O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bank ishi yo`nalishi


O`zbekiston Respublikasi bank sistemasining shakllanish bosqichlari



Yüklə 99,79 Kb.
səhifə4/7
tarix13.05.2023
ölçüsü99,79 Kb.
#110071
1   2   3   4   5   6   7
O`zbekiston bank tizimi, uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

3. O`zbekiston Respublikasi bank sistemasining shakllanish bosqichlari.


Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog’onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosita xo’jalik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga utkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:
- Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog’onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo’yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat bankining respublika muassasi asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’zildi (1992 yil sentyabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi.
Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat qurilish banki, kommunal qurilish va sosial taraqqiyot banki, agrosanoat banki, tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg’arma banki va boshqa banklarni kiritish mumkin.
O’zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomilaga kiritilgan (1994 yil 1 iyul) va ikki pog’onali bank tizimining xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o’z ichiga oladi.
1994 yil 18 martdagi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor yaratdi.
Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995 yildan boshlab O’zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’o’rta kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.
O’zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni o’z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni ko’chaytirishdan iborat.
Bu bosqichda O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1997 yil 24 aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1998 yil 2 oktyabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2000 yil 21 mart) farmonlari muhim ahamiyatga ega.
Shu kabi 1999 yil 15 yanvarda O’zbekiston Respublikasining «Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida» gi, 2000 yil 24 martdagi «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida» gi qarorlari qabul qilindi.
Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 2006 yilning boshiga 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat kursatmokda. Bulardan tashqari xalq xo’jaligiga 3 ta bank davlat mulki asosida. 12 ta aksiyador-tijorat va 9 ta xususiy bank xizmat ko’rsatmokda.
Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi to’zildi, mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o’rta biznesni yanada rivojlantirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi.
Bank tizimi rivojlanishining to’rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va uning asosiy xususiyatlari bo’lib kuyidagilar hisoblanadi:
1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2004 yilni boshiga tijorat banklar kapitali 791 mlrd so’mdan 2005 yilni boshiga 824,1 mlrd. so’mga, ya’ni 104,2% ga oshgan bo’lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari, yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 244,7 mlrd. so’mdan 322,6 mlrd. so’mga yoki 131,8 foizga oshdi, 2005 yilni boshiga esa banklardagi aholi jamg’armalari 450 mlrd. so’mga yetdi.
2. Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznes subyektlariga ko’rsatgan yordami ortdi. Ma’lumki, kichik tadbirkorlik subyektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2004 yilga 235,4 ming tani tashkil etadi. 2005 yilda kichik biznes subyektlariga berilgan kredit 419,9 mlrd. so’mni tashkil etib shundan 287,4 mlrd. o’zoq muddatli kreditni tashkil etadi. Kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38 foizni tashkil etdi, 2006 yilni rejasiga ko’ra uni 45 foizga yetishi muljallangan.
3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo’yicha ishlar jadallashtirildi. Bu bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi va 2003 yil 15 oktyabridan boshlab joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 11 dekabridagi 557 son qarori bilan «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga o’zgartirishlar kiritildi.
Shu asosda respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi davom etmoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga real asos 1991 yil 15 fevralda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida yuzaga keldi. Bu qonunga asosan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak edi. U faqat Respublika Oliy majlisiga hisobot beradi. Bu qonunni amalga tadbiq etish, asosan, Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich yo‘lini tanlaganligi bois, 1-bosqichdagi pul - kredit siyosati sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat qilib qo‘yildi:
-Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklarni o‘zida mujassamlashtirgan ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish, respublika hududida yirik chet el banklarining bo‘limlari va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish;
-barqaror pul muomalasini ta’minlash;
-kredit va naqd pul massasining asossiz o‘sishini keskin cheklash;
-O‘zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar, hamda imkoniyatlarini yaratish va boshqalar.
Shunday qilib, O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratishning birinchi bosqichi, milliy valyutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog‘onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» Qonuni asosida amalga oshirildi. Mazkur qonun bozor munosabatlariga o‘tish davri vazifalariga mos keluvchi bank muassasalari shakllanishini huquqiy asoslarini belgilab berdi.
Ushbu qonunga muvofiq, Sobiq SSSR Davlat bankining respublika muassasasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va unga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Xalq xo‘jaligining turli sohalarini kreditlash va ularni investitsiyalash funksiyalari yangidan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga berildi.
Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomalaga kiritilgan va ikki pog‘onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o‘z ichiga oladi. 1994 yilda Milliy valyuta so‘mning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining sof bosqichi hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada aniqlik kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborini makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay yangi to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ixtisoslashgan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 1994 yil 18 martdagi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda banklarning axborot infratuzilmasini yaratish va xalqaro bank amaliyotining ilg‘or usullarini respublika bank amaliyotiga qo‘llash orqali bank tizimini takomillashtira borish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar belgilab berildi. 1994 yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va ularni banklarga tadbiq qilish jarayoni boshlandi.
1996 yilda Respublika 1-Prezidentining «Bank auditi tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro andozalarini joriy qilish jarayoni yanada takomillashtirildi va jahonning nufuzli auditorlik kompaniyalaridan «Artur Andersen», «Deloyt end tush», «Key Pi Em Ji-(KRMG)», «Ernest end YAng», «Kupers end Laybrand» kabilar etakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. Bank tizimini rivojlantirishning yana bir xususiyatli tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlash va zamon talablariga moslashtirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarning yangi loyihasi ishlab chiqildi.
1995 yil 21 dekabrda bank faoliyatining huquqiy va me’yoriy tartibga solish qoidalarini belgilovchi «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida» va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam qonuniy poydevor yaratdi.
Bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni o‘z ichiga olib, unda banklarni xususiylashtirish va aksiyadorlik - tijorat banklarda boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni kuchaytirish ko‘zda tutiladi.
Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 1997 yil 24 apreldagi «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonning qabul qilinishi bilan yanada faollashadi. Mazkur Farmonga ko‘ra, nizom jamg‘armasida jismoniy shaxslarning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan holda tijorat banklarini ochish uchun bir qator imtiyozlar belgilangan edi. Natijada so‘nggi yillar ichida xususiy banklarning soni keskin ko‘payib, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsat berilganlari bilan qo‘shib hisoblaganda 20 taga etdi. Hozirgi paytda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklarining deyarli yarmi xususiy banklar hisoblanadi.
Bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish bilan birga, banklarni korporativ boshqarish tizimini yanada mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan bu borada O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining “Aksiyadorlik tijorat banklarini faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 1998 yil 2 oktyabrdagi Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur farmon tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning va bank kengashining rolini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuini belgilab berdi.
Ushbu farmon asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalqaro andozalarga mos keluvchi zamonaviy bank nazorati va banklar faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999 yil 15 yanvardagi Qaroriga asosan bank tizimini barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda banklarning ishtirokini kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991-2000 yillar mobaynida yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalqaro andozalarga yaqinlashtirish maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlarining boshlanishi bank tizimi rivojlanishining to‘rtinchi bosqichini belgilab berdi. Bu bosqich O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2000 yil 21 martdagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasinig «Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2000 yil 24 martdagi qarori qabul qilinishi bilan boshlandi.
Bu hujjatlarga asosan quyidagilar mazkur bosqichning asosiy vazifalari qilib belgilandi:
-bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari mustaqilligini oshirish;
-bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlantirish;
-bo‘sh turgan mablag‘larni bankka jalb qilish va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;
-banklarning iqtisodiyotni aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni, xususan dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini kreditlash jarayonini kengaytirish;
-banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish;
-banklarning mijozlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish;

Yüklə 99,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə