O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Buxgalteriya hisobining funksiyalari



Yüklə 322 Kb.
səhifə4/9
tarix27.12.2022
ölçüsü322 Kb.
#97954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Buxgalteriya hisobining funksiyalari.

Buxgalteriya hisobi rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish bilan birga boshqaruv funksiyasi ham bor.


Boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi ayrim bir funksiyalarni amalga oshiradi. Ularning asosiysi axborot, nazorat, mulklarning butligini saqlash, analitik funksiyalaridir.
Axborot funksiyasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyati haqida o'z vaqtida, ishonchli axborotga bo'lgan ehtiyoj va unga bo'lgan talab ham oshib bormoqda.
Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste'molchilari uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi va ular asosida boshqaruv va investision qarorlar qabul qilinadi.
Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish manbalaridagi o'zgarishlar, ularning harakati, xo'jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar alohida va umumlashgan holda aks ettiriladi va boshlang'ich hujjatlarda aks ettiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining axboroti ishonchli, xolisona, o'z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste'molchilar uchun samarali bo'lish talabi qo'yiladi.
Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy holatini ko'rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi.
Nazorat funksiyasi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, korxonalar huquqining kengayishi buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasi kuchaytirish talab qilinadi. Buxgalteriya xodimlari turli xildagi resurslardan foydalanishni doimiy nazorat qilishi lozim. Nazorat bu avvalom bor, biznes rejada belgilangan iqtisodiy ko'rsatkichlarni bajarilishini aniqlash jarayoni hisoblanadi.
Belgilangan rejadagi ko'rsatkichlarni haqiqatda erishgan ko'rsatkichlar bilan solishtirish natijasida kerakli tuzatishlar biznes rejaga kiritiladi.
Mulkning butligini ta'minlash. Buxgalteriya hisobini to'g'ri yo'lga qo'yish mulkning butligini ta'minlash, turli xildagi yo'qotishlar va talon-tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: omborxonalar, nazorat-o'lchash asboblari, o'lchash idishlari va boshqalar.
Ushbu funksiyani amalga oshirishning asosiy instrumenti bo'lib, o'z vaqtida va belgilangan tarbida inventarizasiya o'tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobda aks ettirish hisoblanadi.
Tahliliy funksiya. Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot korxona moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu qabul qilingan qarorlarni yaxshilash maqsadida o'rganish jarayonidir.
Hisob funksiyasi korxona xo'jalik faoliyati hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o'zaro bog'langan ifodasidir.

Yüklə 322 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə