O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Qora bug‗doy yormasi. 
Qora bug„doy uch qirrali formada, murtagi 
yirik, jigar rang va serpo„st dondir. U temir, fosfor, kaltsiy, V
1
,
V
2
, RR 
vitaminlarga boy bo„lib, yorma tayyorlanadigan eng yaxshi ekinlardan biridir. 
Qora bug„doydan yorma va oqshoq olinadi. Qora bug„doy yormasining barcha 
turi xiyla qimmatli yormalar qatoriga kiradi, chunki uning o„ta tuyimliligi, 
ajoyib ta‟mi va yaxshi hazm bo„lish xususiyatlari bor.
Yorma
qora bug„doyning mevali qobig„idan tozalangan donidir. Sifatiga 
qarab, yorma ikki navga bo„linadi. 1-navida yormada kamida 99,2%, 2 - navida 
esa 98,3% yaxshi sifatli yadro bo„ladi. 
Qora bug‗doy oqshog‗i
qora bug„doyning 
mevali qobig„idan tozalangan, yanchilgan qora bug„doy yadrosidir. U navlarga 
bo„linmaydi. Unda kamida 98,3% yaxshi sifatli yadro bo„lishi lozim. Kundalik 
iste‟molga mo„ljallangan qora bug„doy yormasi namligi 14% dan, uzoq 
saqlanadigan yorma namligi esa 13% dan oshmasligi lozim.
Sholi
.
Sholi po„st bilan qoplangan bo„ladi. sholi oqlangandan keyin hosil 
bo„ladigan guruch esa shishasimon yaltiroq yoki sal yaltiroq hamda unli bo„ladi. 
Yaltiroq va sal yaltiroq turlari yaxshi hisoblanadi, chunki u qaynatilganda 
elimsimon massaga aylanmaydi. Ishlov berilishiga qarab, guruch silliqlangan, 
yaltiratilgan guruch va oqshoqka bo„linadi.
Silliqlangan guruch
gul pardalardan, mevali va urug„lik po„stlari hamda 
ko„pincha murtaklaridan tozalangan sholi donidir. Uning sirti oq, g„adir-budur 
bo„lib, un bilan qoplangan bo„ladi. Silliqlangan guruch uch navga bo„linadi: 
oliy, 1-va 2-navlar. Oliy navda kamida 99,7%, 1-navda 99,2%, 2-navda esa 
98,7% yaxshi sifatli yadro bo„ladi. 
Yaltiratilgan guruch
silliqlangan guruchga 
sayqallovchi mashinada ishlov berish yo„li bilan hosil qilinadi. Uning sirti tekis, 
silliq, yaltiroq bo„ladi. Yaltiratilgan guruch uch navga bo„linadi. Oliy navda 
kamida 99,7, 1-navda
 
99,2, 2-navda- 98,7% yaxshi sifatli yadro bo„ladi.


47 
Oqshoq
barcha turdagi guruchlarni ishlab chiqarish jarayonida 
qo„shimcha mahsulot sifatida olinadi. U navlarga bo„linmaydi. Oqshoqda 
kamida 98,2% yaxshi sifatli yadro bo„ladi. Barcha tur va navdagi guruch 
yormasining namligi 15,5% dan oshmasligi lozim. Guruch yormasi yaroqsiz 
moddalar juda kam, yaxshi hazm bo„ladigan ozuqa mahsulotidir. Biroq oqsil va 
mineral moddalar hamda vitaminlar ozligi tufayli uning biologik qimmati 
kamdir.
Suli yormasi

Suli doni po„stli, oq, sariq yoki qora rangli dugsimon, 
ignasimon yoki noksimon formada bo„ladi. Suli donida, oqsil va kraxmaldan 
tashqari, yog„ ko„p, shu tufayli u o„ta to„yimli, biroq o„rtacha ta‟mi va yaxshi 
saqlanmasligi uning qimmatini pasaytiradi. Xo„jalikka mo„ljallanishiga qarab, 
suli ozuqa-embop hamda yormabop xillarga bo„linadi. yormabop sulidan 
bug„lanib silliqlangan butun yorma, yassilangan suli yormasi, suli parchalari 
hamda talqoni ishlab chiqariladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə