Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo‘lishi. Reja



Yüklə 498,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü498,45 Kb.
#144732
  1   2   3   4   5   6
Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo.



Chang donasining vegetativ va generativ 
xujayrasini hosil bo‘lishi. 

Reja: 
1. Vegetativ va generativ xujayraning sitokimyosi. 
2. Vegetativ generativ xujayraning vazifasi. 
3. Spermiogenez. 
4. Chang donasi pustiningtuzilishi. 
5. Otalik gametofitining evolyusiyasi. 
6. Meyozning zigota, gameta va spora tipi. 
7. Xulosa 
8. Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Generativ va vegetativ hujayralarning hosil bo‘lishi. 
Bir yadroli chang 
donasining bo‘linishi mitoz usulida amalga oshadi (2-rasm. s-щ; 4,a). Bo‘linish 
urchuqlari metafazada, chang donasini po‘stiga nisbatan ko‘ndalang holda 
joylashadi. Bo‘linish urchug‘ining bir tomoni chang donasining po‘sti yaqinida
ikkkinchi tomoni sitoplazma yuzasiga yaqin, vakuola yonida joylashadi. Bo‘linish 
urchug‘ining po‘stiga yaqin ko‘ndalang joylashganligi tufayli hujayrani ikkiga 
bo‘ladigan yassilik bitta hujayra uchun sitoplazmaning oz qismini, sitoplazmaning 
qolgan qismi ikkinchi boshqa hujayrani hosil qiladi (4-rasm.b-g). Buning natijasida 
bir yadroli chang donasi teng qismlarga bo‘linmaganligidan turlicha kattalikdagi 
ikkita hujayra hosil bo‘ladi. Kichkina hujayra generativ yoki spermatogen, katta 
hujayra esa vegetativ yoki sifonogen deb ataladi
Generativ hujayraning po‘sti hosil bo‘lishi bilan unda kalloza to‘plana 
boshlaydi. Bu jarayonda hujayrani chang donasidagi holati qat’iy belgilanadi. 
Generativ hujayraning po‘stida kalloz qisqa vaqt 12 soat mobaynida hosil bo‘ladi. 
Bu davrda generativ hujayra yumshoqlana boshlaydi, chang donasining po‘stidan 
ajaraladi, shundan so‘ng kalloza yo‘qoladi. Bu vaqtda generativ hujayraning po‘sti 
vegetativ hujayraning asl po‘stidan ajraladi
Chang donasini po‘stidan ajralgan generativ hujayra, uning o‘rtasiga o‘ta 
boshlaydi. Uning harakati davomida yumaloq ko‘rinishdan, dastlab oval, keyin 
cho‘ziq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Generativ hujayraning harakati va uni cho‘ziq 
shaklga kelishi mikronaylar vositasida ro‘y beradi. Generativ hujayrani chang 
donasini devoridan ajralishida mikronaylar uning po‘sti yaqinida zichlashadi, bir 
biriga parallel holda generativ hujayrani o‘qiga nisbatan har tomonidan o‘raydi. 
Chang donasi hosil bo‘lishining dastlabki davrida vegetativ va generativ 
yadrolar o‘zaro kam farq qiladi, ular yumaloq, Felgen reaksiyasini faol, namoyon 
qiladi Interfazaning boshlanish davrlarida vegetativ va generativ yadrolarda 
xromatin ingichka uzun tolalar ko‘rinishida bo‘ladi. Chang donasi rivojlanib 
borgan sari yadroning tuzilmalari o‘zgarib, o‘zaro farqlanadigan holga keladi . 
Generativ hujayra chang donasini o‘rtasiga surilishi davrida yadrodagi xromatin 
tig‘izlashadi. Yadroni o‘lchami kichiklashadi va u yo‘qola boshlaydi. Vegetativ 


yadrodagi o‘zgarishlar aksincha, xromatinni siyraklanishi bilan sodir bo‘ladi. 
Vegetativ yadro aniq shaklini yo‘qotadi, xromatin iplar dekondensatsiyalanib
yadrocha yo‘qoladi. Chang donalarining rivojlanishi tamaki, liliya, piyoz, 
tradeskansiya kabi ayrim o‘simliklarda vegetativ va generativ hujayrani hosil 
bo‘lishi bilan tugaydi. 

Yüklə 498,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə