

Bu usul yordami bilan oziq-ovqat 
mahsulotlari tarkibida uchraydigan va ularning sifat ko„rsatkichlarini 
belgilaydigan moddalarning miqdori aniqlanadi. Bu ular asosida esa oziq -ovqat 
mahsulotlarini saqlaganda va tashiganda bo„ladigan o„zgarishlarni bilish 
mumkin. Mahsulotlarning sifatini belgilaydigan kimyoviy ko„rsatkichlarni 
aniqlash usullari maxsus standartlarda ko„rsatilgan bo„ladi.
Tekshirishning mikrobiologik usuli. 
Bu usul oziq-ovqat mahsulotlarining 
mikroorganizmlar bilan ifloslanganlik darajasini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mikroorganizmlarning standart darajasidan 


30 
ko„pligi va ularda kasallik keltiruvchi bakteriyalarning bo„lishi mahsulotlarni 
saqlash uchun belgilangan joylar iflos tutilishidan va ularni saqlash hamda 
tashishda sanitariya qoidalariga rioya qilinmasligidan dalolat beradi. Oziq -ovqat 
mahsulotlari ustidan olib boriladigan mikrobiologik nazorat aholi bo„limlarida 
sanitariyaga oid va epidemiyaga qarshi butun ishlarni tashkil qiladigan va 
o„tkazadigan asosiy muassasa sanitariya-epidemiologiya stantsiyalari (SES) 
orqali amalga oshiriladi.
Tekshirishning tovarshunoslik-texnologik
 
usuli

Bu usul bilan oziq-
ovqat va qishloq xo„jalik mahsulotlarining qayta ishlashga yoki uzoq saqlashga 
yaroqli yoki yaroqsizligi aniqlanadi. Masalan, mevalar navlarining murabbolar 
tayyorlashga yaroqli yoki yaroqsizligini bilish uchun avvalo ulardan 
tajribaxonada kichik hajmda namunalar tayyorlanadi va shu asosda ma‟lum bir 
ho„losaga kelinadi. 
Sifat ko„rsatkichlarining sonli kattaliklari o„lchash (laboratoriyada), 
ro„yxatga olish, hisoblash, organoleptik, ijtimoiy va ekspertlash usullari bilan 
aniqlanadi. 
O„lchash usuli turli asbob-uskunalar, reaktivlar va o„lchashning boshqa 
texnik vositalari yordamida amalga oshiriladi. 
Ro„yxatga olish usuli aniq bir predmetni yoki xarajatni kuzatish va 
hisoblab borishga asoslangan (ma‟lum davr oralig„ida televizorning necha marta 
ishlamay qolishi, bir partiyadagi mahsulotlarda nuqsonliklarining soni kabilar). 
Hisoblash usuli ma‟lum bir xususiyat ko„rsatkichini nazariy va emperik 
bog„liqliklar asosidagi boshqa xususiyatlar ko„rsatkichlari yordamida 
hisoblashni ko„zda tutadi. Masalan, po„latning qattiqlik ko„rsatkichi bo„yicha 
uning tortish kuchiga nisbatan mustahkamligi aniqlanadi. 
Organoleptik usulda esa kishining sezish organlari yordamida tovarning 
xos sifat ko„rsatkichi aniqlanadi (ko„rish, eshitish, hid bilish, his qilish, ta‟m 
bilish kabilar orqali). Bunda sifat ko„rsatkichlari odatda ballarda hisoblanadi. 


31 
Ijtimoiy usulda tovarning sifati tovar haqida iste‟molchilar bildirgan fikr-
mulohazalar asosida baholanadi. Bunday baholash iste‟molchilar o„rtasida 
og„zaki so„rovlar o„tkazish orqali, savolnomalar tarqatish orqali, turli 
ko„rgazmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. 
Tovarlar sifatini baholashning ekspert usulidan asosan ularning estetik, 
ergonomik talablarga qanchalik mos kelishini baholashda foydalaniladi. U 
organoleptik usulga o„xshash, faqat bu usulda proessional ekspertlar yoki 
ekspertlar guruhi ishtirok etadi va baholash ancha ob‟ektiv bo„ladi.
Sifatni baholash deganda mazkur tovarning iste‟molchi ehtiyojlariga 
qanchalik mos kelishini aniqlash tushuniladi. Biroq amalda ehtiyojni son bilan 
belgilash, aniqlash ancha mushkul. Shu sababdan sifat darajasi o„rnatiladi. 
Sifat darajasi (S
d
)- bu baholanayotgan mahsulot sifatini (U) negiz 
mahsulot sifatiga (U
n
) nisbatidir: 
н
d
U
U
S
Bunda albatta negiz mahsulot sifati ehtiyojni to„laroq qondiradi deb 
hisoblanadi. Sifat darajasini baholash sifatni rejalashtirish uchun, mahsulot 
bahosini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga egadir. 
Negiz (etalon) tovar sifati ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari natijasida, 
ehtiyojlarning o„zgarib borishi natijasida doimiy ravishda o„zgarib boradi. 
Tovar sifati darajasini baholashning yuqoridagi usuldan tashqari 
differintsiallangan usuli, kompleks usuli va aralash usullari mavjud. 
Tovar sifatini nazorat qilish- uning sifat ko„rsatkichlarining me‟yoriy-
texnik talablarga, standartlarga mos kelish darajasini aniqlashdir. Standartlar va 
texnik shartlar tovarning funktsional, ergonomik ko„rsatkichlarini, uning 
ishonchliligi, xavfsizligini, tashqi ko„rinishiga qo„yiladigan talablarni, tovarning 
navini, tovarni markalash, o„rash-joylash tartibini, tashish va saqlash shartlarini 
belgilab beradi. 


32 
Tovar navlari- bir-biridan sifat ko„rsatkichlari (bir yoki bir nechta) bilan 
farq qiladigan tovarlardir. Masalan chinni buyumlar rangining tiniqligi, ishlov 
berish va bezash darajasi kabi ko„rsatkichlar bo„yicha navlanadi. 
Texnik jihatdan murakkab bo„lgan tovarlar odatda navlarga ajratilmaydi, 
ular yaroqli va yaroqsiz tovarlarga ajratiladi. 
Tovar sifati nazorat asosan korxonada amalga oshiriladi. Bu vazifa unga 
ma‟sul bo„lgan texnik nazorat bo„limi (TNB) tomonidan amalga oshiriladi va u 
quyidagi bosqichlardan iboratdir: kirish nazorati- xom ashyo, materiallar 
sifatining nazorati, operatsion nazorat- ishlab chiqarish jarayonida texnologiyaga 
to„liq rioya etilishining nazorati, qabul qilish nazorati- tayyor mahsulotni 
sifatning barcha kattaliklari bo„yicha qabul qilish va markalashdan iborat 
bo„ladi. 
Tovar sifati vakolatli davlat mussasalari tomonidan, ulgurji xaridorlar
vositachilar, chakana savdo korxonalari tomonidan ham nazorat qilinadi. 
Nazoratning bunday turli-tumanligi iste‟molchiga yaroqsiz mahsulot kelib 
qolishining oldini oladi. Shuningdek raqobat darajasining oshib borishi ham 
tovar sifatining avvalo ishlab chiqaruvchining o„zi tomonidan qattiq nazorat 
qilinishini ta‟minlaydi, chunki ishlab chiqaruvchi sifati past mahsulot bilan 
o„zining bozordagi obro„-e‟tiboriga putur etkazishdan, iste‟molchilarini yo„qotib 
qo„yishdan hech ham manfaatdor emas. 
Tovar sifatini boshqarish deganda etarli darajadagi sifatni o„rnatish, 
ta‟minlash va qo„llab-quvvatlab turish maqsadida tovarni yaratish, undan 
foydalanish va iste‟mol qilish jarayonida amalga oshiriladigan harakatlar 
yig„indisi tushuniladi. 
Bugungi kunda sifat menejmenti tizimi degan tushuncha mavjud bo„lib, u 
pirovard natijada sifatga erishish maqsadida korxonaning butun ishlab chiqarish-
xo„jalik faoliyatini boshqarishni bildiradi. 
Zamonaviy 
shart-sharoitlarda 
sifat 
tizimiga 
beriladigan 
sertifikat 
iste‟molchilar bilan mahsulot etkazib berish bo„yicha tuziladigan shartnomalar 


33 
uchun va bozorda raqobat ustunligini ta‟minlab beruvchi hal qiluvchi omil 
hisoblanadi. 
XX asrning 70-80 yillaridan boshlab sifatni nazorat qilish tizimidan sifat 
menejmenti tizimiga o„tila boshlandi (TQM). O„sha vaqtlarda bir nechta xalqaro 
sifat tizimlari yuzaga kela boshladi va ISO 9000 tizimi (1987 yilda joriy 
qilingan) sifatni ta‟minlash va boshqarishda etakchi mavqega ega bo„lib qoldi. 
ISO- standartlashtirish bo„yicha xalqaro tashkilot bo„lib, unga 1947 yilda 
Jeneva shahrida asos solingan. 
Respublikamiz mustaqil davlat bo„lgandan buyon bizning sanoat 
korxonalarimiz, bank, sug„urta kompaniyalarimiz kabilar uchun ISO 9000 
standarti sertifikatiga erishish muhim masala bo„lib qoldi. Bugungi kunda har 
yili o„rtacha 10-25 ta tovar va xizmatlar ushbu sertifikatlarni olishga 
erishmoqda. 


34 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə