O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Rezavor mevalar. 
Rezavor mevalar madaniy va yovvoyi turlarga 
bo„linadi. Madaniy rezavorlarga bog„ va mevazorlarda o„stiriladigan uzum, 
krijovnik, 
smorodina, 
zemlyanika, 
qulupnay, 
malina 
kiradi. 
yovvoyi 
o„simliklardan klyukva, brusnika, maymunjon va chernikalarning iste‟mol 
qiymati eng yuqori hisoblanadi. Bunday mevalarni matlubot kooperatsiyasi 
tashkilotlari qayta ishlash sanoati uchun tayyorlab beradi.
Rezavor mevalar to„yimli va yuqori ta‟mlilik xususiyatlariga ega. 
Ularning tarkibida oson hazm bo„ladigan qand, organik kislotalar, vitaminlar, 
mineral moddalar bor. Uzum, qora smorodina, malina, chernika singari rezavor 
mevalar shifobaxsh xususiyatga ega.
Uzum
ishlatilishiga qarab, xo„raki, mayizbop va vinobop xillarga 
bo„linadi. Xo„raki navlarning ta‟mi yaxshi, unda 15 dan 20% gacha qand 


85 
(asosan, glyukoza) va 0,7% kislota bor. Mayizbop navda kamida 20% qand va 
xo„raki navdagiga nisbatan xiyla kamroq kislota bo„ladi. Keng tarqalgan xo„raki 
navlarga shasla, shabash, Asma chyornaya, Aleksandriya muskati, Xusayni, 
Nimrang, Chaush va boshqalar kiradi. Bu nav uzumlarning mevasi yirik yoki 
o„rtacha kattalikda, po„sti yupqa, mayin va eti sersuv bo„ladi. Sifatiga ko„ra 
uzum 1-va 2-navlarga bo„linadi. Xo„raki uzum boshi bo„liq, yaxshi pishgan
bandi mahkam, zaxa emagan va kasal tegmagan mevali shingillardan iborat 
bo„lishi lozim.
Krijovnikning
mevasi yumaloq yoki cho„ziqroq shaklda bo„ladi, po„sti 
yashil yoki kip-qizil, rangli, silliq yoki tukli. Eti sersuv, nordon va xushbo„y, 
unda 8-10% qand, 1,5-2,5% kislota, ko„pgina pektin moddalari va S vitamini 
bor. Krijovnikdan murabbo, jele qaynatiladi. Undan vino, marinad tayyorlash va 
boshqa 
maqsadlarda 
ham 
foydalaniladi. 
Bochyonochniy, 
Butilochniy, 
Avenarius, Zelyoniy, Industriya deb ataladigan krijovniklar eng yaxshi 
navlardir. Savdoga chiqariladigan krijovnik mevasi toza, quruq, yirikligi, shakli 
va rangi bir xil, hasharot tegmagan va kasallanmagan, dimiqmagan va 
chirimagan bo„lishi lozim.
Smorodina
uch turli bo„ladi: qora, qizil va oq, qora smorodina 
boshqalarga ko„ra mazali va eyimlikdir. Unda 6-7% qand, 2-3% kislota, 0,7% 
gacha pektin modda va ko„p miqdorda S va R vitaminlari bo„ladi. Smorodinadan 
qandolat ishlab chiqarishida, sharbat, sirop, nastoyka tayyorlash va boshqa 
maqsadlarda keng foydalaniladi. Qora smorodinaning mevasi yumaloq, 
ovalsimon va yalpoq shaklda bo„ladi; yirik-maydaligi jihatidan, yirik, o„rta va 
mayda, ta‟mi nordon yoki achchiq-chuchuk; pishish vaqtiga ko„ra: chillaki, o„rta 
va kechki xillarga bo„linadi. Liya plodorodniy va Boskopskiy velikan qora 
smorodinaning eng yaxshi navlaridir.
Qora smorodina bandli va bandsiz holda savdoga chiqariladi. Mevasi 
yangi, toza, quruq, yaxshi pishgan, bir tusli, zaxa emagan, hasharot tegmagan, 


86 
kasallanmagan va mog„orlamagan, chirimagan va dimiqmagan, yot ta‟m va 
hiddan holi bo„lishi lozim.
Qulupnay
kam tarqalgan, kam hosil, parvarish talab rezavor mevadir. 
Qulupnay mevasi mayda, konussimon shaklda, bir tomoni oq, ikkinchi tomoni 
esa to„q qizil; kosachasidan ajralishi qiyin, o„tkir xushbo„y va ta‟mi ham juda 
yaxshi bo„ladi. Unda 4-6% qand, 1-1,8% kislota va boshqa moddalar bo„ladi. 
Qulupnay tabiiyligicha va qayta ishlagan holda iste‟mol qilinadi. Uzoq 
saqlanmaydi, shu sababli tez iste‟molga chiqariladi.
Malina
bog„da o„sadigan va yovvoyi turlarga bo„linadi. Bog„da 
o„sadigan malinaning mevasi yirik, o„rta va mayda, xilma-xil (yumaloq, 
ovalsimon, konussimon, cho„ziqroq) shaklda, to„q qizil yoki sariq rangli bo„ladi. 
Malinada 5-8% qand, 1-2% kislota, xiyla ko„p miqdorda mineral modda va 
vitaminlar bo„ladi. U tabiiy holida iste‟mol qilinadi hamda undan murabbo, jem, 
jele, sharbat, sirop, nastoyka, nalivka, likyor tayyorlanadi. Voljanka, Usanka va 
boshqalar eng yaxshi navlaridir.
Maymunjon
issiqsevar o„simlik bo„lganligi sababli janubiy rayonlar va 
Povoljeda o„sadi. Mevasi qora rangli bo„lib, unda 3% dan 4% gacha qand, 2% 
dan ortiq organik kislotalar, oshlovchi va pektin moddalar bor. Maymunjon 
tabiiyligicha, murabbo, sharbat, likyor-aroq mahsulotlari tayyorlashda ham 
ishlatiladi. Maymunjonning madaniy navlaridan I. V. Michurin etishtirgan 
Texas navi ma‟lum. Uning mevasi juda yirik, to„q qizil, cho„ziqroq konussimon 
shaklli, sersuv, nordon ta‟mli. Qayta ishlab va tabiiyligicha ham iste‟mol 
qilaverish mumkin. Rezavor mevalarning (uzumdan tashqari) sifatiga quyidagi 
talablar qo„yiladi: yirik-maydaligi, shakli va rangi, bir xil, yangi toza, zaxa 
emagan va kasallanmagan bo„lishi shart. Yaxshi pishmagan va o„ta pishib 
ketgan, ezilgan, shakli va rangi har xil bo„lgan mevalar standart bo„yicha 
tartibga solinadi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə