O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

 
Q is qa xulo s a la r
Qand
eng muhim oziq-ovqat mahsulotidir. U har kuni iste‟mol 
qilinishidan tashqari qandolatlik va novvoylikda, spirtli va spirtsiz ichimliklar 
ishlab chiqarishda keng qo„llaniladi. Qand yuqori kaloriyaga ega (100 g qand 
405 k. kal beradi), odam organizmida engil va to„la hazm bo„ladi.
Qand-shakar 
bevosita qand lavlagidan olinadi. Zavodga keltirilgan 
qand lavlagi yuviladi, maydalab qirqiladi, maxsus kattakon yog„och bochka 
(diffuzor) larga solinadi va qandni mayda lavlagi qirindilaridan ajratib olish 
uchun issiq suv quyiladi. Hosil bo„lgan diffo„zion sharbat tarkibida turli 
qo„shilmalar bo„ladi, shuning uchun ham u tozalanadi. Tozalangan sharbat 
vakuum - apparatlarda kristallar hosil bo„lgunga qadar quyuqlashtiriladi. 
Kristallar sharbatning kristallashmagan qismidan tsentrifugalarda ajratiladi. 
Hosil bo„lgan kristallar yuviladi (oqartiriladi), quritiladi, elakdan utkaziladi 
(kattaligiga qarab saralanadi) va idishlarga joylanadi. Olingan qand xom 
ashyoning 14-15% ini tashqil etadi.
Asal
engil hazm bo„luvchi shakarlardan, ya‟ni glyukoza bilan 
fruktozadan iborat bo„lib, ularning miqdori asalda 65 dan 80% gacha bo„ladi. 
Bundan tashqari asal tarkibida 15 - 25% suv, organiq kislotalar (olma kislotasi, 
vino kislotasi, limon, sut, shovul kislotasi), oz miqdorda oqsil, vitaminlar
xushbo„y va bo„yoq moddalari bor. 
Patoka
kartoshka yoki makkajo„xori, ba‟zan bug„doy yoki javdar 
kraxmallaridan olinadi. Aralashmalardan tozalangan kraxmal suvda eritiladi, 
nordonlashtiriladi va kraxmal suti tarzida kattakon bochkalarga yoki 
avtoklavalarga solib qo„yiladi. 
Qandolat mahsulotlari
ishlab chiqarishda shakar, yog„, sut, tuxum, 
asal, meva va sabzavotlar hamda xushbo„ylashtiruvchi va bo„yoq moddalar kabi 
turli xom ashyo ishlatiladi. Qandolat mahsulotlari tarkibida qand ko„p, suv kam, 
shu sababli u xushxo„r va yuqori kaloriyali bo„ladi, yoqimli ta‟m va xushbo„y 


79 
hidi bilan organizmda yaxshi hazm bo„ladi. qandolat mahsulotlari quyidagi 
guruhlarga bo„linadi: meva va rezavor-meva mahsulotlari, shokolad va kakao 
kukuni, karamel mahsulotlari, konfetlar, draje, iris, undan tayyorlangan qandolat 
mahsulotlari, xolva, sharq shirinliklari, parhez va vitaminlashtirilgan qandolat 
mahsulotlari.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə