Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo‘lishi. Reja


Tamaki o‘simligida chang donasining bosqichma bosqich rivojlanishi



Yüklə 498,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü498,45 Kb.
#144732
1   2   3   4   5   6
Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo.

. Tamaki o‘simligida chang donasining bosqichma bosqich rivojlanishi
gx 
–generativ ho‘jayra,
 
vx
–vegetativ hujayra. 
Etilgan chang donalari urug‘chining tumshuqchasiga tushganda, u erda 
unib, chang nayini hosil qilgunga qadar ikki hujayraligicha qoladi. Generativ 
hujayra chang nayiga o‘tgandan keyin bo‘linishi natijasida ikkita otalik gameta 
spermiylar hosil bo‘ladi. Shuning uchun ikki hujayrali chang deyiladi (6-rasm,7). 
Boshoqdoshlar, murakkabguldoshlar kabi boshqa oila vakillarida generativ 
hujayrani bo‘linishi va spermiylarni hosil bo‘lishi changdon ichida hosil bo‘ladi ( 
n-s
; 6, 1-8). Bunday holatda otalik gametofiti uch hujayrali bo‘lib, uch hujayrali 
chang deyiladi (, 
s
.; 6, 9).
Vegetativ va generativ hujayralarning ultratuzilishi o‘simlikning boshqa 
hujayralaridan farq qilmaydi, lekin ularning sitoplazmalaridagi organellalarning 
soni va ularni rivojlanganlik darajasi bilan farq qiladi (7-rasm). Vegetativ 
hujayraning sitoplazmasida donador va silliq endoplazmatik to‘r yaxshi 
rivojlangan bo‘lib, yadro bilan bog‘langan va plazmolemma bilan aloqada bo‘lishi, 


shuningdek plastidlarning (leykoplastlar amiloplastlar) yaxshi rivojlangan 
lamellari, diktiosomalar, mitoxondriylar, lizosomalar, lipid globulalari ham 
ko‘pligi bilan xarakterlanadi. 
Generativ hujayraning sitoplazmasida ayrim organellalarni soni, yetarli 
darajada shakllanmaganligi, plastidalar, zahira moddalar ozligi bilan vegetativ 
hujayradan farq qiladi. Generativ hujayraning po‘stidan kalloza yo‘qolib 
ketganidan keyin plazmolemma qoladi holos. Plazmolemma yuzasida mikronaylar 
joylashadi. 
Vegetativ va generativ hujayralarning sitokimyosi.
Chang donasi 
rivojlanib borish jarayonida bir qator sitokimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi, bu 
holat vegetativ va generativ hujayralarda bir xilda ro‘y bermaydi. Chang donasini 
etilib, rivojlanib borish jarayonida uning yadrosidagi nuklein kislotalar va 
oqsillarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarib boradi va o‘zaro farq qiladi.
Generativ hujayraning yadrosida DNK sintezi ro‘y berib, chang donasini 
etilish davriga kelganda uning miqdori ikki barobar ortadi. DNK ikki bosqichda 
sintezlanadi. Dastlabki bosqich generativ hujayra chang donasini markaziga 
yo‘nalayotgan davrida amalga oshadi. Bu davrda generativ yadro yumaloqlashadi, 
undagi xromatinlar o‘zaro zich joylashadi, yadrocha kichiklashadi. Sintezning 
ikkinchi bosqichida generativ hujayraning yadrosi oval shaklidan cho‘ziq 
ko‘rinishga keladi. Bu davrda yadrocha yo‘qoladi. Yadroning ko‘rinishi 
urchuqsimon holga kelganda DNK sintezi to‘xtaydi. 
Generativ hujayra yadrosidagi DNK sintezi uzoq davom etadi. Agar 
interfazaning davom etishi 100% belgilanganda (S)- sintez davri turli o‘simliklarda 
55-61% gacha; (G
2
) postsintetik sintez tugagandan keyingi davr 29-33% gacha; 
(G
1
) presintetik qisqa davr hisoblanib 10-16% davom etadi. Vegetativ hujayraning 
yadrosidagi DNK sintezi haqida tadqiqotchilar turlicha fikr bildiradilar. Bir guruh 
olimlar yadroda DNK miqdorining ortib borishini kuzatmaganlar boshqalari esa 
DNK miqdorini 2Sgacha ortganligini kuzatgan. 
Vegetativ hujayraning yadrosini hosil bo‘lishi bilanoq, undagi RNK miqdori 
orta boshlaydi. Chang donasining shakllanish davrida RNKning jadal sintezi ro‘y 


beradi. Shunisi diqqatga sazovorki, chang donasi etilishining turli davrlarida RNK 
turlari hosil bo‘ladi. Chang donasining ikki hujayrali bosqichida, vegetativ 
yadrodagi yadrocha aniq ko‘rina boshlaganda, ribosomal RNK sintezi jadal ro‘y 
beradi, shuningdek xromatindagi RNK soni ham ortadi. Bu vaqtda RNKni 
vegetativ yadrodan sitoplazmaga o‘tishi kuzatiladi. Keyinchalik, vegetativ 
yadroda, yadrocha o‘lchami kichrayishi bilan RNKning miqdori yadrochada va 
yadroda kamayadi, aksincha sitoplazmada RNK miqdori 50% ga ortadi.
Generativ hujayra rivojlanishining dastlabki davrlarida yadrochada RNK 
miqdori ko‘p bo‘ladi. Generativ hujayraning rivojlanish jarayonida yadrochada esa 
RNK miqdori doimiy kamayib boradi. Generativ hujayra shakllanishi bilan uning 
yadrosida RNK sintezi to‘xtaydi va yadrocha ko‘rinmay qoladi. 
Vegetativ hujayrada RNK sintezi ro‘y berishi bilan bir vaqtda oqsil sintezi 
ham boshlanadi. Vegetativ hujayradagi oqsilning asosiy qismi generativ hamda 
somatik hujayralardagi oqsildan kimyoviy jihatidan farq qiladi. Vegetativ 
hujayrada asosan, nordon oqsillar sintezlanib, gistonli oqsillar sintezi kuzatilmaydi 
va ularning miqdori 1Sga teng bo‘lib, o‘zgarmas bo‘ladi. 
Vegetativ hujayraning yadrosidagi yadrochani erishi, xrom
o
somadagi 
oqsillar miqdorini kamayishi, sitoplazmatik oqsillarning miqdori 72% gacha ortishi 
kuzatilgan. Generativ hujayrada DNK sintezi bilan birga arginin va lizinga boy 
gistonli oqsillar va boshqa turdagi oqsillar sintezlanadi. Hosil bo‘layotgan 
deziksiribonukleoproteidlar RNK sintezini barqaror tarzda ro‘y berishini ta’minlay 
olmaydi. Buning natijasida genomda faollik susayadi. 
SHunday qilib, chang donasidagi vegetativ va generativ hujayralarning 
yadrolari va sitokimyosi o‘zaro farq qiladi. Generativ hujayraning yadrosida 
xromatin ancha zichlashgan, DNK soni va asosiy oqsillar ikki marta ko‘p bo‘ladi. 
Vegetativ hujayraning yadrosidagi xromatin esa diffuz holda tarqoq, RNK va 
nordon oqsillar ko‘p sintezlanadi. 

Yüklə 498,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə