O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Karam-sabzavotlar

Karam sabzavotlar guruhiga oqbosh karam
qizilbosh karam, savoy karam, bryussel karami, gulkaram va kolrabilar kiradi. 
Oqbosh karamning ta‟mi yaxshi va to„yimli bo„ladi. Unda 2,5 - 3% oqsil, 4% ga 
yaqin qand, S vitamini va boshqa moddalar bor. Boshining shakliga qarab, 
oqbosh karam yumaloq, yassi (yalpoq) va konussimon; katta-kichikligiga ko„ra 
mayda (diametri 10 -18 
sm),
o„rta (diametri 20-25 
sm)
va yirik (diametri 25 
sm 
dan ortiq); zichligiga ko„ra g„ovak, o„rtacha zichlikda va zich; ichidagi 
o„zagining uzunligiga ko„ra qisqa, o„rta va uzun o„zakli bo„ladi. Pishish 
muddatiga qarab, karam navlari tezpishar (100-120 kun), o„rtapishar (170 
kungacha) va kechpishar (240 kungacha) turlarga bo„linadi.
Tezpishar navlardan eng qimmatlisi Nomer perviy, o„rta pisharlardan 
Slava, 
Belorusskaya 
hamda kechpishar navlardan Amager, Kashirka, 
Moskovskaya pozdnyaya va boshqalardir. Ertapishar karam yaxshi saqlanmaydi, 
qayta ishlash uchun yaroqsiz, u kulinariyada yangiligicha ishlatiladi; o„rtapishar 
navlar yaxshiroq (2-3 oy) saqlanadi, kechpishar karamni esa kelgusi yil 
boshigacha saqlash mumkin.
Bunday karam boshi butun, sog„,
yangi, shakllangan, yorilmagan, zich 
yoki sal zich bo„lishi, lekin g„ovak bo„lmasligi (erta pishar karam g„ovak 
bo„lishi mumkin), iflos bo„lmasligi, yaxshi o„ralgan ko„k yoki oq barglarigacha 


96 
tozalangan bo„lishi lozim. Erta pishar karam boshining og„irligi kamida 0,4
kg,
o„rta va kechpishar esa 0,8 
kg 
kelishi, tashqi o„zagining uzunligi 3 
sm
dan 
oshmasligi lozim. Oqbosh karam tovar navlariga ajratilmaydi. Standart karam 
boshida qo„yidagi nuqsonlar bo„lishi mumkin: qoplab turgan barglarining quruq 
iflos bo„lishi, qoplagan uch qavat bargining zaxalangan bo„lishi, boshi va 
o„zagining kemtik bo„lishi. Biroq bunday boshlar bir partiya karamda 5% dan 
oshmasligi lozim.
Qizilbosh karam zangori-yashil tusdagi qizil-binafsha rangli va 
barglarida mum changi bo„ladi. Bu karam boshi qattiq, bargi hiyla dag„al 
bo„ladi. U yangiligicha va ziravor qo„shib, sirkalangan holda ishlatiladi. 
Tuzlashga yaramaydi. Qizilbosh karamda 2% atrofida oqsil moddalar, 3-4% 
qand, mineral moddalar, vitaminlar, ayniqsa, S vitamini va karotin ko„p bo„ladi. 
U kasallik va sovuqqa chidamli bo„lib, yaxshi saqlanadi, zararkunandalar kam 
tushadi.
Eng yaxshi xo„jalik-botanik navlari Kamennaya golovka, Zenit va 
boshqalardi. Savoy karami g„ijim-g„ijim,
burmali, oqbosh karamdan ko„ra 
mayinroq bargli bo„ladi, ular bir-biriga zich yopishmay, g„ovak karam boshi 
hosil qiladi. Bu karam tuzlashga yaramaydi, u qaynatib, qovurib va dimlab 
ishlatiladi. Savoy karamida 3% dan ortiq oqsil moddalar, o„rtacha 3,7% qand, 
0,83% kul, S vitamini oqbosh karamga nisbatan 1,5-2 barobar ko„p; bundan 
tashqari, A va RR vitaminlari ham bo„ladi. Vertyu, Venskiy va boshqa navlar 
eng yaxshi navlar hisoblanadi.
Bryussel karami
boshqa turdagi karamlardan farqli o„laroq, ko„p 
boshlidir. Mayda boshchalar uzunligi 80 - 100 
sm
li ildizpoyasida joylashgan 
bo„lib, ular uzun bandli barglar chuqurchasida bog„lanadi. Boshchalarning soni 
30 dan 90 donagacha bo„lib, naviga qarab ular turli o„lchamda (diametri 2 dan 6-

sm
gacha) va turli shaklda (oval, yuraksimon yoki yumaloq) bo„ladi. 
Boshchalarning bargida 3-4% oqsil, 3,5-4% qand, S vitamini va boshqa 
vitaminlar oqbosh karamga qaraganda 3-4 barobar ko„p bo„ladi. U qaynatilgan 


97 
holda ishlatiladi, ziravor qo„shib sirkalanadi va quritiladi. Bu karamning eng 
yaxshi navi “Gerkules” nomli navdir.
Gulkaram
oziq moddalarga ancha boy va ta‟mi, mazaliligi bilan 
qimmatlidir. Gulkaramning eyiladigan qismi boshcha deb nomlanadigan gul 
bo„lib hali ochilmagan qismidir. Unda taxminan 3-3,5% oqsil, 2-2,5% qand, 
ko„p miqdorda kaltsiy, fosfor va temir bo„lib, S, A, V vitaminlariga boy. 
Gulkaramda kletchatka kam, shu tufayli kishi organizmiga oson hazm bo„ladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə