O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat istituti huzuridagi bog’ot yengil sanoat texnikumi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə33/84
tarix24.02.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#101446
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
mehnat muhofazasi to\'plam1

7-Mavzu nomi:Korxonada mehnat xavfsizligi talablari
MEHNAT XAVFSIZLIGI TALABLARIGA RIOYA QILISHNI NAZORAT QILISH.
Mehnat muhofazasi bo'yi¬cha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish Quyidagi davlat
tashkilotlariga topshirilgan:
1. O'zbekistan Respublikasi Mexnat vazirligi. Mehnat muhofazasi Davlat texnik nozirligi;
2. Davlat kon texnik nazorati agentligi;
3. Respublika sanepidemstantsiya nazorati;
4. Davlat yong'in nazorati;
5. Davlat energiya nazorati.
I. Mexnat muhofazasi Davlat texnik nozirligi.
Bular korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo'yicha me'yor va qoidalariga rioya
qilish, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga rioya qilish, mehnat qonunchiligiga rioya
qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o'z texnik noziriga ega.
P. Davlat kon texnik nazorati agentligi.
Bu tashkilot bug' qozonlarining to'g'ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk
ko'tarish mashinalari (ko'tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral
quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
III. Respublika sanepidemstantsiya nazorati. Bu tashkilot havoni, suvni va tuproqni
ifloslanishdan ogoxlantirish, shovqin va titrashni yo'qotish, sexlarning sa¬nitariya holatlarini
yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
IV. Davlat yongin nazorati — bu tashkilot yonginga qarshi tadbirlarni, o't o'chirish
vositalarining holatini, yong'in haqida xabar berish vositalarining ishini nazo¬rat qiladi.

V. Davlat energiya nazorati — bu tashkilot korxonalardagi energiya sistemalarining texnik


ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
Hozirgi paytda ko'pgina sanoat tarmoqlari korxonalarida uch pog'onali nazorat keng joriy
qilingan:
I pog'ona — har kuni usta jamoatchi nozir bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib
chiqishadi. Uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko'rishadi.
II pog'ona — har hafta sex boshlig'i katta jamoatchi nozir bilan birgalikda sexdagi ish
joylarini aylanib chiqishadi. Uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko'ri¬shadi.
III pog'ona — har oyda bir marta korxona bosh muxandisi mehnat muhofazasi muxandisi bilan
birgalikda shu ish joylarini aylanib chiqishadi. Bu nazorat bo'yicha korxonada qaror chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari
bajarilishining oliy nazorati O'zbekistan Respublikasi Mehnat vazirligiga yuklatilgan.
MEHNAT MUHOFAZASI QONUNLARI BUZILGANLIGI UCHUN JAVOBGARLIK TURLARI
Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me'yorlarining buzilishi uchun qat'iy
javobgarlik belgilaydi. Javobgarlik turlari (3 turlidir):
1. Ma'muriy javobgarlik (uyaltirish, hayfsan e'lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past
darajali ishga o'tkazish, imtiyozlarni cheklash).
2. Jinoiy javobgarlik. O'zbekistan Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksiga binoan olib
boriladi. Masalan:
- qoidaning buzilishi baxtsiz xodisaga olib kelsa, bir yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki
ozodlikdan maxrum qilish yoki besh minimal ish haqi mikdorida jarima yoki ishdan bo'shatish
choralari qo'llanadi;
- qoidaning buzilishi tan jarohatiga yoki mehnat qobiliyatini yuqotishga olib kelsa, 3 yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish yoki bir yilgacha axloq tuzatish choralari qo'lla¬nadi;
- qoidaning buzilishi kishining o'limiga yoki bir necha kishining og'ir tan jarohatiga sabab
bo'lsa, 5 yilgacha ozod¬likdan maxrum bo'lishi mumkin;
- korxonadan chiqayottan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanishi uchun 1
yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki besh minimal ish haki miqdoricha jarima to'lanadi.
3. Moddiy javobgarlik.
Qonunsiz ravishda ishdan bo'shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy kasallik tufayli
jabrlangan kishiga to'lanadigan hakni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman yoki to'liq undirib
olish.





Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə