O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat istituti huzuridagi bog’ot yengil sanoat texnikumi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə65/84
tarix24.02.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#101446
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
mehnat muhofazasi to\'plam1

18-Mavzu nomi: Yong’in xavfsizligi .Yong’inning oldini olishning
asosiy vazifalari
REJA:
1.Yong‘in xavfsizligi tizimiga qo‘yilgan talablar
2. Yong’inning oldini olishning asosiy vazifalari

Yong‘in - bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.


Obyektning yong‘in xavfliligi deganda, uning yongin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi.
Obyektning yong‘in xavfsizligi deganda, belgilangan me’yorlar va talablar asosida obyektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli faktorlarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, obyektdagi materiallar to‘liq himoyalangan holati tushuniladi.
Yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida material boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin. Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, kislorodning kam konsentratsiyada bo‘lishi, qurilish konstruksiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, portlashdagi to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar hamda zararli moddalar va b.
Yuqorida keltirilgan omillarning xavfi ilik darajasi birinchi navbatda yong‘inning davomiylik vaqtiga bog‘liq bo‘ladi va u qu- yidagi ifoda orqali aniqlanadi:

Tc=N/u
3


bu yerda, N - yonuvchi moddalar miqdori, kg/m ; V -3

Agar binoda turli xil qattiq va suyuq materiallar hamda moddalar mavjud bo‘lsa, yong‘inning davomiylik vaqtini quyidagicha aniqlash mumkin:



e
Sr ( 8± + 8 2 + + 8 m )
6So П1 n2 nm ’ bu yerda, gi, g2 ... gm - turli xil yonuvchi mahsulotlarning miqdori, kg/m ;
Sx - binoning yuzasi, m2.
So - binodagi derazalarning yuzasi, m2;
6 - bino yuzasining bino derazalari yuzasiga nisbati, Sx/So =4...i0;
ni,n2,...nm - modda va materiallarning yonish tezligini hisobga olish koeffitsiyenti, kg/m soat.
Ushbu koeffitsiyent benzin uchun - 15; rezina, orgsteklo uchun - 35; avtomobil shinasi uchun - 40; yog‘och materiallar uchun- 65 ga teng deb qabul qilinadi.
Ma’lumki, yong‘inni o‘chirishga nisbatan uning oldini olish ham oson, ham foydalidir. Shu sababli, har bir mutaxassis, har bir xodim ishlab chiqarishdagi yong‘in sabablarini bilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilishi va yong‘inning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga bog‘liq holda obyektning yong‘in xavfsizligi - yong‘inning oldini olish tizimi, yong‘inga qarshi himoya tizimi, yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanadi.
Yong‘in xavfsizligi tizimiga qo‘yilgan talablar
Yong‘inning oldini olish tizimi - yong‘in sodir bo‘lish sha- roitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidan iboratdir.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko‘proq yon- maydigan va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘inga xavfli qurilmalar o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish yoki ularni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oishiriladi.
Yonuvchi muhitda yong‘inga olib keluvchi manbaning hosil bo‘lishini oldini olish esa ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to‘liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, kimiyoviy hamda mikrobiologik usulda o‘z-o‘zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong‘inga qarshi tadbirlarni to‘liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Yong‘inga qarshi himoya tizimi - yong‘in o‘chirish jihozlari va texnikalaridan, yong‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan, yong‘in signalizatsiyasi va yong‘in o‘chirish tizimining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, obyektning konstruksiyalari va materiallariga yong‘indan himoyalovchi tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov berish, tutunga qarshi himoya tizimlari, evakuatsiya yo‘llari bo‘lishini ta’minlash, binoning yong‘in mustahkamliligi darajasini to‘g‘ri tanlash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi -
yong‘inga qarshi to‘siqlarni o‘rnatish, qurilmalar va inshoot- larda avariya holatida o‘chirish hamda qo‘shish jihozlaridan va yong‘indan to‘suvchi vositalardan, yong‘in vaqtida yo- nuvchi suyuqliklarning to‘kilishini oldini oluvchi vosita­lardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavf- sizligi bo‘yicha obyektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o‘qitish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar va aholi o‘rtasida turli xil tadbirlar o‘tkazish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
Yong‘in va portlashning sabablari
Yong‘inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
Yong‘inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda
chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yong‘in xavfsizligi bo‘yicha texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik (masalan, so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakka suv aralashsa, harorat 800oC gacha yetishi mumkin); statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalan-maslik; atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilma- lardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 А tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ularni zo‘riqtirish; isitish tizimlaridan noto‘g‘ri foydalanish; bug‘ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi; ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug‘ hamda changlarni me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar.
Yonish jarayonining mohiyati
Yonish - murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo‘lib, и yonuvchi modda yoki material bilan havo tarkibidagi kislorodning o‘zaro reaksiyasi ta’sirida yuzaga keladi. Yonish sodir bo‘lishi uchun albatta, yonuvchi material, kislorod va yonish manbasi bo‘lishi lozim Agar havo tarkibida kislorod miqdori 14% dan kam bo‘lsa, yonish jarayoni susayadi, kislorod miqdori 10% bo‘lganda esa tutash, burqisish yuzaga keladi. Kislorod miqdori 8% bo‘lganda esa tutash ham to‘xtaydi.
Yang‘in manbasini ikki turga ajratish mumkin, ya’ni ochiq (alanga, uchqun, qizigan buyumlar va b.) va yashirin (kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori, mikrobiologik jarayonlar adsorb siyasi, adiabatik siqilishlar, ishqalanish, zarba va b.).
Yong‘inni o‘chirishning mohiyati, yuqorida ta’kidlangan uchta yonish jarayonining tashkil etuvchilarini o‘zaro ta’sirini to‘xtatish-dan iboratdir.
Haroratining o‘zgarishi natijasida materialning erishi, bug‘lanishi ro‘y beradi. Harorat oshgandan so‘ng
oksidlanish jarayoni yuzaga keladi va oksidlanish reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ta’sirida harorat tez o‘sadi. Tutoqish, o‘t olish haroratida esa butun material tutashi kuzatiladi va nihoyat alangalanish boshlanadi. Bu vaqtda tashqi manba olinganda ham yonish davom etadi. Tutoqish, o‘t olish harorati yonuvchi moddaning eng past harorati bo‘lib, bunda buyumning ustida gaz va bug‘lar hosil bo‘ladi hamda ular tashqi manba ta’sirida alanga-lanadi. Lekin ularni hosil bo‘lish tezligi, manbasiz yonish jarayonini kechishi uchun kam hisoblanadi. Alangalanish haroratida esa yonuvchi material tashqi manba ta’sirisiz ham yonadi. Shu sababli, har doim o‘t olish harorati alangalanish haroratidan kichik bo‘ladi.
Materialga issiqlik (yonish manbasi) ta’sir etgan vaqtdan alan- galanish davrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i induksiya davri deb ataladi.
Ayrim moddalar yoki materiallar ma’lum haroratda o‘z-o‘zidan alangalanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ularning bu xususiyati havoning ta’sirida, suvning ta’sirida va materiallarning (moddalarning) o‘zaro ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Alangalanish haroratiga bog‘liq holda yong‘inga xavfli suyuqliklar tez alangalanuvchi (TAS) va yonuvchi suyuqliklarga (YoS) bo‘linadi. TASlarning bug‘lari 45oC haroratda, yonuvchi su-yuqliklar esa 45oC dan yuqori haroratda alangalanadi. O‘z-o‘zidan alangalanish harorati turli xil materiallar va moddalarda turlicha bo‘ladi, masalan, kerosin 250-265oC, benzin А-66 255oC, dizel yoqilg‘isi DZ- 240oC va h.k.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə