O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Tomat mahsulotlari

Tomat mahsulotlariga tomat-pyure, tomat-pasta va 
tomat suvi kiradi. 
Tomat-pyure
va 
tomat-pasta
tomat massasini ma‟lum bir 
quyuqlikka kelguncha qaynatib hosil qilinadi. Xususan tomat-pyureda 12, 15 va 
20%, tuzsiz tomat-pastada 30, 35 va 40, 45% hamda tuzli (qaynatilgan tuz 
miqdori 10%. gacha) tomat pastada esa 27, 32 va 37% quruq moddalar bo„ladi. 
Tomat-pyure va tomat-pasta oliy va 1- navlarga bo„linadi. Tuzli tomat-pasta 
faqat 1-navda chiqariladi. Navlarga ajratishda mahsulotning tashqi ko„rinishi, 
konsistentsiyasi, rangi, ta‟mi, hidi, tuz miqdori, begona aralashmalarning bor-
yo„qligi asos qilib olinadi. 
Tomat suvi
urug„i va po„sti tozalangan pishgan qizil 
pomidor ezib olinadi, suvni qopqoqlab berkitishdan avval sterilizatsiya qilinadi. 
Unda qand va kislotadan tashqari, karotin, S vitamini va boshqalar bo„ladi.
Qayta ishlangan meva va sabzavotlarni joylash va saqlash. 
Meva 
qoqilari sig„imi
25 
kg. 
gacha bo„lgan quruq, toza yashiklarga, ichida polietilen 
xaltali qavat-qavat qog„oz
qoplarga (30 
kg
gacha), oddiy qoplarga (70 kg gacha) 


107 
va bochkalarga, (100 
kg 
gacha) solib saqlanadi. Quritilgan sabzavotlar sig„imi 
15 dan 30 
kg
gacha bo„lgan faner yashik va barabanlar ichiga toza o„rov qog„ozi 
solib joylanadi, shuningdek, sig„imi 30 
kg
li va ichida polietilen xaltali yoki 
xaltasiz qavat-qavat qog„oz qoplarga solinadi. Quritilgan meva, rezavor va 
sabzavotlar gigroskopik bo„ladi, ular zax binoda saqlansa, namiqib, mog„orlaydi 
va ishdan chiqadi. shu tufayli ular quruq, toza, 0° dan 10
°C
gacha harorat va 
havoning nisbiy namligi ko„pi bilan 70% bo„lgan binoda, o„tkir hidli 
mahsulotlardan holi joyda saqlanishi lozim.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə