O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bank ishi yo`nalishi



Yüklə 99,79 Kb.
səhifə1/7
tarix13.05.2023
ölçüsü99,79 Kb.
#110071
  1   2   3   4   5   6   7
O`zbekiston bank tizimi, uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI BANK ISHI YO`NALISHI
O`ZBEKISTON BANK TIZIMI, UNING SHAKLLANISHI VA RIVOLANISH BOSQICHLARI”
MAVZUSIDA


KURS ISHI



Bajaruvchi: Ruziboeva M
Ilmiy rahbar: _I.F.N., Dots. R.T.Shomurodov
TOSHKENT – 2022

MUNDARIJA

KIRISH …………………………………………………………..…..3
1. BANKLARNING MOHIYATI, KELIB CHIQISH ASOSLARI VA ULARNI BOZOR IQTISODIYOTIDAGI O’RNI.........................................5


2. BANKLAR, BANK TIZIMINING SHAKILLANINSHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI…..............................................…………9



3. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMINING AMALDAGI HOLATI TAHLIL......................................................15


4. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

XULOSA……………………………………………………........34

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………....36


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini yig’uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag’larini samarali ishlatish asosida o’z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operasiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi.
Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug’ildi.
O’zbekiston Respublikasi «Bank siri to’g’risia»gi qonunning 3-moddasiga binoan quyidagilar bank siri hisoblanadi:
- o’z mijozlarining (vakillarining) operasiyalari, hisob varaqlari, va omonatlariga doir ma’lumotlar
- bank o’z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko’rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) to’g’risida olgan ma’lumotlar
- mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar
- mijoz (vakil) topshirigiga binoan yoki uning foydasini ko’zlab amalga oshirilgan banklararo operasiyalar va bitimlar to’g’risidagi ma’lumotlar
- bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o’rtasida muomilada bo’lishi natijasida ma’lum bo’lib qolgan boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mijozning (vakilning) o’ziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek hisob palatasiga (uni zimmasidagi vazifaga kirsa), tergov, prokuratura va surushturuv organlariga (tergovchi va surushtiruvchining asoslangan karoriga kura ko’zatilgan jinoyat ishi mavjud bo’lganda) taqdim etiladi.
Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag’ni jamlab uni xarakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi.
Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi.

Yüklə 99,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə