O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi bog`ot yengil sanoat texnikumi tarash va qayta tarash mashinalari texnologi ishlari o’quv amaliyotidan kafedra nomi


-Mavzu Qabul barabani uzeli va bosh barabanning ishlashini o‘rganish



Yüklə 9,93 Mb.
səhifə8/18
tarix28.03.2023
ölçüsü9,93 Mb.
#103437
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
chiqarish kerak

6-Mavzu Qabul barabani uzeli va bosh barabanning ishlashini o‘rganish

Avvalgi tarash mashinalarining qabul barabani uzeli ta’minlovchi silindr, ta’minlovchi stolcha, nuqson ajratuvchi pichoq, panjaralar va ishchi juftliklardan iborat bo‘lgan. Hozirgi tarash mashinalarida Sensofeed va Webfeed tizimlardan iborat bo‘lgan qabul barabani uzeli ishlatilmoqda.


Qabul barabani uzelida quyidagi vazifalar bajariladi:
- tolalar tutamini dastlabki tarash;
- xas cho‘plarni va nuqsonlarni ajratish;
- taralgan tolalarni bosh barabanga uzatish.

Qabul baraban qismini tuzilishi va ishlashi


Tarash mashinalariga ta’minlash qismidan uzatilayotgan tolalar guruhlarga birikkan bo‘lakchalardan iborat qatlam holatida bo‘ladi. Ushbu bo‘lakchalarni yanada mayda bo‘lakchalarga va alohida tolalarga ajratishdan so‘ng sifatli taralishi mumkin. Shuning uchun barcha tarash mashinalarida dastlabki tarash qismlari mavjud. Bunday qismlarni qabul barabani yoki dastlabki tarovchi deb yuritiladi.
Shlyapkali va kichik o‘lchamli tarash mashinalarining qabul barabani qismi ta’minlash moslamalari, ta’minlovchi stolcha, ta’minlovchi silindr, qabul qilish (bazan 2-3 ta) barabani, baraban ostiga o‘rnatilgan pichoq, ishchi juftlardan iborat.
Mashinaning bu qismida tolali mahsulotni dastlabki, dag‘al tarash amalga oshiriladi. Qabul barabani tolalar bo‘lakchalarini 80% ni alohida tolalarga, qolganlarini juda kichik bo‘lakchalarga ajratib beradi. Bu qismda tolalardagi qolgan xas-cho‘p va nuqsonlarni 70-85 foizi ajratib chiqariladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib qabul barabani qismida bajariladigan vazifalarni quyidagicha ta’riflash mumkin:
- ta’minlovchi silindr uzatayotgan tolalar tutamini tarash;
- xas-cho‘p va nuqsonlardan tozalash;
- tolalarni bosh barabanga uzatish.
Ta’minlovchi silindr 2 sekin aylanib tolali qatlamni ta’minlash stolchasi 1 ga qisgan holda qabul barabani 3 tomonga uzatadi va bu qatlam stolchaning ishchi qirrasida tutam shaklida osilib turadi. Bu tutamga silindr tezligidan bir necha ming marta (15000 gacha) tez harakatlanadigan qabul barabanining tishlari asta botib kirib uni taraydi-alohida tolalar va tutamchalarga ajratadi. Tolalardagi nuqson va xas-cho‘pni ilashish darajasi ham kamayadi. Tolalarni qabul barabani tishlari o‘zida ilib qolgan holda baraban ostidagi pichoq 4 ga uradi. Zarba ta’sirida tolalar tozalanadi. Pichoqlar va panjara 5 bir vaqtning o‘zida tolani barabandan tushib ketmasligini ta’minlaydi.

Tarash mashinasining qabul barabani qismi

Qabul barabanlar soni 2 ta bo‘lganda navbatdagisi uzatuvchi baraban 7 deb yuritiladi. Nuqsonlar hosil bo‘lishini oldini olish uchun tolalarni barabandan - barabanga to‘la o‘tishini ta’minlash zarur. Baraban ostiga tolalarni tarash darajasini oshirish uchun bir juft valik 6 va 8 o‘rnatilgan. Bu juft ishchi juft deb yuritiladi. Qabul barabanidagi tolalar nisbatan sekin harakatlanayotgan ishchi valik tishlari ta’sirida qo‘shimcha taraladi. Tolalarni bir qismi ishchi valikga o‘tadi. Bu tolalarni tozalovchi valik qaytadan qabul barabaniga uzatadi.


Qabul barabani tishlari ta’minlovchi silindr qisib turgan tolalar tutamiga kirganda tutam tutib turilishi uchun ta’minlash stolchasi ishchi qismi o‘ziga xos geometrik ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim. Qabul barabani tarashni boshlaganda tolani uzilib ketmasligini ta’minlash uchun stolcha qirralarining o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash kerak. Agar silindr qisib turgan tutamda tola ikki uchidan qisilib, asosiy qismi halqa holatida stolchada tursa va bu tola halqasiga barabanning tishi ta’sir etsa, u muqarrar uziladi. Shuning uchun silindrni qisish chizig‘idan qabul barabanining tishi ta’sir eta boshlanadigan nuqtagacha bo‘lgan masofa tola uzunligidan kamida ikki marta ortiq bo‘lishi zarur ya’ni: .
Biroq, tola yaxshi tekislanmaganligini inobatga olib (xolstda bu ko‘rsatkich taxminan ) masofani quyidagi shartga moslab tanlash zarur.
Bosh baraban tolalarni harakat yo‘nalishi bo‘yicha shlyapkalarga uzatadi. Bosh baraban va shlyapkalar garniturasi tishlari orasida asosiy tarash jaraѐni sodir bo‘ladi. Bu erda tola bo‘lakchalari alohida-alohida tolalarga ajratiladi, nuqsonlar, mayda iflosliklar va kalta tolalar ajraladi tashlanadi. Bosh baraban va shlyapkalar birga ishlaganda bosh baraban sirtida qatlam hosil bo‘ladi va u ishchi qatlam deb yuritiladi. Bu qatlam ajratuvchi barabanga bosqichma-bosqich o‘tadi (bir qismi oldin, qolgani keyin). Bosh baraban bilan shlyapkalar orasida razvodka kichik bo‘lgani uchun kalta tolalar bilan birga xas cho‘plar ham shlyapkalarga o‘tadi. SHlyapkalar sirtiga yarim qattiq garnituralar qoplangan bo‘lib, uzluksiz zanjirga mahkamlanadi. Garnitura ignalarining uchlari maxsus dastgohda charxlanib indikatorda tekshiriladi. Bosh barabandan uzatilgan tolalar ajratuvchi baraban sirtida
zichlanadi. Bunga sabab ajratuvchi baraban sirtidagi garnitura tishlarining oralik masofalari kamligi xamda ajratuvchi baraban aylanish tezligi bosh baraban tezligiga nisbatan sekin bulganligi sabab bula oladi. Ma’lum bir kuch ta’sirida tolalar bosh baraban va ajratuvchi baraban garnituralari orasiga joylashadi va ajraladi. Bosh baraban sirtida kolgan tolalar koldik katlamni xosil kiladi. Bosh baraban sirtida kolgan koldik katlam asosiy tarash organlari ya’ni bosh baraban garnituralari xamda shlyapka tishlarini zurikishiga olib keladi, lekin bunda tolali maxsulot tozalanish va tekislanish darajasi yukori buladi. Koldik katlamni kamaytirishning kuyidagi yullari aniklangan: -bosh barabanda arra metall tishli tasmalardan foydalanish;
-shlyapka va bosh baraban, xamda bosh baraban bilan ajratuvchi baraban orasidagi tirkishni kamaytirish;
-ajratuvchi baraban aylanish tezligini va diametrini oshirish; Elastik garnitura bilan koplangan bosh barabanning kuyi sirti bilan kabul xamda ajratuvchi baraban oraligida katlam xosil buladi,bu erda —tarash jaraѐnidan baraban sirtidan ajratib olinadigan tola katlami. Ushbu katlam mikdori uzgaruvchan buladi. Tarashdan sung, ya’ni baraban garnitura butunlay tozalangandan keyin, bu katlam ma’lum tezlikda ortib boradi, lekin keyinchalik kamayib boradi , 15-20 dakikadan sung katlamning uzgarishi doimiy buladi. ning ortishi ni kamayishiga olib keladi, shunda umumiy xolat kuyidagicha buladi doimiy mikdorni bir xil saklab turishni ta’minlaydi.
Arra tishli metall tasma bilan koplangan bosh baraban sirtida taram
mikdorida juda kam buladi, barabanning sirtida asosan koldik taram
katlami mavjud buladi. Elastik garnitura bilan koplangan bosh baraban sirti kabul barabani xamda shlyapkalar oraligida katlam xosil buladi, bu erda - kabul barabani sirtidan bosh baraban sirtiga utkaziladigan tola katlami. Katta o‘lchamli tarash mashinalarida o‘rnatilgan 110 ta shlyapkadan 39-41 tasi ishchi bo‘lib, tarashda ishtirok etadi, kichik o‘lchamli mashinalarda esa 72 tadan – 24 tasi tarashda ishtirok etadi. Katta o‘lchamli xorijiy mashinalarda o‘rnatilgan 80 ta shlyapkadan 30 tasi ishchi hisoblanadi. Asosiy tarash zonasini shartli ravishda uchta tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Dastlabki tarash qismi qabul barabani – bosh
barabandan shlyapkagacha hisoblanib unda tolali mahsulot shlyapkada tarashga
tayѐrlanadi. SHlyapkada tarash qismida asosiy tarash amalga oshiriladi.
YAkuniy tarash qismida tolalarning alohidaligi va ularning orientatsiya
holatini saqlab qolish vazifasi bajariladi.__.


Yüklə 9,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə