O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sug‘urta fakulteti



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/18
tarix22.03.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#184189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
archivetempsugurta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini taminlashda


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


SUG‘URTA FAKULTETI

SUG‘URTA ISHI” KAFEDRASI




MAQSUDOV RAXMON ABDUQAHHOROVICHning

SUG‘URTA KOMPANIYALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA INVESTITSION FAOLIYATNING O‘RNI”


5231200-“Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan




BITIRUV MALAKAVIY ISHI

HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”


“Sug‘urta ishi” kafedrasi mudiri

_____ i.f.n., dotsent I.X.Abduraxmonov


“_______”__________________2016


Ilmiy rahbar __________ k.o‘q. I.Kenjaev
“_______”__________________2016

TOSHKENT-2016



MUNDARIJA


KIRISH ………….………………………………………….....................






SUG’URTA KOMPANIYALARINI

MOLIYAVIY




I BOB. BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY VA







HUQUQIY ASOSLARI.............................................................







1.1

Sug’urta

kompaniyalarida

moliyaviy

barqarorlik




tushunchasining iqtisodiy mazmuni va mohiyati……………….










1.2

Sug’urta

kompaniyalarining

moliyaviy

barqarorlini




ta’minlashning huquqiy asoslari

……….....................................



















1.3

Sug’urta

kompaniyalarining

moliyaviy

barqarorligini




ta’minlashda investitsion faoliyatni tutgan o’rni va ahamiyati…












SUG’URTA_KOMPANIYALARINING_MOLIYAVIY____BOB._RESURSLARI_TARKIBI_VA_UNDAN_FOYDALANISH_YO’NALISHLARINING_TAHLILI_.…………………………..'>SUG’URTA KOMPANIYALARINING MOLIYAVIY



  1. BOB. RESURSLARI TARKIBI VA UNDAN FOYDALANISH YO’NALISHLARINING TAHLILI .…………………………..




2.1

Sug’urta tashkilotlari moliyaviy resurslari tarkibida sug’urta




mukofotlarining o’rni va uning tahlili…………………………..










2.2

Sug’urtalovchi

xarajatlarini

moliyalashtirishda

moliyaviy




resurslardan foydalanish tahlili ………………...………………













SUG’URTA

KOMPANIYALARINING

MOLIYAVIY




III BOB. BARQARORLIGINI

TA’MINLASH

VA

UNI







SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI …………...




3.1

Sug’urtalovchilarning

aktivlarini investitsiya

ob’ektlariga




joylashtirish shartlarini takomillashtirish ……............................










3.2

Sug’urtalovchilar aktivlarini

qimmatli qog’ozlar

bozorida




joylashtirish mexanizmini takomillashtirish masalalari………...












XULOSA......................................................................................................


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………..................


betlar


3
7
7

13


18


25
25

35


40

40


45


54

57



KIRISH


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng sug’urta sohasida tub o’zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiy islohotlar tufayli tarmoqda raqobat asosida faoliyat ko’rsatadigan turli mulk shaklidagi sug’urta tashkilotlari vujudga keldi. Bugungi kunda sug’urta tashkilotlari bozor infratuzilmasining muhim bug’ini sifatida iqtisodiyotni rivojlanishi uchun xizmat qilayapti.

Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda to’laqonli sug’urta bozorini barpo etish va uni barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun yetarli darajada iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratildi. Sug’urta sohasida mavjud bo’lgan davlat monopoliyasiga barham berildi.


O’tgan yillar tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakatimiz rahbariyati va hukumati sug’urta sohasini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga va rivojlantirishga muntazam e’tibor berib kelayapti.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori sug’urta tizimini barqaror faoliyat ko’rsatishi hamda sug’urta xizmatlari bozorini taraqqiy etishi borasida yangi imkoniyatlar yaratdi. Mazkur Qarorga muvofiq, mamlakatda sug’urta sohasining jadal rivojlanishini ta’minlash, aholining sug’urtaga bo’lgan qiziqishini oshirish va sug’urta madaniyatini ko’tarish maqsadida, mol-mulk sug’urtasi bo’yicha aholi va korxonalarning to’lagan sug’urta mukofotlari summasi ularning daromad solig’i bazasiga kiritilmasligi shaklida soliq imtiyozi joriy etildi 1 . Davlatning bosh islohotchi sifatidagi roli sug’urta sohasida ham muhim ahamiyat kasb etayotganligini yuqorida qayd etilgan qaror yaqqol ko’rsatmoqda. Zero, Prezident I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik








  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. – «Xalq so’zi» gazetasi, 2007 yil 11 aprel.

uchun o’tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligini biz o’zimizga aniq belgilab oldik2”.

"Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug’urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2002 yil 31 yanvardagi PF-3022-son Farmoniga muvofiq hamda sug’urta tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish, sug’urta tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va aholining


sug’urta tashkilotlariga bo’lgan ishonchini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2002 yilning 27 noyabrida 413-sonli qaror qabul qildi.


Ushbu qarorga ko’ra, sug’urta tashkilotlari uchun ustav kapitalning eng kam miqdorlariga bo’lgan talab belgilandi. Shuningdek, ular faoliyatini litsenziyalash tartibi ham amaliyotga joriy etildi. Eng muhimi, yuridik shaxslarning ixtiyoriy sug’urta bilan bog’liq xarajatlari ular tovar aylanmasining 2,0 foizi miqorida soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlanadigan bo’ldi.


Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: izchil rivojlanayotgan va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan «Navoiazot», «Farg‘onaazot», «Urganch ekskavator», «Qizilqumsement», «Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyatlari kabi korxonalar, «Aloqabank», «Turonbank» singari banklar, «O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi va boshqa muassasalardagi davlatga tegishli aksiyalar ham savdoga qo‘yildi3.


Shuni alohida qayd qilish lozimki, sug’urta tashkilotlarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish yo’nalishlari o’ziga xos xususiyatga ega. Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari, sug’urta tashkilotini tuzish va uning faoliyat ko’rsatish jarayonida yuzaga keladi. Sug’urta tashkilotlarida moliyaviy resurslar qayta sug’urtalash operatsiyalarini amalga





  1. Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.-T.:O’zbekiston,2009.7 bet.




  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mаmlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlari bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisdagi ma’ruzasi. 2016 yil 16 yanvar.

oshirish jarayonida ham shakllanadi. Hozirgi kunda sug’urta tashkilotida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish mexanizmida qator muammolar mavjud.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə