O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N


Namangan shahar bozorlaridagi narx-navolar



Yüklə 6,68 Mb.
səhifə147/165
tarix27.04.2023
ölçüsü6,68 Mb.
#107102
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   165
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T

Namangan shahar bozorlaridagi narx-navolar





Mahsulot nomi



O‘lchov birligi



Sotilgan miqdori

1 birlik narxi (mln.so‘m)

May

Iyun

May

Iyun

Go‘sht

T

400

500

2,0

1,8

Kartoshka

T

600

450

0,12

0,15

Erkaklar ko‘ylagi

Ming dona

50

50

5,0

5,0

Ayollar tuflisi

Ming juft

30

35

18,0

15,5

12-jadval ma’lumotlariga asosan Namangan shahar bozorlari uchun narxlar, savdo jismoniy hajmi va tovar aylanmasi Paashe agregat indekslarini hisoblang.





  1. Laspeyresning bazis vaznli agregat indekslari haqida nimalarni bilasiz? 12.9-jadval ma’lumotlariga asosan Namangan shahar bozorlari uchun narxlar, savdo jismoniy hajmi va tovar aylanmasi agregat indekslarini Laspeyres usulida hisoblang! Olingan natijalarni Paashe indekslarni hisoblash yakunlari bilan taqqoslab, farqlarini tushuntirib bering.

  2. Edjuart-Marshall agregat indekslarni qanday tuziladi? Ular qanday xususiyatlarga ega?

  3. 12-jadval ma’lumotlari asosida Edjuart-Marshall usulida narxlar, sotish jismoniy hajmi va tovar aylanmasi indekslarini hisoblang.

  4. Indeks test nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering.

  5. 12-jadval ma’lumotlariga ko‘ra Fisher usulida narxlar, sotish jismoniy hajmi va tovar aylanmasining umumiy indekslarini hisoblang.

  6. Vaznli o‘rtacha indekslar haqida nimalarni bilasiz? Ularni mustaqil indekslar shakli ekanligini asoslab bering.

  7. Vaznli arifmetik o‘rtacha indeks qanday tuziladi va qachon qo‘llanadi? Vaznli garmonik o‘rtacha indeks-chi? Vaznli geometrik o‘rtacha indeks bo‘lishi mumkin-mi?

  8. Namangan shahar bozorlari uchun umumiy narxlar va savdo jismoniy hajmi indekslarini vaznli arifmetik o‘rtacha va vaznli garmonik o‘rtacha indekslar shaklida hisoblash uchun 12-jadval ma’lumotlarini qanday tartibda qayta ishlab chiqish kerak?

  9. Iste’mol indekslar deganda nimani tushunasiz? Ularni hisoblashda statistika fanining qanday usullari va indekslarning turlari qo‘llanadi?

  10. Iste’mol savati nima? U qanday tartibda tuziladi?

  11. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi indekslari qanday tartibda tuziladi va indekslarning qaysi turlariga tayanadi?

  12. Real YaIM va YaIM deflyatori haqida nima ayta olasiz? Ular qanday tuziladi?

  13. Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini xarid qilish narxlari indekslari haqida nimalarni bilasiz? Ularni hisoblash tartibini tushuntirib bering.

  14. Qurilish smeta narxlari (qiymati) va investitsiyalar jismoniy hajmi indekslari nima va ular qanday tartibda tuziladi?

  15. Transport va boshqa xizmatlar tarif indekslari haqida nimalarni bilasiz?

  16. Sovet tuzumi davrida yaratilgan va hozirgi zamonda ham chop etilayotgan o‘quv qo‘llanmalarda «agregat indekslar umumiy indekslarning asosiy shakli, sifat ko‘rsatkichlar uchun ularni Paashe usulida (joriy vazn bilan), miqdoriy ko‘rsatkichlar uchun esa – Laspeyres usulida (bazis vazn bilan) tuzish kerak» degan uslubiy qoida keng targ‘ib etiladi. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi? O‘z qarashingizni isbotlab bering.

  17. O‘zaro bog‘langan indekslar tizimi nima? Bunday indekslar qanday bog‘lanish turkumi (tipi)ni ifodalaydi? Additiv tipdagi bog‘lanishni indeks usulida o‘rganib bo‘ladimi?

  18. Iste’mol narxlari va sanoat ishlab chiqarish indekslariga haqiqiy ma’lumotlar asosida misollar tuzib yeching. Olingan natijalarni izohlab bering.

  19. 2001 yil mart oyida O‘zbekiston iqtisodiyoti nominal ish haqi (hisoblangan haq) fevral oyiga nisbatan 6,4% ko‘paygan, iste’mol narxlari indeksi esa 2,9% oshgan. Real ish haqi qanday o‘zgargan?

  20. 2001 yil birinchi choragida nominal (joriy narxlar) YaIM O‘zbekistonda o‘tgan yil birinchi choragiga nisbatan 57,3% oshgan, ishlab chiqaruvchilar narxi indeksi esa 57,2% ko‘paygan. Real YaIM qanday o‘zgargan? Ushbu davrda O‘zbekiston aholisi 1,1% ko‘paygan. Jon boshiga real YaIM qanday o‘zgargan?




Yüklə 6,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə