O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi bog`ot yengil sanoat texnikumi tarash va qayta tarash mashinalari texnologi ishlari o’quv amaliyotidan kafedra nomi



Yüklə 9,93 Mb.
səhifə11/18
tarix28.03.2023
ölçüsü9,93 Mb.
#103437
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
chiqarish kerak

Tarashga ta’sir etuvchi omillar.


  1. Garniturlarning holati. Garniturlarni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Tolaning uzunligi, iflosligiga qarab garnitura nomeri tanlanadi. Garniturani charxlab, o‘tkirlab turish shart, ayniqsa shlyapkalarni.

  2. Razvodka. Tavsiya qilingan razvodka o‘rnatilsa, tarash jarayoni samarali bo‘ladi.

  3. SHlyapkalarning harakat yo‘nalishi.

Vshlyapka =60100 mm/min. To‘g‘ri harakatlanganda.
Vshlyapka =2640 mm/min. Teskari harakatlanganda.

  1. Baraban tezligi.

Bosh barabanning tezligi tolalarning taralish sifatiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin tarash jarayonini boshqarishda bu omil katta ahamiyatga ega.


9-Mavzu Tarash jarayonida pilta shakllantirish jarayonini o‘rganish

Tarash mashinasining ajratuvchi baraban sirtidagi tolali katlam


(taram) ajratuvchi valik, ezuvchi vallar, zichlagich, cho‘zish asbobi yordamida piltaga aylantirilib sungra pilta taxlagichda tazga joylanadi.
TS-03 tarash mashinasida taramni ajratish tizimi takomillashgan bo‘lib, taram ajratuvchi barabandan Webspeed pilta shakllantiruvchi moslamaga avtomatik yo‘naltiriladi. Webspeed taramni bir joyga to‘plab uni o‘lchovchi zichlagichga yunaltiradi.





1-ajratuvchi baraban, 2-ajratuvchi valik, 3-Nepcontrol moslamasi, 4-ezuvchi vallar, 5-taramni ko‘tarib turuvchi lotok, 6-pilta shakllantiruvchi Webspeed qurilmasi,
7-datchik, 8-jipslovchi vallar.



Nepslar miqdorini aniqlovchi Nepcontrol TC-NCT qurilmasini ajratuvchi baraban zonasida yo‘naltiruvchi profil o‘rniga o‘rnatish mumkin.
Bu moslama nepslar miqdori, xas-cho‘p, iflosliklar va maydalangan chigit bo‘laklarini aniqlab boshqarish tizimiga axborot uzatadi.
Ezuvchi vallar
Tolali taram tarkibida tozalanmay qolgan iflosliklar va xas-cho‘plarni ezuvchi vallar katta kuch ta’sirida maydalaydi, ularning tola bilan ilashish kuchi kamaytiriladi. Natijada maydalangan xaslar cho‘zish asbobigacha o‘z og‘irligi bilan tushib ketadi. Ezuvchi vallar diametri 76 mm bo‘lib, qattiq po‘latdan tayyorlanadi va sirti nikelь yoki xrom bilan qoplanadi. Ularning aylanishdagi chayqalishi 0,01 mm dan oshmasligi kerak.
Zichlagich
Tolali taramdan pilta shakllantirish zichlagichlar yordamida amalga oshiriladi. Zichlagich taralgan tolalarni (taramni) bir joyga (markazga) yig‘adi va harakat yo‘nalishi bo‘ylab zichlashishiga xizmat qiladi. Zichlagichlarning konstruksiyasi turlicha bo‘lib, ularning takomillashgani mahsulot qalinligini o‘lchash va nazorat qilish funksiyalarini ham amalga oshiradi. Eng muqobili ellips shaklidagi uzaytirilgan zichlagichlar hisoblanadi.





1-pilta, 2-o‘lchovchi zichlagich, 3- o‘lchovchi richag, 4- signal o‘zgartirgich,
5-datchik.

Yüklə 9,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə