O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Karamel. 
Karamel shakar-patoka sharbatining namligi 3% li oynasimon 
massa hosil bo„lgunga qadar qaynatish yo„li bilan ishlab chiqariladi. 
Qaynatilgandan keyin issiq
 
karamel massasiga bo„yoq va xushbo„y moddalar, 
essentsiyalar va ozuka kislotalari kushish yo„li bilan mahsulotlar tayyorlanadi. 
Tayyorlash usuli, nachinkasining tarkibi va turiga ko„ra karamel: yaltiroq 
yumshoq (solomka), shakldor, shokolad bilan sirlangan karamellarga bo„linadi. 
Karamel ochiq va qog„ozga o„ralgan holda ishlab chiqariladi.
Yaltiroq karamel
nachinkasi karamel massasidan tayyorlanadi. Ko„p 
tarqalgan turlari: “Barbaris”, “Teatralnaya”, “Prozrachnaya”, “Myatnaya” va 
boshqalar. 
Nachinkali karamel
ust qismi va qoliplash vaqtida ichiga to„ldirilgan 
nachinkadan tuziladi. Nachinka mevali, meva va rezavor mevali, sutli, yong„oqli 
(maydalanib qovurilgan va shakar bilak aralashtirilgan), shokoladli, shokolad-
yong„oqli, salqinlatuvchi (qand talqoniga yalpiz yog„i yoki essentsiyasi 
qo„shilgan kokos yog„i aralashtirish yo„li bilan olinadi), soyali va aralash 
bo„lishi mumkin.
Yumshoq (solomka) karamel
cho„zilgan g„ovak yoki ichi nachinka bilan 
to„ldirilgan naychalar borlami shaklida ishlab chiqariladi. Bunga rangli zuldirlar
buxoro zuldirlari, burama tayokchalar va boshqalar ham kiradi. 
shakldor 
karamel
massasidan har xil hayvonlar, qushlar (xo„rozqand) yoki buyumlar 
shaklida ishlab chiqariladi.
Shokolad bilan sirlangan karamel- 
nachinkali karamel bo„lib, usti bir 
qavat shokolad bilan sirlangan bo„ladi. Karamel o„ziga nam tortadi. Karamel 
nam tortmasligi uchun saqlash va tashish vaqtida tunuka qutilarga joylanadi, 


75 
qog„ozga o„raladi, havo o„tmaydigan idishlarga solinadi; qog„ozga 
o„ralmaganining sirtiga shakar, kakao kukuni sepiladi, yaltiroq modda (yupqa 
qand talqoni va voskojir aralashmasi) bilan qoplanadi.
Konfetlar. 
Konfet ishlab chiqarishda har xil xom ashyo: shakar, patoka, 
shokolad, meva-rezavorlar pyuresi, danak, er yong„oq, funduk danagi, sariyog„ 
va kokos yog„i, kakao yog„i, xushbo„y hamda bo„yoq moddalar ishlatiladi. 
Konfetning ba‟zi turlariga sut, qaymoq, tuxum oqsili, soya, vino yoki spirt, vafli 
va boshqa mahsulotlar qo„shiladi. Qandolat sanoati ko„p xil konfetlar ishlab 
chiqaradi; ular qator belgilariga ko„ra bir-biridan farq qiladi:
-konfet massasi turiga ko„ra- pomadali, meva va rezavor-mevali, 
martsipanli (maydalangan bodomdan qilingan), yong„oqli (pralene), sutli 
(“Korovka”, “Start”, “Rekord”), ko„pchitilgan (tuxum oqsiliga shakar qo„shib 
ko„pchitilgan), likyorli ” (vino ham qo„shib), kremli, grilyajli (yong„oq 
maydalanib karamel massasi bilan aralashtirilgan); 
-konfet massasi birikmasiga ko„ra- bir qatlamli, ko„p qatlamli, vafli 
qatlamli (yoki vafli bilan qoplangan); 
-korpusining tuzilishiga ko„ra - quyma (suyuq issiq konfet massasi 
qoliplarga quyiladi), surkalgan (quyuq konfet massasi yupqa qatlamda surkaladi 
va to„g„ri burchak shaklida kesib bo„laklanadi); ajratilgan (krem massasini 
maxsus naylar orqali siqib chiqariladi va tolalab qirqiladi); presslangan (konfet 
massasi matritsa orqali siqib chiqariladi va cho„zilib, uzilmasdan chiqadigan 
tasma qirqilib, alohida konfetlar qilinadi); 
-sirtining bezatilishiga ko„ra - (shokolad, pomada, shakar, yog„ va 
mevali-jele bilan) sirlanmagan va sirlangan konfetlar; 
-tarkibidagi nachinkaga ko„ra - nachinkali va nachinkasiz: 
-tashqi bezatilishiga ko„ra - o„ralmagan, o„ralgan, naychali va h. k; 
-realizatsiya muddatiga ko„ra - tez sotilishi lozim bo„lgan konfetlar, 
saqlanishi mumkin bo„lgan konfetlar; 


76 
-realizatsiya usuliga ko„ra - tortib sotiladigan konfetlar, konfet 
turkumlari (bir xil konfet massasidan tuzilgan konfet turkumlari va asnavi, ya‟ni 
har xil konfet massasidan tuzilgan turkumlar).
Konfetlar quyidagi uch guruhga: nachinkali shokolad konfetlar, 
sirlanmagan konfetlar va sirlangan konfetlarga bo„linadi. Nachinkali shokolad 
konfetlar - ustki qatlami shokoladdan iborat bo„lib, turli shakllarda, hajmi 
kichikroq har xil konfet massalaridan ishlab chiqariladi. shakli va sirtining 
bezatilishiga ko„ra nachinkali shokolad konfetlar: guldor shokolad- uncha katta 
bo„lmagan, har xil shaklda, taram-taram rasmli konfet; katakdor shokoladlar va 
nachinkali batonlar; nachinkali shakldor shokoladlarga bo„linadi. 
Sirlanmagan konfetlar
kichikroq to„g„ri burchak shaklida bo„ladi. Ular 
bir qatlamli (bir xil konfet massasidan tayyorlangan); ikki va uch qatlamli (bir 
necha xil konfet massasidan tayyorlangan) bo„ladi. 
Sirlangan konfetlar
har xil 
konfet massalaridan bir, ikki va uch qatlamli qilib tayyorlanadi. Ular shokolad, 
pomada, shakar, yog„, mevali jele, sut-yong„oq va karamellar bilan sirlanadi.
Sifatli konfetlar shakli to„g„ri, rangi bir xilda, quruq, yopishmaydigan, 
silliq yoki taram-taram sirti quyqasiz, shishmagan, tirnalmagan, dog„zis
bo„lishi, 
tamg„asi ko„rinib turishi kerak. Ta‟mi va hidi yoqimli, konfetning massasi 
shirasi va qo„shimchalariga muvofiq bo„lishi lozim. Sir miqdori shokolad bilan 
sirlangan konfetlarda kamida 18-22%, pomada bilan sirlanganlarida 50% gacha, 
shakar bilan qoplangan konfetlarda 22% dan oshmasligi kerak.
Shakli buzilgan, mog„orlagan, yopishqoq, nachinkasi tanasidan sizib 
chiqqan, sezilarli dog„lari bo„lgan, yorilgan, shuningdek, chuchmal, nordon yoki 
boshqa yoqimsiz ta‟mi bo„lgan konfetlar savdoga chiqarilmaydi. Konfetlar 
quruq, toza va yaxshi shamollatib turiladigan, harorati 18°C, havosining nisbiy 
namligi 75% dan oshmagan xonalarda saqlanadi. Mana shu sharoitda ularga 
quyidagi garantiyali saqlanish muddati belgilangan: Shokolad bilan sirlangan, 
o„ralgan konfet uchun to„rt oy, o„ralmagani uchun - uch oy; pomada sirli, 
o„ralgan konfet uchun - bir oy, o„ralmagani uchun - 15 kun; shakar sepilgan 


77 
konfet uchun - ikki oy; shakldor shokolad konfet uchun - uch oy; shokolad 
turkumlari uchun - ikki oy.
Iris
. Iris shakar, patoka, sut va sariyog„dan tayyorlanadi. Irisning ba‟zi 
bir navlariga yong„oq, er yong„oq, kunjut, soya qo„shiladi. Iris massasining 
qaynatilish muddati va ishlov berilishiga ko„ra qattiq yoki karamelsimon, 
tirajey, yarim qattiq va cho„ziluvchan tirajey turlarga bo„linadi. Irisning qattiq 
naviga “Iris Osobiy” kiradi, u yaxshilab qaynatilgan iris massasidan 
tayyorlanadi.
Tirajey navlariga: “Iris slivochniy”, “Prima”, “Era”, “Shkolniy”, 
“Fruktoviy”, “Soeviy”, “Vostochniy” (bu ham soyali), “Detskiy”, “Ladoga” 
turlari kiradi. Irisning bu navlarini tayyorlashda issiq iris massasiga tayyor iris 
ushoqlari aralashtiriladi. Qoliplangandan keyin, sovigan, tayyor iris massasida 
shakar kristallana boshlaydi, natijada iris tarkibi yumshaydi va uncha qattiq 
bo„lmagan iris hosil bo„ladi. yumshoqroq iris navlariga: “Zabava”, “Tuzik”, 
“Zolotoy klyuchik”, “Ledokol”, “Kis-kis” turlari kiradi; ular kam qaynatilgan 
iris massasidan tayyorlanadi. Cho„ziluvchan tirajey iris kam qaynatilgan, 
cho„ziluvchan, shakar kristallari bir me‟yorda tarqalgan iris massasidan 
tayyorlanadi.
Iris turli shakllarda: kvadrat, to„g„ri burchakli, shakldor bo„lishi mumkin. 
Uning sirti quruq, yopishmaydigan, rasmi yaqqol ko„rinib turgan, burchaklari 
sinmagan va chetlari ezilmagan, qirqimi to„g„ri, silliq, rangi och jigar rangdan 
to„q jigar ranggacha, ta‟mi va hidi aniq sezilib turgan bo„lishi kerak. Qattiq va 
tirajey navlarining namligi - 6%, yumshoq irisniki - 9% bo„ladi. Tarkibidagi 
shakarning umumiy miqdori ko„pi bilan 75%, yog„ miqdori kamida 7- 9% 
bo„ladi. Iris ham konfetlar singari o„ralib va o„ralmay tayyorlanadi. Idishlarga 
joylanishi va saqlanish shartlari konfetniki bilan bir xil bo„ladi. Garantiyali 
saqlanish muddati o„ralgan karamelsimon va tirajen iris uchun - olti oy, 
o„ralmagani uchun - besh oy, tarkibida yong„oq mag„zi bo„lgan iris uchun - uch 
oy, yumshoqroq iris uchun - ikki oy.


78 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə