O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Internet veb-saytlari 
1.
Rambler-http ://www/rambler, ru/; 
2.
www.UzReport.com 
3.
www.Hamkor.uzpak.uz 
4.
www.tashkent.uz 


109 
V-BOB. LAZZATLI MAHSULOTLAR 
5 . 1 . C ho y va c ho y ic himlik la r i
Choy. 
Choy 
yoqimli 
ta‟mi 
va 
xushbo„yligi, 
shuningdek, 
sog„lomlashtiruvchi hamda parhez xususiyatlari tufayli juda keng tarqalgan 
ichimlik hisoblanadi. Choyning sifati ko„k choy bargining ximiyaviy tarkibiga 
bog„liq. Ko„k choy bargi tarkibida: choyga ta‟m, rang va shira beradigan dubil 
moddalari; asab tizimini ko„zg„atuvchi kofein; choyga yoqimli, xushbo„y hid 
beradigan efir moyi bo„ladi. shuningdek, choy bargi tarkibida oqsillar, 
uglevodlar, kislotalar, pektin va mineral moddalar, vitaminlar va fermentlar bor. 
Tayyor choyning sifatiga, shuningdek, ko„k bargga ishlov berish usuli ham ta‟sir 
qiladi. Ishlov berish usuliga ko„ra bayxa (sochma) va presslangan choy (taxta 
choy va tosh choy) larga bo„linadi. Rangiga ko„ra choy famil hamda ko„k; 
o„stirilgan joyiga ko„ra- gruzin, ozarbayjon, krasnodar, hind, tseylon choyi va 
boshqa turlarga bo„linadi.
Bayxali famil choy
o„simlikning uchidagi yosh, rivojlanmagan barglari 
(fleshlar) dan tayyorlanadi. Terib olingan barglar sifatiga qarab, navlarga 
ajratiladi, so„litiladi, buraladi, fermentatsiya qilinadi va quritiladi. So„litish 
jarayonida xlorofill qisman buziladi, kraxmal va oqsil parchalana, dubil 
moddalari nordonlasha boshlaydn. Buralgan barg shama shakliga kiradi, bunda 
barg xujayralari buziladi, ulardan shira ajralib, bo„tun bargni ho„llaydi. Fer-
mentatsiya nisbiy namligi yuqori bo„lgan issiq xonada o„tkaziladi.
Fermentatsiya vaqtida buralgan choy barglarida choyni xushbo„y 
qiluvchi efir moyi hosil bo„ladi; dubil moddalarining miqdori kamayadi; 
xlorofillning buzilishi natijasida bargning rangi o„zgaradi (qizg„ish-jigar rangga 
o„ta boshlaydi). Quritilgandan keyin shamalar qora rangga kiradi. Choyning 
ta‟mi, xushbo„yligi, achchiqligi va shirasi xuddi shu fermentatsiya jarayoniga 
bog„liqdir. Bayxali famil choy - eng ko„p tarqalgan choydir; u yaxshi ta‟mli va 
xushbo„y bo„lib, damlaganda tilla-jigar rangli achchiq rang beradi.


110 
Bayxali ko‗k choy
bayxali famil choy xom ashyosidan tayyorlanadi, 
ammo tayyorlash jarayonida choy bargi so„litilmaydi va fermentatsiya 
qilinmaydi. Buning o„rniga choy bargi bug„latiladi. Bayxali ko„k choy 
damlamasining rangi och-sariq, ta‟mi nordon va anquvchan hidli bo„ladi.
Choy ichimliklari
. Choy ichimliklari ba‟zi mevalar, rezavorlar va 
o„simliklarning quritilgan barglaridan tayyorlanadi. Quritilgan, qovurilgan 
hamda patoka va qand sharbati bilan to„yintirilgan meva va rezavorlar har xil 
(malina, qulupnay, limon) essentsiyalari bilan xushbo„ylantiriladi, damlama-
sining intensivligini oshirish uchun unga tsikoriy qo„shiladi.
Choy quruq, toza, yaxshi shamollatib turiladigan, havosining nisbiy 
namligi 70 - 75% dan oshmagan xonalarda saqlanadi

Garantiyali saqlanish 
muddati choyning fabrikadan chiqqan vaqtidan boshlab- 6 oy. shu muddat 
o„tgandan keyin kelgusi saqlash muddati yoqi darhol sotilishi kerakligi 
belgilanishi kerak. Choy ichimliklari 100, 150, 200, 250 v a 300 
g
dan qog„oz
pachkalarga joylanadi. Ular ham tabiiy choy kabi saqlanadi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə