O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Shokolad va kakao kukuni.
Shokolad
yuqori kaloriyaga ega, chunki 
uning tarkibida yog„ (30-40%) va shakar (55-63%) ko„p. shokolad ishlab 
chiqarishning asosiy xom ashyosi kakao dukkagi (tropik mamlakatlarda 
etishtiriladigan kakao daraxtining doni) va shakardir. shokoladning ayrim 
turlariga shakardan tashqari sut, kofe, vafli va boshqa mahsulotlar, shuningdek, 
vitaminlar qo„shiladi.
Shokolad olish uchun kakao dukkagi begona qo„shilmalardek tozalanadi 
va qovuriladi. Qovurilgan dukkaklar yormaga aylantiriladi, so„ngra po„sti 
ajratilib kakao-velli hosil bo„ladi, u un kabi massaga aylantiriladi va qand 
talqoni hamda boshqa qo„shilmalar qo„shiladi. Hosil bo„lgan massa yaxshilab 
eziladi, qoliplarga quyiladi, past haroratda sovutilib, qattiq holatga keltiriladi
keyin qoliplardan chiqarib olinadi, urov qog„oziga yoki zar qog„oziga o„raladi, 
ustidan etiketka yopishtiriladi va idishlarga joylanadi. Ishlab chiqarish tartibi va 
usuliga qarab shokolad: oddiy, desertli, g„ovak, tortib sotiladigan va shokolad 
kukuni turlariga bo„linadi.
Qo„shimchali va qo„shimchasiz 
oddiy shokolad
katakdor, medalga 
o„xshash, g„ovak va yaxlit shakllarda ishlab chiqariladi. Qo„shimchasiz oddiy 
shokolad 
turlariga: 
“Dorojniy”, 
“Sirk”, 
“Detskiy” 
va 
boshqalar, 
qo„shimchalilariga- “Orexoviy”, “Slivochniy” (sutli), “Alyonka” (sutli), 
“Mishka” (maydalangan danakli) va boshqalar kiradi.
G„ovak shokolad desertli shokolad massasidan tayyorlanadi, u havosiz 
asbobdan qoliplarga qo„yiladi va tez sovutiladi. G„ovak shokoladning 
katakdorligi oddiy shokoladnikidan qalinroq bo„lib, u ancha yumshoq va juda 
sholda, korxona izi ishlab chiqargan mashslotning sifatiga javob beradi. 


73 
xushta‟m bo„ladi. Bunday shokolad turiga: “Slava”, “Konyok-gorbunyok”, 
“Raketa” va boshqalar kiradi.
Kakao 
kukuni
kakao 
dukkagidan ishlab chiqariladi. Har xil 
qo„shilmalardan tozalangan kakao dukkagi qovuriladi, maydalab yorma qilinadi
po„sti ajratiladi va kakao-massaga aylantiriladi, keyin undan kakao yog„ining bir 
qismini chiqarib olish uchun presslanadi. Hosil bo„lgan kakao kunjarasi 
quritilgandan keyin maydalab kukunga aylantiriladi. Kakao kukuni ishlov 
berilgan va ishlov berilmagan turlarga bo„linadi. Ishqorlar (ovqatga 
ishlatiladigan soda, uglerod ammoniysi) bilan ishlov berilgan, qaynoq suvga 
solinganda tezda cho„kindi hosil qilmaydigan, turg„un kakao kukuni ishlov 
berilgan kakao-kukun deyiladi. Ishlov berilmagan kukunga yuqoridagidek ishlov 
berilmaydi. “Prima”, “Zolotoy yarlo„k” kakaolari, ishlov berilmagan kakao-
kukuni navlariga kiradi, “Ekstra”, “Nasha marka” lar esa ishlov berilgan 
kukunlardir.
Kakao kukuni oldindan (qadoqlab) yasab qo„yilgan va sig„imi
ko„pi 
bilan 250 
g
bo„lgan tunuka bankalarga, kartondan yasalgan qutichalar va yupqa 
kartondan yasalgan pachkalarga, sig„imi
100 

qog„oz
xaltachalarga, sig„imi

kg
tunuka va faner yashiklar, quyma qog„oz
va faner bochkachalarga, 35 
kg
sig„imli
taxta yoki faner yashiklarga 
joylanadi. 
Shokolad mahsulotlari va kakao kukuni quruq, toza, shamollatib 
turiladigan, ombor zararkunandalari hamda begona hidlardan holi xonalarda 
saqlanadi. Shokolad solingan yashiklar stellajlarga taxlanib, devordan kamida 
0,7 
m
uzoqlikka quyilishi kerak. Shokoladni vodoprovod va kanalizatsiya 
trubalari, isitish batareyalari, pechka hamda mo„rilarga joyda saqlash mumkin 
emas. shokoladni quyosh nuri ta‟siridan saqlash kerak, chunki quyosh nurida u 
eriydi yoki o„ziga xos yaltiroqligini yo„qotadi. shokolad va kakao-kukun 
saqlanadigan xonaning harorati keskin suratda past-baland bo„lib turmaydigan 
va 18°C dan oshmaydigan, havosining nisbiy namligi ko„pi bilan 75% bo„lishi 
kerak.


74 
Belgilangan garantiyali saqlash muddati quyidagicha: oddiy va 
qo„shimchasiz desertli shokoladniki olti oy, zar qog„ozga o„ralgan 
qo„shimchalisiniki - uch oy; nachinkali shokoladniki - uch oy; tunuka bankali 
kakao kukuniniki bir yil, karton quticha va pachkalisiniki - olti oy, qog„oz
xaltachaga solinganiniki - uch oy, yashik va kichik bochkalarga solinganiniki - 
uch oy.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə