|
![](/i/favi32.png) O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. JumanovTovarshunoslik TDIUTomatbop sabzavotlar.
Tomatbop sabzavotlarga pomidor, baqalajon va
garmdori kiradi.
Pomidor
ta‟mliligi va to„yimliligi bilan qimmatli sabzavot
hisoblanadi. Unda S, V vitaminlari, karotin ko„p. 2,6% dan 3,7% gacha qand,
0,5% ga yaqin organik kislotalar, mineral moddalar va oqsillar bor. U ovqatga
tabiiyligicha, tuzlab va konserva qilib ishlatiladi, konserva sanoatida tomat suvi,
tomat-pyure, tomat pastasi tayyorlashda va bankali konservalar ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
Pomidorning mevasi yumaloq, ovalsimon, yapaloq, tuxumsimon yoki
cho„ziqroq shaklli, silliq yoki qovurg„asimon sirtli bo„ladi. Mevaning ichi
alohida-alohida xonalarga bo„lingan bo„lib, unda urug„i joylashgan bo„ladi.
Xonalari va urug„i qancha kam bo„lsa, pomidorning navi shunchalik yaxshi
hisoblanadi. Yirik-maydaligiga qarab, pomidor yirik, o„rta va mayda, pishgan
mevasining rangiga ko„ra turli tusdagi oq, sariq, qo„ng„ir va qizil turlarga
bo„linadi. Pishish muddati jihatidan pomidor navlari ertagi (110-120 kun), o„rta
(125-130 kun), kechki (130 kundan ko„p) bo„ladi. Eng ko„p tarqalgan pomidor
navlari “Bizon”, “Budyonnovka” “Chudo ro„nka”, “Mayak”, “Gumbert”,
“Planoviy” va boshqa ayrim navlardir.
Yangi pomidor tovarlik navlariga bo„linmaydi. Pomidor faqat qizil va
pushti rang olib etilgan holdagina tarqatiladi (sotiladi). Savdoga tushadigan
pomidor yangi terilgan, sog„,
butun, toza, zaxalanmagan va oftob urmagan, keng
ko„ndalang diametri kamida 4
sm
bo„lishi lozim. Sotiladigan pomidorlar orasiga
quruq dog„i borlari qo„shilishi mumkin-u, biroq bunday pomidorlar 15% dan
oshmasligi kerak. Pomidor tayyorlaydigan rayonlarda iste‟molga jo„natishda
pishar-pishmas pomidorlar butun mahsulot og„irligiga nisbatan 5% dan
oshmasligi lozim.
4 . 3 . Q a yta is hla ng a n me va va s a bza vo tla r, ula rning
Dostları ilə paylaş: |
|
|