O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Danakli mevalar. 
Danakli mevalarga gilos, olcha, olxo„ri, o„rik, 
shaftoli, qizil, zaytun, jiyda kiradi. Danakli o„simliklar mevasi po„stdor va 
sersuv, mayin kemirchaksimon etli: mevaning o„rtasida juda qattiq qobiq bilan 
qoplangan urug„i bo„ladi. Danakli mevalar tabiiyligicha iste‟mol qilinadi yoki 
uzoq saqlanmasligini nazarda tutib, ulardan o„sha zaxotiyoq konserva 
mahsulotlari tayyorlanadi.
Gilos
eng ertapishar danakli mevadir. Uning mevasi mayin, sersuv yoki 
donador etli, ovalsimon yoki yumaloq shaklli, turli kattalikda va har xil (sariq, 
qizil, xira, nimrang, qora) rangli shirin yoki chuchuk ta‟mli bo„ladi. Unda 9- 7% 
qand, 0,3 - 0,9% kislota, oshlovchi, pektin va boshqa moddalar bor. Gilos tabiiy 
holida va ishlov berilib iste‟mol qilinadi. Gilosning Drogana-jyoltaya, Zolotaya, 
Jebule, Chernaya, Elton singari pomologik navlari sotiladi.
Olcha
mamlakatimizning ko„pgina zonalarida mavjud bo„lib, ko„plab 
tovar mahsuloti beradi. Olchada ko„p miqdorda qand va boshqa moddalar bor. 
Olcha tabiiy holida iste‟mol qilinishidan tashqari, murabbo, sharbat, vino, 
likyor-aroq mahsulotlari, qoqi qilishda va boshqa maqsadlarga ham ishlatiladi.


83 
Olcha mevasi yumaloq, ovalsimon, yapaloq, sholg„omsimon
va 
noksimon shaklda, po„stining rangi-pushti, qizil, to„q qizil va qariyb qora 
bo„ladi, sharbati rangsiz va och qizil, qizil, to„q qizil, danagi yirik, o„rta va 
maydadir. Eng keng tarqalgan rangli sharbatli navlarga Vladimirskiy 
(Roditeleva), Lyubskiy, Lotoviy va boshqa ayrim turlari; sharbati rangsiz 
navlarga Krasa Severa, Sklyanka rozoviy kabilar kiradi.
O‗rik
janubiy rayonlarda o„stiriladi. Uning pishish davri taxminan bir 
yarim oy (mayning oxiridan iyulgacha) davom etadi. O„rikning turli navlarida 5 
dan 17% gacha qand, 0,3 dan 2,6% gacha kislota, vitamin, mineral, pektin va 
boshqa moddalar mavjud. O„rikning mevasi yumaloq yoki tuxumsimon shaklli
sariq, qo„ng„ir yoki qizg„ish
rangli, silliq yoki botiqroq po„stli, qumoq-qumoq 
yoki sersuv etli bo„ladi.
Nimaga mo„ljallanganligiga qarab, o„rik navlari xo„raki, qoqibop va 
konservabop turlarga bo„linadi. Xo„raki va konservabop o„riklarning Ananas, 
Ambroziya, Krasnoshchekiy navlari eng yaxshi hisoblanadi. Qoqibop navlarga 
Biboy, Xurmai, Isfarak, Mirsanjeli, Qandak o„riklar kiradi.
Shaftoli
O„rta Osiyo respublikalarida, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, 
Moldaviya, Ukrainaning janubiy rayonlarida o„sadi. shaftolida o„rta hisobda 7 - 
9% qand, 0,5 - 1% organik kislotalar, pektin, oshlovchi va boshqa moddalar bor; 
mevasi g„oyat
xushta‟m bo„ladi. U tabiiy holida iste‟mol qilinadi. Kompot, 
qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi, shuningdek, qoqi qilinadi.
shaftoli mevasi sersuv etli, danagi juda qattiq va qalin po„stli, ilonizi 
bujurli bo„ladi. Mevasi yumaloq yoki ovalsimon shaklli va palla izli bo„ladi. 
shaftolining po„sti naviga qarab, tukli yoki silliq (luchchak), rangi sariq-
yashildan qonsimon qizilgacha, etining rangi sarg„ishdan qizilgacha bo„lib, 
odatda, danagiga tomon qizillik orta boradi. Tukli va luchchak shaftolining turli 
navlari danagining etidan ajralgan-ajralmaganligi bilan ham farq qilinadi. Ba‟zi 
nav shaftolilarning danagi oson ajraladi, ayrimlariniki esa aksincha. Ananas, 
Omsden, Salvey, Sovetskiy, Elberta va Nikitinskiy navlari mashhur navlardir.


84 
Jiyda
Janubiy Evropa, Osiyo, Amerikada o„sadigan daraxtlar (butalar) 
mevasidir. O„rta Osiyo respublikalarida, asosan, O„zbekiston bilan Qirgiziston, 
shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyada keng tarqalgan. Jiydaning 
bir necha o„nlab turi bor; vostochniy serebristiy, xo„raki navlar shular 
jumlasidandir. O„zbekistonda non jiyda ko„p tarqalgan bo„lib, uning mevasi 
seret, juda shirin bo„ladi. Jiyda mevasining danagi qalin, quruq unsimon shirin et 
bilan qoplangan. Mevasi oval yoki tsilindrsimon shaklda, o„lchami 1 - 4 
sm,
mevaning rangi sariq, qo„ng„ir, qizil, och jigar rang. Danagi ovalsimon yoki 
cho„ziqroq o„tkir uchli bo„ladi.
Jiydaning eti juda to„yimli bo„lib, unda 10 - 0,5% suv, 50 - 5% qand, 
10% ga yaqin azot moddalar, 1% ga yaqin yog„, 2-2,5% mineral moddalar, 11-
12% kletchatka, 1-1,5% kraxmal, 1,4-3,3% kislota, S vitamini va boshqalar bor. 
Yaxshi pishgan jiyda mevasi daraxtning o„zidayoq quriydi, shu sababli u yaxshi 
saqlanadi. Yaxshi jiydaning po„sti silliq, yaltiroq, unsimon, eti shirin bo„ladi. 
Jiyda quruq xonada saqlanadi, chunki zax xona yoki nam idishda saqlangan 
jiydaning po„sti qurishib, yaltiroqligi yo„qoladi, eti dimiqib, ko„pincha 
mog„orlaydi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə