O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Tvorog mahsulotlariga
tvorog xamiri, sirka, tvorogli tort va kremlar 
kiradi. Ular tvorogga shakar yoki tuz, sariyog„ yoki qaymoq qo„shib 


127 
tayyorlanadi. Tvorog mahsulotlari tayyorlashda yog„li yoki yog„sizlantirilgan 
tvorog maxsus mashinalarda bir xil massa hosil bo„lguncha yaxshilab 
aralashtiriladi va unga shakar, yoqimli ta‟m beruvchi xushbo„y moddalar, tuz va 
boshqa mahsulotlar qo„shiladi. Keyin hammasi qorish mashinasida yaxshilab 
aralashtiriladi.
Tvorog xamiri tarkibiga ko„ra shirin, tuzlangan va o„tkir bo„ladi. shirin 
tvorog xamiri yoqimli ta‟m beruvchi va xushbo„y moddalar (tsukatlar, vanil, 
dolchin, mayiz va boshqalar) qo„shilgan va qo„shilmagan bo„lishi mumkin; 
ba‟zida tuzlangan xamirga ham dorivorlar (tmin, qalampir va boshqalar) 
qo„shiladi. shirin tvorog xamiri o„ta yog„li (26, 23 va 20%); yog„li (15 va 14%), 
kam yog„li (7,5 va 7%) va yog„siz turlarga bo„linadi. Tuzlangan tvorog 
xamirining yog„li (17,5 va 15,5%) kam yog„li (8,5%) va yog„siz turlari ishlab 
chiqariladi. O„tkir tvorog xamirida 18% yog„ bo„lib, u tuzlangan tvorog 
xamiriga qattiq shirdon suvli pishloq qo„shib ishlab chiqariladi. Sarxil tvorog 
xamiri sutga o„xshash sarg„imtir oq rangli yoki qo„shilgan moddalar rangida, 
toza sut-qatiq ta‟mi yoki qo„shilgan moddalar ta‟mi va xushbo„yligiga, bir xil 
nafis, surtiladigan konsistentsiyaga ega bo„lishi kerak.
Tvorog kulchaning shirin, sirlangan, tuzlangan va o„tkir turlari ishlab 
chiqariladi. shirin tvorog kulchaga yoqimli ta‟m beruvchi va xushbo„y moddalar 
qo„shiladi. Ular 13,7-16% yog„li va yog„siz qilib ishlab chiqariladi. shokolad 
bilan sirlangan tvorog kulcha tarkibida 17% qand va 23% yog„ bo„ladi. 
Tuzlangan tvorog kulchalar dorivor qo„shilgan yoki ularsiz; yog„li (17,5 va 
15,5% ), kam yog„li (8,5%) va yog„siz turlarga bo„linadi. Qattiq shirdon suvli 
pishloq qo„shilgan tvorog kulcha tarkibida kamida 18% yog„ bo„ladi.
Piyoz, sarimsoq, shuvoq va shu kabi boshqa sabzavot ekinlarining ta‟mi 
aniq sezilib turgan, achchiq sirka, ammiak, juda nordon, sho„r, spirt, mog„or 
hamda boshqa begona ta‟m va hidli, dimiqqan, cho„ziluvchan va yopishqoq; 
konsistentsiyali; sirti qurigan va mog„orlagan; iflos va noto„g„ri joylangan 
tvorog xamiri va tvorog kulchalar savdoga chiqarilmaydi.


128 
Tvorogdan qilingan tort tvorog xamiriga ko„p miqdorda yog„ qo„shib 
tayyorlanadi. Bu xamirga vanilin, shokolad, kofe, yong„oqlar, bodom, tsukatlar 
qo„shiladi. Qo„shilgan narsalarga qarab tvorogli tort - vanilli, shokoladli, kofeli, 
yong„oqli, bodomli, tsukatli bo„ladi. Tortning sirti qaymoqli krem bilan 
bezatiladi. Tort 250, 500, 1000 va 2000 
g
og„irlikda ishlab chiqariladi. Tvorog 
kremi sariyog„, shakar, shokolad va vanilin qo„shilgan yog„li tvorogdan 
tayyorlanadi. U tvorog kulchalari tarkibidagi qandning ko„pligi (kamida 40%) 
bilan farq qiladi. Tvorog kremi ezilgan massaga va surtiladigan konsistentsiyaga 
ega bo„lishi kerak. Kremda kamida 18% yog„ bo„lishi lozim.
Qatiq
qaymog„i olinmagan, yog„sizlantirilgan, pasterizatsiya qilingan
sterilizatsiya qilingan sutlarni, sut achituvchi streptokokklarga bolg„ar yoki 
atsidofil tayoqchalari qo„shib yoki qo„shmasdan achitish no„li bilan 
tayyorlanadi. Sutni achitish 30 - 35°C haroratda 6 soat davom etadi, keyii hosil 
bo„lgap qatiq 3 - 5°C haroratli sovutgich kameralarga joylanadi va u erda 
etilguncha (4 - 6 soat) saqlanadi. Achitilishiga ko„ra qatiq: atsidofil yujniy, 
varenets, oddiy, matsoni (matsun) turlariga bo„linadi.
Tarkibidagi yog„ miqdoriga ko„ra qatiq yog„li (qaymog„i olinmagan 
sutdan tayyorlangan) va yog„siz (yog„sizlantirilgan sutdan tayyorlangan) 
turlarga bo„linadi. Sarxil qatiq sof sut-qatiq yoki qo„shilgan mahsulotlarning 
ta‟miga ega bo„lishi; me‟yorida zich, buzilmaydigan, gaz hosil bo„lmaydigan va 
yuziga shirdon suvi ko„p ajralib chiqmagan, ushatilgan bo„lagi yaltiroq, turg„un 
bo„lishi; rangi sutsimon oq yoki qo„ng„irroq tusli sarg„imtir (varenetsda) bo„lishi 
kerak. Xashak ta‟mi va og„il
hidi yakqol sezilib turgan, kir-chir, shuningdek
achchiq yog„ kislotasi, ammiak, mog„or ta‟mi va hidi keladigan, ko„piradigan, 
3%dan ortiq zardob ajraladigan suyuq konsistentsiyali hamda begona rang olgan 
qatiq savdoga chiqarilmaydi.
Kefir
qaymog„i olinmagan yoki olingan pasterizatsiyalangan sutni kefir 
zamburug„lari, ya‟ni sut achituvchi bakteriyalar va drojji aralashmasi bilan ivitib 
tayyorlanadi. Kefir - sut kislotasi va spirt hosil qilib achiydigan mahsulotdir. 


129 
Mo„ljallanishiga ko„ra kefirning ikki xili: ommaviy iste‟mol uchun va 
shifobaxsh xili bemorlar uchun tayyorlanadi.
Ommaviy iste‟molga mo„ljallangan kefir olish uchun achitilgan sut 0,25 
yoki 0,5 
l
sig„imli
sut butilkalariga quyilib, 14-18 soat mobaynida 20 - 25°C 
haroratda saqlanadi. shifobaxsh kefir ommaviy iste‟mol kefiridan farq qilib, 1-3 
sutka mobaynida saqlanib yetiltiriladi. Yetiltirish muddatiga ko„ra shifobaxsh 
kefir kuchsiz, o„rta va o„tkir kefirlarga bo„linadi.
Kuchsiz kefirning spirti ortig„i bilan 0,2%; nordonligi 90°C gacha bo„lib, 
bir sutka mobaynida etnltiriladi; bu xil kefir oshqozonni bo„shashtiradi. O„rtacha 
kefirning spirti ortig„i bilan 0,4%; nordonligi 505°C gacha bo„lib; ikki sutka 
mobaynida yetiltiriladi. O„tkir kefirning spirti ortig„i bilan 0,6%; nordonligi 
120°C gacha bo„lib, uch sutka mobaynida yetiltiriladi, u oshqozonni 
mustahkamlaydi, ichni qotiradi. Kefir yog„li, yog„siz qilib, ba‟zida S vitamini 
qo„shib tayyorlanadi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə