O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Tuzlangan 
bodring. 
Yangi 
va 
sog„
(kasallik 
tegmagan), 
dag„allashmagan zich etli va urug„i etilmagan bodring tuzlanadi. Tuzlashga 
“Nejinskiy”, “Vyazinkovskiy”, “Doljik”, “Krimskiy” va boshqa shu kabi navlari 
ma‟qul Bodringni tuzlashdan oldin sifati, yirik-maydaligi (mayda, o„rta va yirik) 
va pishish darajasiga qarab, navlarga ajratiladi. Keyin idishga solinib, ukrop, 
xren, sarimsoq piyoz, achchiq garmdori solinib, namakob quyiladi. Tayyor 
mahsulotda 2,5 dan 4,5% gacha tuz bo„lishi lozim. Tuzlangan bodring sifatiga 
qarab, 1-va 2-navlarga bo„linadi. Navlarga bo„lishda bodringning tashqi 
ko„rinishi, rangi, ta‟mi, hidi, yirik-maydaligi, konsistentsiyasi, namakobning si-
fati e‟tiborga olinadi.
Tuzlangan pomidor. 
Pishib etilish darajasiga qarab, pomidor ham sut 
mahali, nimrang, pushti va qizil, yirik-maydaligiga qarab, yirik, o„rta va mayda 
xillarga ajratilib yuviladi va idishga solinib, dorivorlar (ukrop, sarimsoq piyoz, 
xren va boshqalar) qo„shiladi va namakob quyiladi. Tuzlangan pomidor sifatiga 
qarab, 1-va 2-navlarga bo„linadi, bunda sabzavotning tashqi ko„rinishi va 


106 
konsistentsiyasi, yirik-maydaligi va shaklining bir xilligi, pishganlik darajasi, 
namakob sifati nazarda tutiladi.
Ziravor qo‘shib sirkalangan sabzavot va mevalar. 
Ziravor qo„shib 
sirkalash uchun sifati amaldagi standartga muvofiq keladigan turli sabzavotlar 
ishlatiladi. Biror turdagi sabzavotni alohida sirkalash bilan birga, turli 
sabzavotni aralashtirib ham sirkalanadi. Tayyorlangan (yuvilgan, navlarga 
ajratilgan va h.k.) sabzavot idishga joylanib, ustiga ziravop solingan sirkali suv 
quyiladi. Ziravor va sirkali suz tarkibiga sirka, shakar, ziravorlar (dolchin, 
qalampir munchoq), sarimsoq piyoz, arpabodiyon, lavr yaprog„i kabilar kiradi. 
Ziravor qo„shib sirkalangan sabzavotlar sal nordon pasterizatsiyalangan va 
nordon pasterizatsiyalangan xillarga, sifatiga qarab esa oliy va 1-navlarga 
bo„linadi. Sirkalangan sabzavotlardan tashqari, sirkalangan meva-rezavorlar 
ham tayyorlanadi. Ular ham alohida-alohida yoki aralash qilib sirka kislotasi, 
shakar va ziravorlar qo„shib ishlab chiqariladi. Sirkalangan meva-rezavorlar 
pasterizatsiyalanib, sal nordon va nordon xillari tayyorlanadi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə