O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

I-BO‗LIM. OZIQ-OVQAT TOVARLARI
TOVARSHUNOSLIGI 
I-BOB. OZIQ-OVQAT TOVARLARI TOVARSHUNOSLIGI
FANINING NAZARIY ASOSLARI 
1 . 1 . T o va rs huno s lik fa nining ma vzus i va va zifa la ri
Tovarshunoslik so„zi "
tovar
" va "
shunos
" ("
o‗rganish
") ma‟nosini 
ifodalaydigan so„zlardan tarkib topgan. Tovar deb, sotish uchun ishlab 
chiqarilgan mehnat mahsuliga aytiladi. Tovarlar qiymat va iste‟mol qiymatiga 
ega bo„ladi. Tovarlarning iste‟mol qiymatini tovarshunoslik fani o„rganadi. 
Tovar 

murakkab 
ijtimoiy-iqtisodiy 
kategoriya 
hisoblanadi. 
Tovarlarning iste‟mol qiymati 2 tarkibiy qismdan iborat bo„ladi. Bular sifat va 
assotimentdir. 
 
Mahsulot sifati
 
- mahsulotning o„z funktsiyasiga ko„ra ayrim ehtiyojlarni 
qondirishini ta‟minlay oladigan xususiyatlar yig„indisidir.
Tovarlar assortimenti
deb, biror belgi bo„yicha bir-biriga o„xshash 
tovarlar turlarining yig„indisiga aytiladi. Odatda turli o„lchov va ko„rinishdagi 
bir xil funktsional xususiyatlarga ega tovarlar assortimentni tashkil qiladi.
Tovarshunoslik fanining rivojlanish tarixini quyidagi bosqichlarga 
bo„lish mumkin: 
1. 
Tovar haqidagi tushunchaning paydo bo‗lish davri. 
Bu davr 
eramizdan avvalgi III asrdan boshlanadi. Hunarmand, dehqon, chorvador va 
boshqa qullar quldorlar uchun mahsulot ishlab chiqarganlar. Quldorlar esa 
bozorda tovar sifatida sotganlar. Shu davrdan boshlab quldorlar bozordan 
ko„proq manfaatdor bo„lish uchun tovarlar iste‟mol qiymatini o„rganishga 
harakat qilishgan. U vaqtda fan va texnika taraqqiy etmaganligi sababli ularning 
tovarlarni chuqyp o„rganishlari uchun sharoit bo„lmagan. Shuning uchun 
quldorlar 
va 
keyinchalik 
feodallar, 
kapitalistlar 
ham 
tovarlarning 
assortimentinigina o„rganganlar.


10 
2. 
Tovarshunoslik ilmining shakllanish davri. 
Bu davr XVI asr 
o„rtalarida birinchi kapitalistik sanoat korxonasi-manufaktura paydo bo„lishidan 
boshlanadi. Bu davr buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakalarni zabt etish 
natijasida kapitalizmning paydo bo„lish chog„lariga to„g„ri keladi. Bu paytda 
jahon kapitalistik bozori vujudga keladi.
XVI asrning o„rtalarida xalq iste‟moli tovarlari va ayniqsa dorivor o„simliklar 
savdosi jahon bozorida keng rivojlanadi. Olimlar va ziyolilar orasida tovarlar 
iste‟mol qiymatiga qiziqish kuchayadi. Eksport qilinadigan tovarlarni batafsil 
tekshirish ishlari boshlanadi. Natijada 1549 yilda Italiyadagi Paduya universiteti 
qoshida jahonda birinchi tovarshunoslik kafedrasi ochiladi. Bu kafedra asosan 
farmatsevtikada ishlatiladigan o„simliklar va hayvonot dunyosidan olinadigan 
xom ashyolar iste‟mol qiymatini o„rganish bilan shug„ullanar edi.
Tovarshunoslik ilmiga qiziqish boshqa mamlakatlarda ham boshlanadi. Olimlar 
o„z ilmiy tadqiqotlarini kitob sifatida bosib chiqara boshlaydilar. Masalan, 1575 
yilda Rossiyada rus olimlari tomonidan yozilgan “Savdo kitobi” bosilib chiqdi. 
Bu kitobda turli mamlakatlardan Rossiyaga keltirilgan mum, asal, yog„, bug„doy 
va kanop tola singari tovarlarning iste‟mol qiymati Qisqa tavsiflab berildi.
3. Tovarshunoslikning fan darajasiga ko„tarilish davri

Bu davr XVIII 
acp oxirlarida sanoatning keskin burilishidan boshlangan. Bu davrda yigirish va 
to„qish dastgohlari, bug„ dvigatellari va boshqa uskunalar ixtiro qilinishi bilan 
avval Angliya, so„ngra AQSH, Frantsiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar 
manufaktura ishlab chiqarish usulidan mashina sanoatiga o„tadilar. Natijada 
kapitalistik ishlab chiqarish usuli feodalizm ustidan to„liq g„alaba qozonadi. Bu 
davrda savdo-sotiq ishlari yanada rivojlangani tufayli tovarshunoslik ilmiga 
e‟tibor oshadi. Ko„p mamlakatlarning universitetlarida tovarshunoslik 
kafedralari ochilib, ulardagi ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari asosida oliy 
o„quv yurtlari uchun darsliklar yuzaga kela boshlaydi. shu darsliklardan 
birinchisi-“Tovarshunoslik muqaddimasi yoki asosiy ajnabiy tovarlar haqida 
ma‟lumot” nomi bilan 1793 yilda Gettingen professori Iogann Bekmann 


11 
tomonidan yozilgan. Birinchi tovarshunoslik ma‟lumotnomasi (ma‟lumotnoma) 
ham o„sha davrda (1798 yil) erfrutlik olim G. X. Buze tomonidan yaratilgan.
4. Tovarshunoslik fanining xalqaro miqyosda tanilish davri. Bu davrda 
tovarshunoslik 
fanining 
nazariyasi 
shakllandi. 
Darsliklarda 
tovarlar 
texnologiyasi tushunchalariga emas, balki ularning iste‟mol qiymatiga ko„proq 
e‟tibor berildi. 1933 yilda M. S. Brodskiy va G. R. Korek “Tovarshunoslik 
asoslari”, 1958 yilda N. A. Arxangelskiy “Sanoat mollari tovarshunosligiga 
muqaddima” nomlari bilan oliy o„quv yurtlari talabalariga mo„ljallangan 
darsliklar yozib, bosmadan chiqardilar. 
Germaniyada savdo iqtisodi, sifat tovarshunosligi va savdo jarayonlari 
ixtisoslari bo„yicha diplomli iqtisodchilar tayyorlanadi. Budapesht savdo va 
oziq-ovqat mahsulotlari oliy maktabida o„qitiladigan tovarshunoslik darslarining 
20%i bozorshunoslik faniga oid masalalarga bag„ishlanadi. Bu institutni bitirib 
chiqqanlar “savdo boshqaruvchisi” unvoniga ega bo„ladilar. Varnadagi Xalq 
xo„jaligi instituti sanoat, savdo va nazorat tashkilotlarida ishlash uchun keng 
ixtisosli tovarshunoslar tayyorlaydi. Polshadagi 2 ta institut
-
Krakov va Poznan 
tovarshunoslik institutlari esa 1980 yildan boshlab “injener-tovarshunoslar” 
tayyorlay boshladi.
Shuni qayd qilib o„tish kerakki, Germaniya bilan Polshada 
tovarshunoslik fani keng rivoj topgan. Leyptsig shahrida 1960 yildan buyon har 
yili “Tovarshunoslik yangiliklari” va Krakovda “Tovarshunoslik” nomli ilmiy 
to„plamlar nashr etiladi. 1962 yilda Leyptsigda professor G. Grundke tashabbusi 
bilan oliy o„quv yurtlari tovarshunos o„qituvchilarining birinchi jahon 
konferentsiyasi o„tkazilgan edi. Polshada Iqtisodiy fanlar akademiyasi qoshida 
bir necha tovarshunoslik institutlari bor. Jahonda birinchi marta bu erda 
tovarshunoslik fani bo„yicha ilmiy unvonlar berish ta‟sis etilgan. Polsha va 
Vengriyada tovarshunoslik jamiyatlari ham tashkil qilingan.
Mamlakatimizda xalq iste‟moli tovarlari ishlab chiqarish yildan-yilga 
ko„payib borayotgan bo„lsa ham, lekin ularning assortimenti va sifati, hali aholi 


12 
ehtiyojlarini to„la qondira olmayapti. Ayniqsa go„sht, sut mahsulotlari, sabzavot 
va meva etishtirish juda past darajadadir. Buning asosiy sabablaridan biri oziq -
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi aholi sonining o„sish darajasidan 
birmuncha pastdir. Ikkinchidan, yig„im-terim, hosilni tashish, saqlash va qayta 
ishlash paytida mahsulotlar nobudgarchiligiga yo„l qo„yilishidir. Agar shu 
kamchiliklar bartaraf etilsa iste‟mol resurslarini 20% gacha, mahsulotlarning 
ayrim turlari bo„yicha esa 30% gacha oshirish mumkin ekan. Buning ustiga 
nobudgarchilikni bartaraf etish xarajatlari xuddi shu hajmdagi mahsulotni 
qo„shimcha ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatga qaraganda 2
-
3 barobar 
kam bo„ladi.
Bu mahsulotlardan foydalanish oqibatida iste‟molchilarning zaharlanish 
hollari uchrab turmoqda. Bunday hodisalar ayniqsa O„zbekiston misolida 
ko„proq kuzatildi. shuning uchun ham keyingi yillarda oziq-ovqat 
tovarshunosligi fani oldida yana bir muammo paydo bo„ldi. Bu muammo esa 
oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida qanchalik zaharli moddalar, og„ir 
metallar, tuzlar borligini aniqlashdan iboratdir. Bu esa mutaxassislardan yuqori 
kasbmalakasini talab etadi.
Tovarshunoslik fani ilmiy fan sifatida ijtimoiy ishlab chiqarish haqidagi, 
tabiiy va bir qancha texnik fanlar bilan uzviy bog„langan. Birinchi navbatda 
tovarshunoslik fani fizika, kimyo, biologiya fanlari bilan uzviy bog„liqdir. 
Masalan, 
fizika 
qonunlarini 
bilmasdan 
turib, mahsulot pasterilizatsiya 
qilinganda yoki muzlatilganda uning xususiyatlarida qanday o„zgarishlar riy 
berishini tushunish qiyin. yoki kimyoviy metodlarni qo„llamasdan turib oziq-
ovqat mahsulotlarining tarkibida oqsil, yog„, uglevod, vitaminlar miqdorini 
aniqlab bo„lmaydi. 
Tovarlarning ko„pchiligida mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun 
qulay 
sharoit 
mavjuddir. 
Tovarshunoslik 
fani 
mahsulotlarni 
buzishni 
kuzg„atuvchi mikroorganizmlar, bakteriyalarning ayrim turlari faoliyati haqidagi 
ma‟lumotlarni mikrobiologiya fanidan oladi. Ma‟lumki, oziq-ovqat mahsulotlari 


13 
insonning hayot faoliyatida asosiy rol o„ynaydi. shuning uchun ham 
tovarshunslik fani ovqatlanish gigienasi va fiziologiyasi bilan chambarchas 
bog„langandir.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə