404
Kuzatuv
— birlamchi axborotlarni doimiy ro‘yxatga olish, ya’ni
jarayon, voqea, harakatlar sezish organlari orqali ko‘rib yozib boriladi.
Eksperiment
— birlamchi axborotlar sodir bo‘layotgan jarayonlarda
tadqiqotchining faol qatnashishi orqali to‘planadigan metod. Eksperi-
ment amaliyot shakli bo‘lib, haqiqiy holatni ifodalashi
tufayli marketing
qarorlarini asoslashga me’yyor — andoza bo‘ladi, shuning uchun ham
ko‘proq ilmiy tadqiqotlar jarayonida o‘tkaziladi.
So‘rov
— biror obyektga va undagi jarayonga oid kishilarning fikr-
mulohazasi,
tafakkuri, dunyoqarashini bilish uchun maxsus anketada
oldindan tayyorlangan savol-javob (test) shaklida o‘tkaziladi.
Marketing strategiyasida ansoff qoidasi
—
marketing nazariyasi va
amaliyotida muhim o‘rin tutadigan bir konsepsiya. Ma’lumki, marketing
strategiyasini ishlab chiqish — korxona (firma, kompaniya) faoliyatiga
nisbatan dasturiy-maqsadli yondashuvdir.
Segmentlash strategiyasi
— barcha guruhdagi iste’molchilar havola
etilgan tovarlar va xizmatlar bilan to‘yinganligi darajasini chuqurlash-
tirish, eng mayda jihatlarni ham qo‘shganda bozor talabining eng
ichkarisini tanlash;
Diversifikatsiya strategiyasi
— shunchaki
tovarlarni tabaqalashtirish
emas, aksincha, mutlaqo yangi va soha firmasi faoliyatining asosiy
turlariga bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatining
yoyilishini ham
qo‘shganda, yangi tovarlarni ishlab chiqarish va ular bilan yangi bozor-
larni o‘zlashtirish.
Baynalmilallashtirish strategiyasi
Dostları ilə paylaş: