O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N


Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 6,68 Mb.
səhifə146/165
tarix27.04.2023
ölçüsü6,68 Mb.
#107102
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   165
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T

Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



  1. Indeks deganda nimani tushunasiz?

  2. Indeks usulining funksiyalari nimalardan iborat?

  3. Indeksning qanday turlarini bilasiz?

  4. Indekslar yordamida qanday masalalar yechiladi?

  5. Indeks usuli yordamida qanday jarayonlar o‘rganiladi?

  6. Indekslarning nisbiy miqdorlardan farqi bormi? Bor bo‘lsa ularni ko‘rsatib bering.

  7. Joriy davr va joriy ko‘rsatkich nima? Bazis (zaminiy) davr va ko‘rsatkich-chi?

  8. Yakka indeks deganda nimani tushunasiz?

  9. Yakka indekslarning qanday turlarini bilasiz?

  10. Yakka indekslarga qanday xususiyatlar xos?

  11. Guruhiy indekslar nima? Ular qanday xususiyatlarga ega?

  12. 12. Guruhiy indekslarga misollar keltiring.

  13. Guruhiy indekslar qanday shakllarda tuziladi?

  14. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida shartnoma asosida o‘qiydigan talabalar uchun bir yillik o‘qish haqi quyidagicha bo‘lgan:

1-jadval

TDIUda bir yillik o‘qish haqi





O‘qish shakllari



Bir yillik haq
(ming so‘m)

Talabalar soni

2001/2002

2000/2001

2001/2002

2000/2001

Bakalavriat:













Kunduzgi

310,0

240,0

2907

2517

Sirtqi

130,0

100,0

1995

1984

Ikkinchi soha

155,0

120,0

1146

1154

Magistratura

340,0

260,0

642

414

O‘qish haqi uchun yakka indekslarni, guruhiy indekslarni (bakalavriat va magistratura uchun alohida) va umumiy indekslarni hisoblang.



  1. Umumiy indeks deganda nimani tushunasiz?

  2. O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish oldingi yilga nisbatan oshgan (foiz):

1996

1997

1998

1999

2000

6,3

6,5

5,8

6,14

6,4

1995 yilga nisbatan har qaysi yil sanoat ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgargan?



  1. 2000 yilda O‘zbekistonda qishloq ho‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1995 yilga nisbatan 13,7% oshgan, 1997 yilga nisbatan esa 12,4% oshgan. 1997 yilda 1995 yilga nisbatan u qanday o‘zgargan?

  2. 1995 yilga nisbatan O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1998 yilda 11,7%, 2000 yilda esa 21,1% ko‘paygan. 2000 yilda 1998 yilga nisbatan u qanday o‘zgargan?

  3. O‘rtacha vaznsiz indekslarning qanday turlarini bilasiz? Ular qanday xususiyatlarga ega?

  4. Karli arifmetik o‘rtacha vaznsiz indeksi qanday tuziladi va qachon qo‘llanadi? Garmonik o‘rtacha vaznsiz indeks-chi? Geometrik o‘rtacha vaznsiz indeks-chi?

  5. Dyuto vaznsiz umumiy indeksi qanday tartibda tuziladi va qachon qo‘llanadi?

  6. Agregat indekslar nima? Ular qanday tartibda tuziladi?

  7. Agregat indekslarni tuzishda vazn masalasi nima uchun tug‘iladi va qanday yechiladi?

  8. Paashe joriy vaznli agregat indeksi qanday tartibda hisoblanadi va qachon qo‘llanadi? Ularning nazariy va amaliy jihatdan ijobiy va salbiy tomonlarini tushuntirib bering.

  9. Namangan shahar bozorlarida 2002 yil may va iyun oylarida mahsulotlarni sotish narxlari haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan.

12-jadval

Yüklə 6,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə