O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Ildizmevalar

Ildizmevalarga sabzi, lavlagi, bryukva (sholg„omsimon 
sabzavot), sholg„om, turp, rediska, petrushka, pasternak, selderey va xrenlar 
kiradi. Ularning yo„g„onlashgan poyali ildiz qismi eyiladi. Unda o„simlik o„ziga 
ozuqa moddalari: anchagina qand, oqsil, mineral moddalar, kislota, A, V, S 
vitaminlari, efir moyi va boshqalarni to„playdi.
Sabzi
deyarli hamma joyda tarqalgan. U juda to„yimli, unda taxminan 5 - 
8% qand, mineral moddalar, kislotalar, B
1
, B
2
, S vitaminlari va ayniqsa, karotin 
ko„p. U tabiiyligicha iste‟mol qilinadi va sabzavot konservalari, sabzi suvi 
tayyorlashda va har xil issiq ovqatlarga ishlatiladi va quritiladi ham. Sabzining 
shakli yumaloq, tsilindrsimon, konussimon va dugsimon, rangiga ko„ra och 
sariq, sarg„ish-qo„ng„ir va qo„ng„ir (qo„ng„ir rangli ildizmevalar eng yaxshi 
hisoblanadi, chunki unda karotin ko„p); sabzining sirti silliq va g„adir-budur, 
o„zagining katta-kichikligiga ko„ra kichik, o„rta va katta o„zakli bo„ladi (kichik 
o„zakli nav yaxshi hisoblanadi; katta o„zakli sabzi to„qimalari dag„alroq, suv va 
qandi kam bo„ladi), sabzining eng yaxshi navlari: “Karotel”, “Geranda” va 
boshqalardir.
Sara sabzi quruq, so„limagan, kasallanmagan, butun, yorilmagan toza
hasharot tegmagan, shakli va o„lchami bir xil, kamida 2 
sm
uzunlikdagi poyali 
bo„lishi lozim; sabzining ko„ndalang kesimi diametri 2,5-6,0 
sm
keladigan 
bo„lishi kerak. Ildizmevalarning standartda belgilangan o„lchamdan tashqari, 
yorilgan, qirqilgan, qing„ir-qiyshiq shaklli, noto„g„ri qirqilgan poyali sabzilarni 
ishlatishga yo„l qo„yiladi, biroq bunday kamchilikli sabzi bir partiyada 5% dan 


98 
oshmasligi lozim. Chirigan, dimiqqan, yaxlagan, begona ta‟m va hidli ildiz 
mevalarni ishlatishga yo„l qo„yilmaydi.
Lavlagining
uch turi: ovqatbop, qand lavlagi va xashaki lavlagilar 
ekiladi. Ovqatbop lavlagi karam sho„rvaga solinadi va o„zidan lavlagi sho„rva 
qilinadi, sous, salat tayyorlanadi, konserva sanoatida ishlatiladi va quritiladi. 
Lavlagida o„rta hisobda 6% qand bor. Lavlagining shakli yapaloq, yumaloq, 
yumaloq yassi, ovalsimon, konussimon va tsilindrsimon, rangiga ko„ra to„q 
qizil, qizil, pushti qizil, xalqasimonligi jihatidan oq xalqali va xalqasiz (xalqasiz 
navlar eng yaxshi hisoblanadi, ular sersuv mayin etli) bo„ladi; sirtining xarakteri 
jihatidan silliq, g„adir-budur, to„r-to„r, notekis (silliq navi yaxshi hisoblanadi). 
Pishish muddatiga ko„ra lavlagi ertapishar, o„rtapishar va kechpishar navlarga 
bo„linadi. Lavlagi, ayniqsa kechpishar navlari, yaxshi saqlanadi. Ovqatbop 
lavlagining yaxshi navlari “Bordo”, “Misr lavlagi” va “Erfurt lavlagi” navlaridir.
Savdoga 
tushadigan 
ovqatbop 
lavlagi 
yangi 
kavlangan, 
toza, 
ifloslanmagan, shakli benuqson, yorilmagan, zaxa emagan va kasallanmagan, 
bargi ko„pi bilan 2 
sm
uzunlikda qirqilgan, turli tusdagi to„q qizil rangli, sersuv, 
etli bo„lishi lozim. Ensiz oq xalqali lavlagi ham savdoga chiqariladi. 
Ildizmevaning eng uzun ko„ndalang diametri kamida 5 
sm
va ko„pi bilan 14 
sm
bo„lishi lozim. Ildizmevaning sal edirilgan, katta-kichikligida bir oz farq 
bo„lishi, bitib ketgan yorig„i bo„lishi, boshi noto„g„ri kesilgan, sal so„ligan 
bo„lishi ham mumkin, ammo bunday g„ubori bor lavlagi og„irligiga nisbatan 5% 
dan oshmasligi lozim. Loy yopishgan ildizmeva esa 2% dan oshmasligi lozim. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə