O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N


O‘zbekiston yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotining ho‘jaliklar toifasi bo‘yicha tuzilishidagi o‘zgarishi (%%)



Yüklə 6,68 Mb.
səhifə44/165
tarix27.04.2023
ölçüsü6,68 Mb.
#107102
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   165
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T

O‘zbekiston yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotining ho‘jaliklar toifasi bo‘yicha tuzilishidagi o‘zgarishi (%%)



Ho‘jalik guruhlari

1997

1999

1997

1999

1999 y-1997 y farqi




di0

di1

(di- )

(di- )2

(di- )

(di- )2

(di1-dio)

(di1-dio)2

dehqon xo‘j.
shirkat xo‘j.
fermer xo‘j.

56,6
40,2
3,2

60,7
34,9
4,4

23,3
6,9
-30,2

542,9
47,6
912,0

27,4
1,6
-29,0

750,8
2,6
841,0

4,1
-5,3
1,2

16,8
28,1
1,4

Jami

100

100

60,4

1502,5

58,0

1594,4

10,6

46,3





Demak, 1999 yilda 1997 yilga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ho‘jaliklar toifasi tuzilishida deyarlik o‘zgarish bo‘lmagan.
Ammo bunday guruhlashni natijaviy belgi (yoki belgilar) asosida ham bajarish mumkin. Bu holda ayrim guruhlar uchun omil belgilarning ko‘rsatkichlari (qiymatlari) hisoblanadi. Bunday guruhlash qanday omillar ta’siri ostida natijaviy belgi shakllanayotgani, ular orasidan qaysi omillar ustunroq rol o‘ynayotgani va qaysi birlari salbiy ta’sir etayotganini kuzatish imkonini beradi. Ammo lekin natijaviy belgi asosida tuzilgan guruhlashlar barcha omillar harakati va ta’sir kuchi haqida to‘g‘ri ma’lumot bermaydi, chunki omillar bevosita natijaviy belgiga ta’sir etishi bilan bir qatorda bir birlari bilan ham o‘zaro bog‘langandir, oqibatda ijobiy omillar ta’sir kuchi salbiy omillar hisobiga qirqilib sustlashadi. Shuning uchun bunday guruhlashlarni omil belgilar asosida guruhlashlar bilan birga olib borish kerak.


5.4. Oddiy va murakkab guruhlash



Oddiy yoki bir o‘lchamli guruhlash bir belgi asosida, murakkab yoki ko‘p o‘lchamli guruhlash ikki va undan ortiq belgilar asosida tuziladi.

Guruhlash bir yoki bir necha belgilar asosida tuzilishi mumkin. Bir belgi asosida tuzilgan guruhlash oddiy yoki bir o‘lchamli, ikki va undan ortiq belgilar asosida qurilgan guruhlash murakkab yoki ko‘p o‘lchamli guruhlash deb ataladi. Bir omil belgi asosida tuzilgan analitik guruhlash o‘rganilayotgan omil bilan natijaviy belgi orasidagi bog‘lanishni aks ettirsa ham, ammo bu bog‘lanish sof holda yuzaga chiqmaydi, chunki omilning o‘zi boshqa omillar ta’siri ostida shakllanadi va shu sababli natijaviy belgi o‘zgaruvchanligi bevosita o‘rganilayotgan omil ta’siridan tashqari yana yot «shovqin»ga ham bog‘liqdir. Bu masalani oydinlashtirsh uchun quyida 50 mikro firmalar va kichik korxonalarning ishchilar soni va ularning o‘rtacha ishlash stajiga qarab guruhlash jarayoni tasvirlangan (5.2-jadval).



Yüklə 6,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə