O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 2 . Ya ng i s a bza vo tla r, ula rning a s s o rtime nti



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

4 . 2 . Ya ng i s a bza vo tla r, ula rning a s s o rtime nti
va s ifa tig a qo ‗yila dig a n ta la bla r
 
Sabzavotchilik qishloq xo„jaligining eng muhim tarmoqlaridan biridir. 
Savbazavot maydonlari yildan-yilga kengayib, sabzavot ekinlarining hosildorligi 
ortmoqda, kartoshka va sabzavotlarning yalpi hosili ko„payib bormoqda. 
Iste‟mol mahsuloti sifatida sabzavotning roli juda muhimdir. Sabzavotlar 
tarkibida uglevod, mineral moddalar, organik kislotalar, vitamin, glyukozid, 
fitontsid
8
, xushbo„y va rang beruvchi moddalar bo„ladi. Barcha sabzavotlar 
ovqatga o„simlikning qaysi qismi ishlatilishi va boshqa belgilariga qarab
quyidagi 
guruhlarga 
bo„linadi: 
tuganaklilar, karamsimon sabzavotlar, 
ildizmevalar, qovoq, tomat, piyoz, bargi eyiladigan ziravor, desert, dukkakli va 
donli ekinlar.
Tuganaklilar
. Tuganaklilarga kartoshka, batat, topinambur kiradi. 
Kartoshka barcha sabzavotlar ichida eng muhim qishloq xo„jaligi ahamiyatiga 
egadir. U faqat keng iste‟mol qilinadigan oziq mahsulotigina emas, undan 
kraxmal, patoka, dekstrin, glyukoza va spirt olinadi. Bu mahsulotlar, o„z 
navbatida, sanoatning turli tarmoqlarida xom ashyo sifatida ishlatiladi. 
Kartoshka tuganaklari kartoshka o„simligi er osti poyasining yo„g„onlashgan 
go„shtdor qismi bo„lib, unda to„yimli moddalar: kraxmal (14 dan 24% gacha), 
oqsil (2% atrofida), qand (1-1,5%), mineral moddalar, S, B
1
, V

vitaminlari 
yig„iladi.
Kartoshkaning ko„plab xo„jalik-botanik navlari mavjud. Ular bir-biridan 
shakli, yirik-maydaligi, po„stining rangi, etining tuzilishi, pishish vaqti, 
xo„jalikda nima maqsadda ishlatilishi, kasalga chidamli-chidamsizligi, asralishi, 
hosildorligi, kuzli-kuzsizligi va boshqa ba‟zi belgilar bilan farq qiladi. 
Kartoshka shakliga qarab, yumaloq, ovalsimon, cho„ziqroq bochkasimon 
8
Fitontsid 
bakteritsidlik xususiyatlariga, ya‟ni mikroorganizmlarni halo k qilish yoki rivojlanishini susaytirish 
qobiliyatiga ega bo‟lgan maxsus modda. 


95 
bo„ladi; po„stining rangiga ko„ra sariq, qizil, oq, binafsha rang; tuganagi 
sirtining xarakteri jihatidan silliq, to„rsimon, po„sti ko„chadigan xillari bo„ladi.
Zavodbop nav kartoshka kraxmal va spirt ishlab chiqarishga 
mo„ljallanganlarda 18-24% kraxmal va ozroq oqsil bo„ladi. Yaxshi asralishi va 
kasalga chidamliligi bilan boshqa navlardan farq qiladi. Voltman, Svitez va 
boshqa navlari keng tarqalgan. Xashaki nav kartoshka serhosilligi, oqsili 
ko„pligi, nisbatan yaxshi saqlanishi bilan boshqa navlardan farq qiladi. Kryuger, 
Vsegda xoroshiy navlari etishtiriladi. Universal nav kartoshkada kraxmal ko„p, u 
yaxshi ta‟mlilik xususiyatiga ega, shu tufayli bu kartoshka ovqatga ham, qayta 
ishlash uchun ham ishlatiladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə