O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Tariq yormasi

Tariq doni sarg„ish, qizil yoki kul rang po„st bilan 
qoplangan. Donning yadrosi unli yoki shishasimon tuzilishda bo„ladi. Tariq doni 
murtagida 4-6% tez achiydigan yog„ bor, shu tufayli dondan yorma tayyorlashda 
murtagi olib tashlanadi. Tariqdan silliqlangan so„k olinadi. Silliqlangan so„k, gul 
po„sti, murtak va qisman meva hamda urug„lik qobig„idan holi bo„lgan tariq 
yadrosidir. U sifatiga qarab, uch navga bo„linadi: oliy, 1-va 2-navlar. Oliy nav 
so„kda kamida 99,2%, 1-navida 98,7% va 2-navida 98% yaxshi sifatli yadro 
bo„ladi. Silliqlangan so„k o„rtacha tuyimli, kulinariya fazilati baland 
hisoblanadi, saqlanganda tez achiydi. Uzoq saqlashga mo„ljallangan barcha 
navdagi so„kning namligi ko„pi bilan 14%, bir oygacha saqlashga mo„ljallangan 
so„kning namligi esa 15% bo„lishi lozim.
Arpa yormasi

Arpaning kuzgisi va bahorgisi bo„ladn. Arpa doni odatda, 
po„stli, ba‟zan po„stsiz ham bo„ladi. Xo„jalikda ishlatilishiga qarab, arpa ozuqa-
embop, pivobop va yormabop turlarga bo„linadi. yormabop arpa doni yirik, 
yupqa gul po„stli bo„lib, unda oqsil modda ko„p bo„ladi. Yuqori sifatli yorma 
ikki qatorli arpadan olinadi. U sariq rangda va shishasimon tuzilishda bo„ladi. 
Arpadan ikki turli yorma ishlab chiqariladi: arpa yormasi hamda perlovka 
yormasi.
Arpa yormasi
arpa donining po„sti va qisman meva qobig„idan tozalab, 
turli formada tuyilganidir. U silliqlanmaydi. yorma donasining yirik-
maydaligiga qarab, uch raqamga bo„linadi. Arpa yormasida kamida 99,0% 
yaxshi sifatli yadro bo„lishi lozim. Arpa yormasining namligi ko„pi bilan 15% 
bo„ladi.
Perlovka yormasi
po„sti, meva va qisman urug„lik qobig„i olib 
tashlangan, yaxshi silliqlangan, yumaloq formadagi, sirti silliq, butun yoki 
yanchilgan arpa yadrosidir. Donasining yirik-maydaligiga qarab, perlovka 
yormasi besh raqamga bo„linadi (eng yirigi 1, eng maydasi 5). Perlovka yormasi 
qancha mayda bo„lsa, uning sifati shuncha yaxshi bo„ladi. Perlovka yormasining 


46 
namligi 15% dan oshmasligi lozim. Unda kamida 99,6% yaxshi sifatli yadro 
bo„ladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə