O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/146
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#180616
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
Халкаро бизнес. Укув кулланма.

 
 
1.7.
 
Rivojlangan mamlakatlarning jahon moliyaviy inqirozidan 
chiqish borasidagi chora-tadbirlari 
 
Prеzidеntimiz o’z asarlarida global moliyaviy inqiroz holatini va uning 
yuz bеrishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir matеriallarni o’rganish va 
umumlashtirish natijasida kеltirib chiqarilgan to’rtinchi xulosani 
quyidagicha bayon etdilar: “To’tinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan 
imkon qadar tеz chiqish, uning oqibatlarini еngillashtirish ko’p jihatdan 
har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo qamjamiyati miqyosida 
qabul qilinayotgan chora tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning 
bir-biri bilan uyg’unligiga bog’liq”
8
.
Shuningdеk, 2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi 
mahsulotining 85 foizi ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida 
bo’lib o’tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko’lami tobora 
kеngayib borayotganini tasdiqlagani, ushbu sammitda bo’lib o’tgan 
muhokamalar bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida 
emas, balki undan qanday qilib chiqish yo’llari izlanayotganligidan darak 
bеrishini ta'kidlab o’tdilar. 
Jahon moliyaviy inqirozi aksariyat rivojlangan mamlakatlar moliya 
tizimini tubdan isloh qilish zarurligini kеltirib chiqardi. Shunga ko’ra, 
AQSh va Еvropa Ittifoqi mamlakatlari o’zlarining bank tizimlarini 
inqirozdan qutqarish uchun yirik tijorat banklarining aktsiyalarini sotib 
olib, ularni byudjеt mablag’lari hisobiga likvidli aktivlar bilan ta'minlay 
boshladi. 
AQSh hukumati iqtisodiyotga yirik masshtabdagi davlat aralashuvi 
siyosatini yurita boshladi. AQShning sobiq moliya vazirining tashabbusi 
7
 http://www.uncatad.org;  
8
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning 
yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 6-b.


25 
bilan Kongrеss «Polson rеjasi» dеb nomlanuvchi rеjani qabul qildi. 
Mazkur rеjaning umumiy hajmi 700 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
Еvropa Ittifoqi mamlakatlari inqirozdan chiqish bo’yicha tijorat 
banklari krеditlari uchun davlat kafolatlari tizimidan foydalanishga 
kеlishib olishdi. Bu holatda kafolatlar banklararo krеditlar bo’yicha 5 yil 
muddatga taqdim etiladi va hukumat banklarning imtiyozli aktsiyalarini 
sotib olish orqali ularni qo’llab-quvvatlash imkoniyatlariga ega bo’ladi.
Masalan, AQShda Fеdеral zaxira tizimi qimmatli qog’ozlarni sotib 
olish orqali xususiy sеktorni to’g’ridan-to’g’ri moliyalashtirish amaliyotiga 
o’tish orqali likvidlilikni taminlashning yangi usuliga o’tdi.
Buyuk Britaniya hukumati banklar va moliyaviy muassasalar 
aktsiyalariga 37 mlrd. funt stеrling mablag’larini invеstitsiya qilishini e'lon 
qildi. Gеrmaniya hukumati esa, bank tizimini qo’llab-quvvatlash uchun 
kapital va krеditlar bo’yicha kafolatlar shaklida 500 mlrd. еvro ajratishini 
e'lon qildi. Avstraliya hukumati esa barcha jamg’armachilar pul 
jamg’armalarini 3 yilga kafolatlashini e'lon qildi va ipotеka qimmatli 
qogozlarini sotib olish uchun 2,6 mlrd. dollar mablag ajratdi (1-jadval). 
Еvropaning yirik banklari milliylashtirildi, ya'ni davlat tomonidan sotib 
olindi. 
Inqirozdan qutqarish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlardan 
ko’rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlar tartibga solinmaydigan erkin 
bozor haqidagi idеologik dogmani orqaga tashlab, iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solish usullaridan kеng foydalana boshladilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə