Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo‘lishi. Reja


Chang donasi rivojlanishidagi anomal o‘zgarishlar



Yüklə 498,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix11.12.2023
ölçüsü498,45 Kb.
#144732
1   2   3   4   5   6
Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo.

Chang donasi rivojlanishidagi anomal o‘zgarishlar. 
Agar o‘simlik o‘zi 
uchun qulay bo‘lgan sharoitda o‘sayotgan bo‘lsa, gibrid bo‘lmasa, fertil – 
hayotchan chang donalari hosil bo‘ladi. Tashqi muhitning o‘simlik uchun noqulay 
bo‘lgan omillari – havo va tuproq haroratini keskin ortishi yoki sovishi, namlikni 
oz-ko‘pligi, shuningdek o‘simlikka ta’sir etadigan kimyoviy reagentlar, ionlashgan 
nurlar, chang donalarini bir me’yorda rivojlanishini izdan chiqaradi. Bu holat 
avvalo chang donasining hosil bo‘lishining dastlabki davri meyozda hamda 
keyinroq generativ hujayraning bo‘linishi, spermiylarning hosil bo‘lish davrida 
ham sodir bo‘ladi. 
Meyoz bo‘linishdagi o‘zgarishlar xromosomalarni qutblarga yo‘nalishining 
bir vaqtda va bir me’yorda ro‘y bermasligi, ayrim xromosomalarni sitoplazmada 
qolishi, buning oqibatida qo‘shimcha kichkina - mikroyadrolarni hosil bo‘lishiga 
olib keladi. Bularning har biri alohida hujayraga o‘tishi natijasida tetrada o‘rnida 
pentadalar, geksadalar, oktadalar va sh.k. hosil bo‘ladi. 
Anomal o‘zgarishlarning boshqa holatlarida bir hujayrada bir nechta yadro 
bo‘lganda ko‘p yadroli chang donasi hosil bo‘ladi. Bunday tarzda yuzaga kelgan 
chang donasi odatda fertil bo‘lmaydi. U rivojlanishning dastlabki davrlaridayoq 
rivojlanmay yo‘q bo‘lib ketadi. Kamdan kam hollarda ko‘p yadroli chang donasida 
bir necha spremiylar hosil bo‘lsa ham, bunday chang donasi steril sifatsiz bo‘ladi. 
Bir qator holatlarda generativ hujayraning bo‘linishi oldidan ta’sir ettirilgan 
ionlangan nurlarning katta dozasi uning degeneratsiyasiga sabab bo‘ladi. 
Chang donasini rivojlanishidagi anomaliya (o‘zgarish)lar tashqi muhitning 
o‘simlik uchun noqulay omillarining ta’siriga, shuningdek genetik sabablar ham 


bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda gibrid, poliploid va apomiktik 
o‘simliklarda sodir bo‘ladi. Bu holat meyoz bo‘linishdagi xromosomalarning qayta 
taqsimlanishidagi o‘zgarishlar tufayli ro‘y beradi. 
Chang donasini anomal shakllanishi changdonni rivojlanishidagi buzilishlar 
natijasida erkak sterillikda ham namoyon bo‘ladi. Bunday buzilishlarning xarakteri 
mazkur o‘simlikning genotipi bilan bog‘liq va u changdonni ochilmay qolishi 
natijasida chang donalarida regeneratsiya sodir bo‘lishi yoki changchi ipini 
degeneratsiyasi tufayli bo‘ladi. 


Xulosa 
Sterillik chang donalarida tetrada mikrospora hosil bo‘lgandan keyin 
boshlanib, u sinxron-bardavom ro‘y bermasligidan boshlanadi. CHang 
donalarining regeneratsiyasiga doir belgilar ilgariroq, boshqalarida kechroq 
boshlanadi. Bir yadroli chang donalarining sitoplazmasida vakuolanish kuchayib, 
mayda vakuolalar birlashmaydi, sitoplazma ko‘piksimon ko‘rinishni hosil qiladi. 
Bu holatlar chang donasining fertilligini yo‘qolishiga olib keladi. 
Otalik gametofitning evolyusiyasi. Bu sohaning mutaxassislarida ikkita 
nuqtai nazar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilarning fikricha
,
gulli o‘simliklardagi 
otalik 
gametofit 
o‘ta redutsirlangan anteridiy undagi ikkita spermiy 
spermatozoidlarning gomologlaridir. Vegetativ hujayra va chang nayi anteridiy 
devorini gomologi deb hisoblaydi. 
Ikkinchi nuqtai nazarga ko‘ra, gulli o‘simliklarning gametofiti o‘ta 
soddalashganki, uni anteridiy bilan taqqoslash mumkin emas. Hujayra va 
yadroning bo‘linishlari otalik gametofitning shakllanishida saqlanib, u ikki marta 
bo‘linadi holos. Bu bo‘linishning birinchisida vegetativ va generativ hujayralar 
hosil bo‘ladi. Ikkinchi bo‘linishda esa generativ hujayradan ikkita spermiy hosil 
bo‘ladi degan xulosaga kelishgan.
Biz yuqorida voyaga etgan otalik gametofiti ikki va uch hujayrali bo‘lishini, 
kuzatdik. Ulardan ikki hujayralisi ko‘p uchraydi. U yoki bu tipdagi changlarni 
bo‘lishi ko‘plab oilalarga mansub o‘simliklarda doimo uchraydi. SHu boisdan u 
sistematik belgi sifatida qabul qilingan. Biroq ayrim oilalarga mansub 
o‘simliklarda har ikkala tipdagi otalik gametofit uchrashi, filogenetik jihatidan ikki 
hujayrali otalik gametofit, primitiv belgi hisoblanib, uch hujayrali otalik gametofit 
ancha progressiv deyiladi, u tuzilishi jihatidan yuksak darajali o‘simliklarga xos 
belgi hisoblanadi. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1. V.M. Pakulova, V.I. Kuznetsova. Metodika prepodavaniya prirodoveniya. 
Moskva ... Prosveshenie. 1990. 
2. A.G. Grigoryants. Tabiatshunoslikn o’qitish. Toshkent “O’qituvchi”. 1992 yil. 
3. 
www.ziyonet.uz
  
 

Yüklə 498,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə