Maktabgacha ta'lim jurnali



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#143478
7298-Article Text-17632-1-10-20221209



Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
NUTQ FAOLIYATINING TURLARI VA O’RNI 
Xalilova Shahnoza 
Ochilova Oliya 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada nutq faoliyatining nafaqat pedagoglar, balki butun hayotimiz 
davomida tutgan o’rni haqida bayon qilingan.Nutq madaniyatining faqatgina nutqni 
egallash bilangina emas,balki undan to’g’ri foydalanish madaniyati ham asoslab 
o’tilgan.Pedagog faoliyatidagi nutq madaniyatiga qo’yiladigan talablar va ularning 
ahamiyati keng ko’lamda yoritib berilgan. 
Kalit so’zlar:
nutqiy qobiliyat,pedagogik mahorat,faol nutq,passiv nutq,pedagogik 
talablar,ahloqiy madaniyat,nutqiy taqlid
Odamlar bir-birlari bilan muloqotda kirishishi jarayonida muomalaning muhim 
vositalaridan biri tilga va nutq faoliyatiga bevosita murojaat qiladilar. Nutq inson 
faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan 
ajratib turadigaan ham nutq hisoblanadi. Nutq-tilning fikr ifodalash va almashish 
jarayonlarida amal qilishi,tilning alohida iltimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan 
yashash shakli. Nutq deganda uning og’zaki va yozma ravishda namoyon 
bo’lishidagi jarayonlar,ya’ni so’zlashish jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Nutq 
faoliyati aloqa jarayonining o’zidir, nutq faoliyati tushunchasi, bir tomondan, til 
vositalaridan foydalangan holda fikr almashish va shakllantirish, ikkinchi tomondan, 
til tuzilmalarini idrok etish va tushunishni o’z ichiga olgan o’zaro bog’liq 
harakatalardan iborat jarayonni tavsiflaydi. Nutq faoliyatining quyidagi turlari 
farqlanadi: faol nutq va passiv nutq.So’zlovchining nutqi faol nutq,tinglovchining 
nutqi passiv nutq hisoblanadi. Albatta,nutqning har ikkala turi ham muloqotda asosiy 
o’rnini tashkil qiladi.
Shaxsni har tomonlama barkamol qilib inson darajasida tarbiyalash nihoyatda 
murakkab jarayon hisoblanib,juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga 
jamiyatdagi yetuk shaxslar jalb etilgan. Bu holat kelajak avlod tarbiyasi, uning 
tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti,balki jamiyat taraqqiyotini ham 
belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar o’qitish 
shakllarda foydalaniladigan o’qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo’llashda, 


Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
ilmiy bilishga doir g’oyalar,nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tadbiq etishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi barkamol avlod ta’lim – tarbiyasi uchun 
javobgar shaxs bo’lib, nafaqat ma’naviy – ahloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga 
o’rnak bo’lishi, nafaqat, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi yetuk 
pedagog sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o’zining munosib hissasini 
qo’shishi zarur. Pedagogik mahoratga ega bo’lish,o’qituvchi uchun ta’lim-tarbiya 
samaradorligini ta’minlovchi zamin bo’libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning 
jamiyatdagi obro’-e’tiborini ham oshiradi, o’quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga 
keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik 
faoliyatda yo’l qo’yilgan yoki qo’yilayotgan xatolarga yo’l qo’ymaslik, o’quvchilar, 
hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish 
imkoniyatini yaratadi. Barcha kasblar orasida o’qituvchilik kasbi o’zgacha va muhim 
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero,o’qituvchi kelajak avlod ongi kamolotining 
poydevori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni 
g’oyaviy – siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur 
taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-
hunar sirlarini puxta egallashlarida ko’maklashadi va jamiyat uchun muhim bo’lgan 
ijtimoiy – iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu ma’suliyat o’qituvchidan o’z 
kasbining mohir ustasi bo’lishini, o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatib, ularning 
qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko’nikmalarni har tomonlama 
rivojlanirish yo’llarini izlab topadigan kasb egasi bo’lishni talab etadi. Buning uchun 
doimo o’quvchilarning kasbiy mahoratini, ko’nikma va malakalarini oshirib borish, 
ularga har tomonlama g’amxo’rlik qilish, zarur shart – sharoitlar yaratish, kerakli 
moddiy va ma’naviy – metodik hamda texnik yordam ko’rsatish, o’qituvchilarning 
ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko’maklashishi lozim. 
O’qituvchining nutqiy qoboliyati madaniy, kasbiy, pedagogic talablar asosida 
shakllanib boradi. O’qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga 
yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, 
tajribali ustozlar o’giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib 
boraveradi.O’qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar 
asosida rivojlanib boradi. Uni rivojlantirish faqat o’qituvchining shijoatiga bog’liq. 


Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
Bu qobiliyat tufayli pedagogning nutq madaniyatiga xos bo’lgan vositalar 
shakllanadi: 
1.
Nutq madaniyati o’qituvchining ma’naviy – axloqiy kamoloti tarkibiy 
qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko’rsatuvchi, o’z 
ona tilimizga e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir. 
2.
Nutq madaniyati o’qituvchilarni ma’naviy va madaniy saviyasi bilan hamda 
adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma’lum ma’noda 
ajratib turadi. 
3.
Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo’lgan barkamol 
avlodni qanday kasb egasi bo’lib yetishishidan qat’iy nazar ma’naviy jihatdan 
tarbiyalash. 
4.
Nutq madaniyati – bu, avvalo, o’qituvchilarda nutquy ko’nikma va nutqiy 
malakalarini hosil qiladi. Bu ko’nikma pedagogik faoliyatda takomillashib 
boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan 
muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. 
5.
Nutq madaniyatiga o’zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. 
Buning uchun o’qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot 
asarlarini doimiy o’qib borishi, she’rlar yod olishi va uni deklamatsiya bilan 
o’qiy olishi, radio va televideniya eshittirilishlarini kuzatib borishi lozim. 
6.
Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko’rinishi nutqiy taqlid bo’lib, yosh 
o’qituvchilar o’zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va ta’sirchan nutq 
so’zlaydigan ustoz murabbiylarining nutqiy san’atiga havas bilan qarashi va 
taqlid qilishi asosida o’rganishi mumkin. 
Foydalanilgan adabiyotlar
1.R.Qo’ngurov, Yo.Tojiyev, E. Begmatov. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. -
T., 34-36- bet. 
2.E.Begmatov , A. Boboyeva, M. Asomiddinova, B. Umurqulov. O’zbek nutqi 
madaniyati ocherklari . – T., 39-41 bet. 
3.T. Qudratov . Nutq madaniyati asoslari. - T., 22- bet. 
4. 
www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti.
 


Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə