Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo‘lishi. Reja



Yüklə 498,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü498,45 Kb.
#144732
1   2   3   4   5   6
Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 Chang donachasi spermiogenezi Triticale (1-9)
da izoh keltirilgan; sp-spermiy

Ayrim o‘simliklar turlarida spermiy kichkina, boshqalarida biroz kattaroq, 
uchinchilarida undan ham kattaroq bo‘lishi kuzatilgan. Spermiylar shakliga ko‘ra 
yumaloq, ellips, o‘roqsimon, chuvalchangsimon kabi ko‘rinishlarda bo‘ladi. 
Spremiylar hosil bo‘lishidan boshlab etilgunga qadar, shakli o‘zgarib boradi. 
Odatda ular hosil bo‘lishining boshlang‘ich davrida yumaloq yoki oval ko‘rinishga 
ega bo‘lib, rivojlanish davrining oxirida esa, shu turning o‘simligiga xos shaklga 
kiradi.
Spermiylarning xususiy sitoplazmasini mavjudligi yoki uni butunlay yo‘qligi 
haqidagi masala uzoq yillar davomida munozarali bo‘lgan. Shu boisdan bu borada 
ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bir qator o‘simliklar arpa, lavlagi, g‘o‘za 
spremiylarini elektron mikroskoplarda o‘rganishning natijalariga ko‘ra, spermiy 
o‘zining sitoplazmasiga egaligini ko‘rsatgan. Tuzilishida generativ hujayraning 
sitoplazmasidan farq qilmasligi aniqlangan. 
Spermiy generativ hujayraning mitoz bo‘linishidan hosil bo‘lishiga qaramay, 
u turlicha sifat belgilarga ega ekanligi ma’lum bo‘lgan. Bu borada birinchi bo‘lib 


S.G.Novashin spermiylarning turli sifatlarga egaligi haqida fikr bildirgan. U har 
ikkala spermiy bir birini aynan ko‘zguda ko‘ringaniday, huddi o‘ng va chap qo‘l 
barmoqlarini ko‘rinishiday deb izohlagan. Spermiylar morfologiyasidagi 
farqlarning hosil bo‘lishi, generativ hujayraning bo‘linishida ya’ni anafazada 
xromosomalarni o‘zaro ajralishidan boshlanadi.
Keyinchalik, spermiylar morfologiyasidagi farqlar, sifat belgilari bo‘lgan, 
yadroning kattaligi va sitoplazmaning turlicha miqdorda bo‘lishi aniqlandi. 
Spermiylardagi farqlar generativ hujayraning yadrosini bo‘linish davrida uning bir 
tomoniga siljigan bo‘lishi, spermiylarni bittasi sitoplazmadan ko‘proq qismini 
olganligi sababli kattaroq ko‘rinishga, ikkinchisi esa kichikroq bo‘ladi. Generativ 
hujayraning bo‘linishi chang nayida ro‘y bersa, oldingi spermiy doimo kichik 
bo‘lishi kuzatilgan. 

Yüklə 498,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə